1. Faoliyat mazmuni: 1) Mehnat predmeti va masalalari. 2) Ish natijalari sifatiga qo‘yiladigan talablar.
2. Mehnat qurollari: 1) Ish turi va tartibi. 2) Boshqarish organlari. 3) Ish joyini tashkil etish.
3. Mehnat sub‘ektining faoliyati: 1) Harakat turlari va ularning tavsifi. 2) Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. 3) Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. 4) Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
4. Mehnat sub‘ektining faoliyati: 1) Ishchilarning o‘zaro aloqalari tuzilmasi. 2) Ishni rejalashtirish va nazorat.
5. Kasbning mehnat sub'ekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qo‘yiladigan talablar.
6. Mehnat sub‘ekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy - eksperimental tekshiruv. Diagnostik professiografiyalash empirik ma‘lumotlarni yig‘ish usullari orqali amalga oshiriladi.
Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qo‘llaniladi.
1. Kasbning umumiy tavsifi: 1) Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. 2) Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. 3) Kasbiy muhit.
2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: 1) Kasbiy dala tavsifi. 2) Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. 3) Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
3. Kasbiy ta‘lim malaka oshirish: 1) Kasbiy ta‘lim darajasi. 2) Kasbiy tayyorgarlik. 3) Malaka oshirish.
4. Ishchining kasbiy moyilligi: 1) Mutaxassislik sohasining kengligi. 2) Asosiy malakalar darajasi. 3) Mutaxassislik va kasbni o‘zgartirish imkoniyati.
5. Kasb istiqbolini baholash: 1) Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. 2) Ishchining kasbiy faolligi. 3) Kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish karera.
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir — biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari o’rnatiladi, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari.Professiografiyaning asosiy printsiplaridan biri kasbiy faoliyatni o’rganishda differentsial yondashuv printsipi xisoblanadi. Bu printsipning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo’y sunishi. Masalan kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilm malaka, ko’nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o’rganish uchun shunday belgilar aniqlanadiki, ular kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashadi.Shunday qilib profesiografiyaning differentsial printsipi kasbning o’rganish usullarini uning tavsif mazmuni shuningdek qo’llash soxasi ya’ni professiografiya o’tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek sog’liqqa qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo’lib, u mutaxassisning mativatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi xisoblanadi.