Yoshlik davri psixologiyasi
1. YOshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari
Yosh psixologiyasida yoshlik odatda jinsiy voyaga etish bilan boshlanib, kattalikning boshlanishi bilan yakunlanuvchi rivojlanish bosqichi sifatida belgilanadi. Bundagi birinchi chegara – fiziologik chegaradir. Ikkinchisi esa – ijtimoiy. Bu yosh davri murakkab va ko‘pqirralidir.
2. Jismoniy rivojlanish
Erta yoshlik – inson jismoniy rivojlanishining yakunlanish davri. Tananing bo‘yiga o‘sishi o‘smirlik yoshiga nisbatan sekinlashadi. Qizlar 16–17 (farq 13 oy) yosh orasida, yigitlar 17–18 yosh orasida (farq 10 oy) to‘la bo‘yga etadilar. Bolalar qizlardan vazn bo‘yicha biroz ortda qolishi o‘rnini qoplaydilar. Mushaklar kuchi juda tez ortadi: 16 yoshli bola bu jihatdan 12 yoshli boladan deyarli ikki barobar ustunlik qiladi.
3. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati
Yosh yigit bola va katta yoshdagi odam o‘rtasidagi oraliq holatda turadi. Hayot faoliyatining murakkablashishi bilan yoshlarda nafaqat ijtimoiy rol va qiziqishlar doirasining miqdoriy kengayishi, balki ularning sifat o‘zgarishi ham ro‘y beradi.
4. Psixologik xususiyatlar
15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.
Etinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha
sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba
uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda
hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini
bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi
nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko’ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O’ziga o’zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim
orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attentsion majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro’y beradi. Attentsional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |