Ijtimoiy bozor xo'jaligida bozorning o’rni. - Raqobat sharoitlari avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart-sharoitlarning bo’lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, Oykenning tasdiqlashicha, o’z-o’zidan o’rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o’zi keltirib chiqarmaydi. Uni davlat o’rnatadi. Iqtisodiy siyosat printsiplarini asoslab bergach, V.Oyken, davlat xo’jalik – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullan-masligini, balki amal qilish qoidalarini o’rnatishi va ularni hayotga tatbiq etishi kerakligini ko’rsatib o’tadi. Davlat to’g’ridan-to’g’ri tartiblash yo’li bilan hal qilib bo’lmaydigan vazifalarini, iqtisodi-yotga doimo aralashishni o’z zimmasiga olmasligi kerak.
- Boshqacha aytganda, davlat “ijtimoiy bozor xo’jaligining” amal qilish shart-sharoitlarini qo’llab-quvvatlab turishi uchun, erkin raqobat “qoidalarini” kuzatib turishi, narxning tashkil topish shart-sharoitlarini nazorat qilib turishi, monopol narxlarning o’rnatilishining oldini olishi, xususiy mulk muhofazasini kafolatlashi kerak. Neoliberalizmning “ijtimoiy bozor xo’jaligi” modeli barcha fuqarolarining ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda, farovonligini oshirishda ularga teng huquq va teng imkoniyatlarni yaratib berish bo’yicha davlatning faol ijtimoiy funktsiyasi g’oyasiga asoslanadi. Bunda nafaqat jamiyatdagi turli qatlamlar o’rtasida aktsionerlar sonining oshishi, balki barcha ijtimoiy institutlarning yuksak barqarorligi, mehnatkashlarning ertangi kunga bo’lgan ishonchi va boshqalar nazarda tutiladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat. Raqobatning ijtimoiy roli. - Ijtimoiy bozor xo’jaligida uyg’un iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amal qiladi. Ijtimoiy siyosatni qolgan barcha iqtisodiy siyosatning oddiy ilovasi sifatida qarash kerak emas, deb yozadi V.Oyken. Bu siyosat, eng avvalo, iqtisodiy tartib siyosati bo’lishi kerak. O’z fikrini ifodalab, u ijtimoiy nuqtai nazardan kerakli bo’lmagan narsaning o’zi yo’q, deb ta’kidlab o’tadi. “Iqtisodiy siyosatning hech bir chora-tadbirlari yo’qki, ular birdaniga bevosita yoki bilvosita ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmagan bo’lsin”. Iqtisodiy siyosatning vazifalari yuksak darajada faol va ular boshqa omillar bilan bir qatorda iqtisodiy hayotda aniqlovchi omil bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borishi bilan birga ijtimoiy siyosat (bozor iqtisodiyotining shart-sharoitlari va xususiyatlariga muvofiq) ish bilan bandlikni ta’minlash, mintaqalarda daromadlar tengsizligini tugatish, ancha yuqori ijtimoiy ta’minot, ishchilarning korxonalarni boshqarishda qatnashish tartibini takomillashtirish va boshqa muammolarni ilgari surdi.
- Hozirgi davrda iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat to’g’risidagi tasavvur butunlay o’zgargan. Ijtimoiy bozor xo’jaligi uchun, L.Erxard fikriga ko’ra, “bozorda mutonosiblikni ushlab turishda nafaqat texnik, avtomatik mexanizmlar, balki ma’naviy, ahloqiy tushunchalar ham muayyan ahamiyatga ega. Faqat erkin shakllanadigan baho orqali talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni ushlab turish ijtimoiy tuzumni oqlash yoki uning g’oyaviy boyligini to’ldirish uchun etarli emas”. Germaniya iqtisodiyoti rahbarlari o’zlari olib borayotgan yo’lning to’g’ri ekanligini asoslab berish uchun, shu jumladan neoliberallarning kontseptsiya va takliflariga umuman mos kelmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ijtimoiy bozor xo’jaligining g’oya va shiorlaridan keng va mohirona foydalandilar. Hozirgi davrda Germaniyada ijtimoiy siyosatning quyidagi maqsadlari rasman shakllanmoqda: 1) ijtimoiy adolatni ta’minlash: yaratilgan boyliklarni jamiyat a’zolari o’rtasida adolatli taqsimlash; 2) ijtimoiy himoya, ya’ni aholini ishsizlik, kasallik, baxtsiz voqea kabi ijtimoiy xatarlardan saqlash; 3) barcha ijtimoiy guruhlarning amal qilib turgan (ijtimoiy) tartibning bilan hamjihatligiga erishish.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |