196
bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini to'g'ri
aniqlash, belgilash mumkin buladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir
qismi, bo'lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda
sodir bo'lganligini, bu hodisa o'z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tganligini,
keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta
davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u, birinchidan,
qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan, u o'z taraqqiyotida qanday bosqich-
larni bosib o'tdi, uchinchidan, uning tarixiy o'rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob
berish zarur bo'ladi.
Tarixiylik tamoyili xalqning o'tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o'tmish hozirgi
zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday
umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo'lgan
avlod tarix fani orqali o'tmishni yaxshi bilmog'i lozim. O'tmishni, ajdodlarimiz tarixini
qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz,
kelajakni to'g'ri tasavvur etamiz.
O'zbekistonning, o'zbek xalqining boy, betakror tarixi bo'lib, uning o'ziga xos tarixiy taraqqi-
yot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo'lish mumkin:
1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr.
2. O'rta asrlar davri.
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
4. Sovetlar istibdodi davri.
5. Milliy istiqlol davri.
Hozirgi qadar O'zbekiston tarixini yaratishda rus olimlari salmoqli ishlarni amalga oshirdilar.
V.Bartold, A.Yakubovskiy, YE.E.Bertels, Kastelskaya va boshqalar shular jumlasidandir. O'rta
Osiyolik va O'zbekistonlik olimlardan Muhammad Narshahiy, Ahmad Donish, Po'lat Soliyev,
Musojon Saidjonov, Yahyo G'ulomov, Ibrohim Mo'minov, Qori Niyoziy, Bo'riboy Ahmedov va
boshqalar ham bu borada muayyan salmoqli ish olib bordilar. Lekin O'zbekiston tarixining ay-
rim muammolari jumladan o'zbek xalqining etnik tarkibi va etnik tarixi yaxshi o'rganilmagan.
Bu sohada 1941 yilda mashhur sharqshunos olim A.Yakubovskiyning o'zbek xalqining etno-
geneziga doir kitobi, 1954 yilda professor A.A.Semenovning Shayboniyxon va uning Temuriy-
lar imperiyasining istilo etilishi maqolasi, 1962-1965 yillarda professor B.Ahmedovning o'z-
beklarning kelib chiqishi tarixidan va ko'chmanchi o'zbeklar davlati kitoblari nashr qilindi
xolos. Lekin bu masala O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng asta-sekin
muvaffaqqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan A.Asqarovning, O'zbekiston xalqlari
tarixi 1 va 2 jild, O'zbekiston tarixi: SH.Karimov va R.Shamsutdinovning 1996-1997 yillarda
nashr qilingan Vatan tarixi o'quv qo'llanmasi, A.Sa'dullayev tahriri ostida ToshDU da-1997
yilda O'zbekiston tarixining 1 qismi hamda O'zbekiston FA Tarix instituti tomonidan «Istoriya
Uzbekistan» kitoblari nashr qilindi. Bundan tashqari mustaqillik sharofati bilan o'rta maktab-
larning 5-6-7-8-9-10-11sinflari uchun ham O'zbekiston tarixi darsliklari chop etildi.
Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O'zbek olimlarining kuch g'ayrat-
lari bilan,-deb yozadi I.A.Karimov,-tariximizning ko'pdan ko'p g'oyat muhim sahifalari, eng
avvalo, temuriylar davri, X1X asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda
143
Do'stlaringiz bilan baham: