Ijtimoiiy fanlar


-50-yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   370
Bog'liq
Публикация2

1930-50-yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi: 
Milliy adabiyot va san’atning ahvoli qiyin va nomutanosib holatda edi. SHaxsga sig’inish-
ning rutubatli iqlimiga qaramay ijodiy hayot so’nmadi, yozuvchilar va adabiyotshunoslar qatori 
kengaydi. 1934 yil martda Toshkentda O’zbekiston yozuvchilarining s’ezdi bo’ldi va unda Re-
spublika YOzuvchilar uyushmasi tashkil qilindi. 
O’zbek  yozuvchilarining  nomlari  jahonga  keng  yoyila  boshladi.  G’afur  G’ulom,  Oybek, 
G’ayratiy, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin Sobirova, Usmon Nosir, Komil YAshin va 
boshqalarning asarlarida xalqning ijtimoiy hayoti va an’analari, mehnat qahramonlari, shijoati 
kabi xususiyatlar o’z badiiy ifodasini topgan. 
Lekin 30-yillarda kuchaygan ma’muriy buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi 
ijod ahlini, qolaversa respublikaning madaniy hayotini bo’g’a boshladi. Ijodni partiyaviylik va 
yagona  mafkuraga  bo’ysundirilishi  hayotni  badiiy  tasvirida  vulgar-sotsial  ko’rinishlarga  keng 
yo’l ochdi. Partiya tomonidan yangi hayotni kuylashga bo’lgan chaqiriq va majburiy cheklash-
lar ijodiy jarayonda tarixiy o’tmishni bir tomonlama tasvirlashga olib keldi. 
Adabiyotda borliqni, murakkab ijtimoiy muammolarni bo’yab ko’rsatish, xato va kamchilik-
lar haqida sukut saqlash zaruriy shart bo’lib qoldi. 
Milliy madaniyat 30-yillarda qattiq fojiaga uchradi. Inson haq-huquqlarining poymol qilin-
ishi  kuchaydi. Abdulla  Qodiriy,  CHo’lpon,  Fitrat,  SHokir  Sulaymon,  Ziyo  Said,  Elbek,  Botu, 
A’zam Ayub, Usmon Nosir, Qosim Sorokin kabi millatning yetuk ziyolilari qatag’on qilindi va 
xalqimiz ularning asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi. 
40-yillar  oxirlarida  fan  va  madaniyat  xodimlarini  qatag’on  qilishlar  davom  etdi.  VKP  (b) 
MKning  1946  yil  «Zvezda»  va  «Leningrad»  jurnallari  haqidagi  qarorlari  qatag’onlar  yangi 
to’lqinining  g’oyaviy  asosi  bo’lib  xizmat  qildi.  SHu  paytdan  boshlab  adabiyot  va  san’atda 
ijodiy  demokratik  rivojlanish  uzoq  yillar  davomida  sun’iy  ta’qib  qilindi,  joylarda  hurfikrlilik 
siquvga olindi. 
Markazning  ko’rsatmalariga  asoslanib,  respublikaning  partiya  organlari  ijodiy  ziyolilarga 
qarshi  kurash  olib  bordilar.  Ularning  asarlaridagi  milliy  g’oyalar  ularni  ayblash  uchun  foy-
dalanildi. YOzuvchi va shoirlarning asarlarida o’rta asr va inqilobgacha bo’lgan davrdagi xalq 
tarixini,  madaniyatini  badiiy  tasvirlash-o’tmishni  qo’msash,  ideallashtirish  deb  ayblandi  va 
ularga  «millatchi»  degan  tamg’alar  yopishtirildi.  SHu  qabilda  Oybek,  Abdulla  Qahhor, 
Mirtemir, SHayxzoda va boshqa o’zbek yozuvchilari qoralandi. 
1951 yil avgustda respublika matbuotida «qator shoir va yozuvchilarning ijodida mafkuraviy 
og’ishlar» mavzusida maqola chop etildi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir 
Abdulla, O’abibiy kabi ijodkorlar millatchilikda va panturkchilikda ayblanib, tanqid qilindilar. 
SHuningdek, Oybek, X. Zarifov, X. YOqubov, Said Ahmad, I. Sultonov va boshqalar «o’zbek 
sovet  adabiyoti  vazifalaridan  chetda  turish»da  va  «jiddiy  g’oyaviy  xatoliklar»ga  yo’l  qo’y-
ganlikda ayblandilar. 


278 
 
hisoblaydigan,  mahalliy  aholiga  ishonchsizlik  bilan  qarovchi  Turkistonning  bir  qator  rahbar-
lariga  nisbatan  choralar  ko’rildi.  SHu  o’rinda  qayd  qilish  lozimki,  o’lkada  mustamlakachilik 
siyosatini  olib  borishda  Markaz  tashkil  qilgan  Turkkomissiya  va  RKP  (b)  MK  Turkbyurosi, 
keyinroq  uning  o’rniga VKP  (b)  MK  ning  O’rta  Osiyo  byurosi  kabi  tashkilotlar  katta  xizmat 
ko’rsatdilar. 
Turkistondagi rahbar xodimlar, xususan Turor Risqulov (Turkiston MIK raisi) boshchiligidagi 
milliy kommunistlar, Turkiston mustaqilligi va uning o’z taqdirini o’zi belgilashdek demokratik 
tamoyillar uchun kurash boshladilar. 1920 yilda TKP Musulmon byurosining III-konferensiyasi 
va TKP ning V-o’lka konferensiyasida T. Risqulovning turk xalqlari kommunistik partiyasi tuzish 
va  Turkiston  Respublikasini  Turk  respublikasi  deb  atash  haqidagi  g’oyalari  ko’rib  chiqildi  va 
ma’qullandi. Biroq bu g’oyalarning asl maqsadi Turkiston mustaqilligi bo’lganligi bois, Markaz 
T. Risqulov va uning tarafdorlarining fikrlariga qarshi chiqdi. O’z navbatida Markazning Turk-
istondagi hukmronligining tayanchi Turkkomissiya bu harakatni rad etdi va millat fidoyilarini qu-
vQinga uchratdi. 
T. Risqulov o’lkada ulug’ davlatchilik shovinizmi, burjua millatchiligi yuzaga kelayotganligi 
to’g’risidagi masalalarni ko’tarib chiqdilar. F. Xo’jayev partiya ichidagi toqat qilib bo’lmas ho-
latlarni ko’rsatib o’tdi. Ushbu vatanparvarlarning chiqishlari, keyinchalik ularni jismoniy yo’q 
qilishda ayblov uchun asos bo’ldi. 
Turkistonning sotsial - iqtisodiy rivojlanishi borasida bildirilgan muqobil fikr mualliflari mil-
latchilikda  ayblandilar.  Ayni  shu  damlarda  O’zbekistonning  ilg’or,  hurfikrli  farzandlari 
«inog’omovchilik», «18 lar guruhi», «qosimovchilik» kabi guruhbozlikda va davlatga qarshi - 
millatchilikda aylanib qatag’on qilindilar. 20-yillarning oxiriga kelib respublikada mustabid tu-
zum o’zini to’liq namoyon etdi. Siyosiy qatag’onliklar avj oldi. 
1929 yilda mashhur jadidchi, ma’rifatparvar Munavvarqori Abrurashidxonov boshliq «Milliy 
istiqlol»  tashkiloti  a’zolarini  qamoqqa  olish  boshlandi.  Bu  tashkilotning  qamoqqa  olingan  85 
a’zosidan  15  tasi  otildi,  qolganlari  axloq  tuzatish  lagerlariga  jo’natildi.  «Milliy  ittihod»  tash-
kilotining  a’zolari  ham  qatag’on  qilindilar.  Mashhur  jamoat  arboblari  Mannon  Abdullayev 
(Ramzi), Nosir Saidov, Mahmud Mirxodiyev, Xosel Vasilov, Sobir Qodirov va boshqalar o’lim 
jazosiga hukm qilindilar, so’ngra bu hukm uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirildi. 
1930 yilda Davlat Banki ma’muriyatida o’tkazilgan tozalash vaqtida qator rahbar xodimlar 
qamoqqa  olindilar.  O’zbekiston  SSR  Sudi  raisi  Sa’dulla  Qosimovning  «qosimovchilik»  deb 
nomlangan  ishini  ko’rib  chiqish  boshlandi.  Bu  jarayonlarning  mohiyati  ko’zga  ko’ringan  si-
yosiy arboblarni tugatishga qaratilgan edi. 
30-yillarning  boshi  dindor  va  e’tiqodli  kishilarga  nisbatan  zo’ravonlik  siyosiy 
qatag’onlikning cho’qqisi bo’ldi. Juda katta miqdordagi islom, xristian, budda diniga taalluqli 
asarlar  yo’q  qilindi.  Bu  davrda  O’zbekistondagi  dindorlar,  ulamolarning  asosiy  qismi  qamoq 
lagerlariga jo’natildi. O’tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tar-
biya,  san’at  markazlari,  xalqning  ko’p  asrlik  merosini  saqlovchisi  bo’lgan  machit  va  ma-
drasalarning deyarli barchasi yopib qo’yildi, ayrimlari buzib tashlandi. 
Butun respublikaning hayoti Markazning qattiq nazorati ostiga o’tdi. Partiya direktivalaridan 
har qanday chekinish aksilinqilobiy, siyosiy muxolifat deb baholandi. 
1937  yildan  «antisovet»,  «xalq  dushmanlari»ni  qidirib  topish  va  jazolash  keng  tus  oldi. 
Xususan, siyosiy boshqaruv organlarining (OGPU) faoliyati asosan ana shunday «tamg’a» olgan 
61 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish