Ijtimoiiy fanlar


Фанни  ўқитишдан  мақсад  -



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   370
Bog'liq
Публикация2

 Фанни  ўқитишдан  мақсад  -  ёш  авлод  онгида  инсоният  учун  энг 
муҳим  бўлган  маънавиятни  шакллантириш  ҳамда  янада  юксалтириш, 
улар онгида юксак маънавий фазилатларни шакллантириш жараёнида 
миллий  онг  ва  соғлом  фикрни  уйғотиш,  тарихий  хотиранинг 
ёшларимизни  Ватанга  садоқат  ҳамда  миллатпарварлик  руҳида 
тарбиялашдаги  мислсиз  аҳамиятини  ифода  этиш,  ўз  тақдири  ва 
келажагини  барпо  этадиган  ёш  авлодни  янги  жамиятни  янада 
ривожлантиришга  йўналтирилган  ғоялар  асосида  тарбиялашга 
қаратилган. 
281 
 
Sovetlar davrida O’zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy qaramligi hamda uning oqibatlari: 
20-yillarning  boshlarida  joriy  etilgan  yangi  iqtisodiy  siyosat  O’zbekistonning  ham 
iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxirida bu siyosat o’zining mohiyatini 
yo’qota  boshladi  va  1929  yilda  batamom  bekor  qilindi.  Erkin  savdo,  xususiy  tadbirkorlikka 
chek qo’yildi. Qishloq xo’jalik maxsulotlarining xarid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini 
keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi. 
O’zbekistonda sovet hokimiyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashti-
rish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari 
deyarli yo’q, og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo’q o’lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. 
SHu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlarni Rossiyaning markaziy hududlari-
dan ko’chirib keltirildi. Faqat 1931 yilning o’zida ko’chirib keltirilganlar 15.000 nafarni tashkil 
qildi. Oqibatda 1926-1939 yillari O’zbekiston aholisi 37 foizga ko’paygan bo’lsa, yevropaliklar 
soni 62 foizga oshdi. 
Industriyalashtirishning  dastlabki  paytida  kichik  suv  elektrostansiyalari  hamda  qishloq 
xo’jaligiga,  paxtachilikka  qaratilgan  xom-ashyoni  qayta  ishlash  korxonalari  qurilib  ishga  tu-
shirildi. CHirchiqdagi GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to’qimachilik, 
Samarqand va Marg’ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. 30-yillarda Toshkent to’qi-
machilik  kombinati,  qishloq  xo’jalik  mashinasozlik  zavodi,  CHirchiq  ximiya  kombinati  va 
boshqa ko’plab yirik korxonalar ishga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil 
sanoat korxonalari mavjud bo’lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilar edi. 
Sovetlarning «o’z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalashtirish siyo-
sati  O’zbekiston  uchun  g’oyat  og’ir  kechdi.  Markaz  respublikamizning  yer  osti  va  yer  usti 
qazilma boyliklari, xom-ashyo manbalarini talon-taroj qilib, arzon ishchi kuchidan foydalanib, 
o’lkadan  mumkin  qadar  ko’proq  foyda  olish  harakatida  bo’ldi.  Bu  siyosat  ayniqsa  millionlab 
dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. CHunki qishloqda zo’rlik bilan olib borilgan jamoalashti-
rish siyosati g’arazli maqsad uchun juda ham qo’l keldi. 
1930  yilning  boshlaridan  yoppasiga  jamoalashtirish  harakati  boshlanib,  katta  yer  egalari, 
o’rta  hol  dehqonlar  va  kambag’allarning  yerlari  jamoa  xo’jaliklariga  birlashtirildi,  ularning 
qo’llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi. 
Davlat, jamoa xo’jaliklari orqali rejalashtirilgan yo’l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan ho-
silning deyarli barchasini yig’ib oladigan bo’ldi. Buning natijasida dehqonlar xo’jaligi xonavay-
ron  bo’ldi.  30-yillar  boshlarida  yuz  bergan  ocharchilik,  uning  oqibatida  minglab  kishilarning 
qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo’jalik mahsulotlariga yolchimay kelishi-o’sha davr 
ko’r ko’rona siyosatining natijasi bo’ldi. 
Ommaviy  jamoalashtirishga  suyanib,  badavlat  xo’jaliklar,  ayrim  o’rtahol  dehqonlardan  5,5 
mingdan  ortig’i  o’z  oilasi  bilan  uzoq  o’lkalarga  surgun  qilindi.  Bu  bilan  sovet  davlati  qishloq 
aholisining  bosh  ko’tarishga  qodir,  vaziyatni  tushunadigan  qismini  yo’q  qilib,  talonchilik  siyo-
satini osonlashtirdi. 
O’z-o’zidan ravshanki, jamoalashtirish siyosati natijasida qishloq xo’jaligida mehnat unum-
dorligi pasayib, moddiy  manfaatdorlik yo’qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonni ek-
spluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi. 
O’atto  xalqimizning  qadim  an’anasi  hashar  ham  ekspluatatsiya  quroliga  aylantirildi.  1939 
yilda qazilgan Katta Farg’ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi to-


280 
 
1951  yilda Maqsud  SHayxzoda,  SHukrullo YUsupov,  G’ulom Alimov  va  boshqa  bir  qator 
ijodkorlar «antisovet millatchilik faoliyati» da ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yillik qamoq 
jazosiga hukm qilindilar. SHu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi, chunonchi, faylasuf 
V.Zohidov,  iqtisodchi  A.Aminovlar  panturkizmni  tashviqot  qilishda  va  burjua-millatchilikda 
ayblanib, ta’qib qilindi. 
Qatag’on  qilingan  san’at,  fan  va  madaniyat  arboblari  mustabid  tuzum  davrida  haq-
huquqsizlik qurboni bo’ldilar. 
Adolat  bir  qadar  qaror  topib,  shaxsga  sig’inish  va  uning  oqibatlarini  tuzatish  uchun  olib 
borilgan kurashlardan keyin asossiz qatag’on qilingan madaniyat va fan arboblari oqlandilar. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish