Analogiya (o‘xshashlik). Ota-onalar o‘xshash voqea, hodisa, ishlarni esga oladilar va bolaning xulq-atvoridagi tipik belgilar asosida sodir bo‘lgan voqeaning va o‘z vaqgida chora ko‘rilmasa ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarning aniq manzarasini ko‘z oldiga keltiradilar.
Taxminiy fikrlarni ilgari surish. Nojo‘ya ishni bola birovning tashabbusi bilan qilgani, o‘zi esa qapdaydir sabablarga ko‘ra bupi tan olmayotganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turgan bo‘lsa, bu usul ko‘p qo‘llaniladi. Taxminiy fikrlar shunday bo‘lishi mumkin: bolaning tengdoshlaridan yoki kattalardan kim o‘g‘li yoki qiziga ko‘proq e’tibor berishini, nima uchun e’tibor berayotganligini o‘ylab ko‘rish; voqea sodir bo‘lish vaqgida vujudga kelgan holatlarni eslash; voqea arafasidagi bolaning psixikholatini taxdil qilish; upish xatti- harakatlari, ishlari boshqa kishilarga bog‘liqligini aniqlash; o‘zini bolaning o‘rniga qo‘yib ko‘rish («Men qanday ish tutgan bo‘lar edim?»); bular asosida paydo bo‘lgan taxminiy fikrlarni aniq voqea-hodisalar bilan taqqoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: |