Ijtimoii pedagogika


Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari



Download 2 Mb.
bet172/205
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#259084
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari.

Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqsorni va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan bumlar) hamda upish a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijgimoiy-iqgisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimum iva boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan oziq-ovqat, kiyim, turar joyi uchup haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag‘al hi- soblanadi va upish ijgimoiy-iqgisodiy mavqei — past hisoblanadi. Agarda oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy me’yorlar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda oila hayot kechirish uchun asosiy talablarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarini qondirishga yetmasa unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi, uning ijtimoiy-iqgisodiy mavqei - o‘rtacha hisoblanadi.

Daromadi darajasi va yashash sharoiti yuqori bo‘lib (ijtimoiy me’yordan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgipa yashash asosiy talablarini qondirib qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoni ham bo‘lsa bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, yuqori ijtimoiy-iqgisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi — upish psixologik muhiti — oila a’zolari kayfiyati, ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi hodisalarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi.

Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyi- dagilar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, xavotirlanish darajasi, bir-birini tushunish, hurmat qilish, qo‘llash, yordam ko‘rsatish, hamdardligi, bir-biriga ta’siri darajasi; dam o lit joyi (oilada yoki undan tashqarida), oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari ochiqshgi.

Teng huquqlilik va hamkorlik prinsiplarida qurilgan munosabatlar ma’qul hisoblanadi. Oilada bir-birlarining hukuqiripi hurmat qilishadi, bir-biriga boglanganlik mavjud, emotsional yaqinlik xis etiladi. Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bularning hammasi bo‘lgan holatda

oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori deb baholanadi. Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar o‘rtasida doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan hollarda yuzaga keladi, oila a’zolari doim xavotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin xis eta olmaydilar: oila a’zolari o‘rtasida beshnalik xissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan —psixoterapevtik, ya’ni stressni va charchoqni yo‘qogish, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tiklab olishi kabi vazifasini bajarishga har bir oila a’zosiga halaqit qiladi. Bunday holatda ijtimoiy psixologik muhiti — past darajali bo‘ladi.

Shu bilan birga yomon munosabatlari inqirozli, butunlay bir- birini tushunmaslik, bir-biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (psixik, jismoniy, jinsiy), ajrashish istagi paydo bo‘lishi bilan ifodalanuvchi holatlarga aylanishi mumkin. Inqirozli muposabatlarga misollar: ajralish, bolaning uydap qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari, aloqalarining to‘xtalishi.

Yomon munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda doimiy bo‘lmaganda oilaning oraliqholatida bo‘lganda oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei o‘rtacha hisoblanadi. Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi — ijtimoiy-madaniy moslashish.

Oilaning umumiy madaniyatliligini aniqtashda uning katta yoshdagi a’zolari bilim darajalarini hisobga o lit zarur. Kattalarning bilim darajalari bolalarni tarbiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oila a’zolarining turmush va o‘zini tutittg madaniyatlarini ham hisobga olish kerak. Agarda oila odatlar va an’analarni davom ettiruvchisi, saqtovchisi rolini bajara olsa (oilaviy bayramlar saqtanib qolinsa, xalq og‘zaki ijodi saqlansa) oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi; qiziqishlari doirasi keng bo‘ladi; ma’naviy talablari rivojlangan bo‘lsa: oilada turmush to‘g‘ri tashkil etilgan, dam olish turli xillarda bo‘ladi, shu bilan birga dam o lit va turmush faoliyati birgalikda olib boriladi; oila bolani har tomonlama (estetik, jismoniy, emotsional, mehnat) tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘ladi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlaydi.

Agarda oilaning ma’naviy talablari rivojlanmagan, qi- ziqishlari doirasi tor bo‘lsa, turmushi tashkil etilmagan, uyush- magan, oilani birlashtiruvchi birgalikda madaniy xordiqchiqarish va mehnat faoliyati bo‘lmasa, oila a’zolarining odobini boshkerish bo‘sh bo‘lsa (xulqini boshqarigsda majburlash metodlari ustun bo‘ladi); oila nosog‘lom turmush tarzi olib borsa (nosog‘lom, xulqi buzuq) upda uning madaniyati darajasi — past bo‘ladi.

Agarda oila madaniyati yuqori darajaliligining to‘la to‘plamga ega bo‘lmasa, lekin o‘izining madaniy darajasi muammolarini tushunib yetsa va uni oshirish yo‘nalishida faollik ko‘rsatsa unda oilaning ijtimoiy-madaniy mavqei o‘rtachaligi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqgli va qisqa vaqtli shakllardan foydalanib ijtimoiy pedagogik yordam ko‘rsatish yuzasidan boy tajribalar to‘plangan. Qiskd vaqgli shakllari orasida olimlar krizisintervent va muoammoli-yo‘naltirilgan modelni, o‘zaro aloqalarini ko‘rsatadilar. Krizisintervent modeli oila bilan ishlagssa bevoeita krizisli vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bunda vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin yoki tasodifiy zarar yetkazuvchi holat bo‘lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar bolaning yoshi krizisi bilan bog‘liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi. Uch yoshli davr krizisi shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni bilan va ijtimoiy ma’naviy sihatlarining rivojlanish uchup shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi. 7-8 yoshli davr krizisi maktab o‘quvchisi ya’ni ijtimoiy mavqeiga mosligini, hayotning yangi rejimini o‘zlashtirilishi, o‘qituvchi, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o‘rnatilishi bilan bog‘liqdir.

«Sen yetim emassan» badiy filmining asosiy qahramonlari nomi, ya’ni Topgkent ko‘chalaridan biri Shomahmudovlar nomi bilan ataladi, xalq shoiri G‘. G‘ulom «Sen yetim emassan» she’rida o‘z ota-onalarini va uylarini yo‘qotgan bolalarga qarata qalb so‘zlarini yozgan. Yetimlikning hamma sabablarini aytib o‘tittg qiyin, chunki bu turli xil fan sohalari olimlari (mediklar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va boshqalar) shugullanadigan ko‘p qirrali muammo va u hali oxirigacha o‘rganib chiqilmagan. Yetimlikning sabablari kup. Ularning ayrimlarini keltiramiz:

Ota-onalar (ko‘pincha onalar) o‘zining balog‘atga yetmagan bolasidan o‘z ixtiyori bilan voz kechadilar, shu bilan birga bu ko‘pincha chaqaloqsh davrida kuzatiladi.

Bolaning qiziqishlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqiddan mahrum etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. U holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog‘lom ota- onalari bo‘lgan, notinch oilalarda yuz beradi.

Ota-onalari vafot etganda, bush a aholini shoshilinch ko‘chishga majbur etuvchi qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmalar (urush, yer qimirlashlari, tabiiy ofat va boshqalar) oqibatida yo‘qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyatning va davlatning asosiy vazifasi va bolaning oilada tarbiyalanish xuquqini amalga oshirish,chir. Bolaning bu xuqukdari xalqaro hujjatlarda qayd etilishi kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konvensiyasi va boshqalar). O‘zbekiston Respub­likasi qopup hujjatlarida ham qayd etilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi oilaviy kodeksida eng ustun va mustaqil qonun sifatida quyidagi, bolaning husuqlari ko‘rsatiladi: oila yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish xuquqi, o‘zini himoya qilish xuquqi, ismi, familiyasi, otasining nomiga o‘tish huquqi. Davlat birinchi navbatda bolani oilada saqtab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishning oldini olishga bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqtab qolish mumkin bo‘lmasa, uning uchup yangi oila izlash afzal deb hisoblaydi. O‘zbekistonda ota-onalarsiz qolgan yetim bolalarga yordam ko‘rsatish uchup «Sen yolg‘iz emassan» Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga teshshli ijgimoiy-alternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va mustahkamlanmoqda. Ularga huyidagi usullarini kiritish mumkin:

oilaga qaytarish, mamlakat ichida asrab qolish, tarbiyalash uchup o‘zga oilaga, maxsus tarbiya muassalariga berish. Yetim bolalarga vasiylik qilishni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: asrab olinishi yoki davlat qaramotga olinishi bilan.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish