Ijtimoiy pedagogika — bu ijtimoiy ta’lim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bo‘limidir.
Ijtimoiy pedagogika metodlari shaxsga, upish takomillashuvi, tarbiyasi, o‘zini anglashi va Shaxssifatida shakllanishiga yo‘naltirilgandir.
Ijtimoiy pedagogika funksiyalari. Ijtimoiy pedagogika funksiyalarini o‘rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to‘xtalamiz.
Bola (o‘smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o‘zini tutishi kabilarni o‘rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko‘maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo‘llarini topish, qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlash bolani o‘rab turgan va unga ta’sir o‘tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish.
Bola (o‘smir) faoliyatini (o‘zini) tarbiyalash, bilim olish, o‘z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo‘naltirish bola (o‘smir) huquqtari muhofazalanishiga taalluqti va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvo- fiqlashuvi bilan shugullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlapggirgan holda ijtimoiy pedagogika funksiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Bular:
Tarbiyaviy funksiya;
Ijtimoiy-huquqiy funksiya;
Ijtimoiy-sog‘lomlashtirishfunksiyasi.
Tarbiyaviy funksiya — bolani atrof-muhitga qo‘shilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-huquqiy funksiya — davlatning bolalar haqida g‘amxo‘rligi, ularni xukuqiy muhofazalanishini anglatadi.
Ijtimoiy-sog‘lomlashtirish funksiyasi — bu nogiron bolalar, ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va ta’lim ishlarini olib borish bo‘lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Yuqorida qayd etil- ganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bupla i ijtimoiy pedagog va xodim o‘z faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yo‘naltirishi lozimligi aniqtanadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko‘garish uchup xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyin- chiliklarni tahlil qilish ham katta rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g‘amxo‘rlik va e’tibor talab etadigan madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «raxd-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko‘p ishlatiladi.
Ammo ularning aniq ifodalangan o‘ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon bo‘ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta sekin kengayib, biri ikkinchisini to‘ldiradi.
Ko‘pgina mustaqil fanlarning birlashib bir ob’ektni har xil nuqtai nazardan o‘rganganda integratsiya muammosi kuzatiladi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan to‘qnashishi natijasida yangi mustaqil fanlar yuzaga keldi. Falsafa bilan ta’lim falsafasi, Sotsiologiya bilan ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqqan. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o‘rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, «ogir guruh»larga alohida e’tibor qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozosi bilan ogir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o‘tirib chiqqanlar, jinoiy guruhlarga va man etilgan diniy sektalarga o‘zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h. k. kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagilarni va qariyalarni ham ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaslik, qolaversa dam olishga, ruhiy kasallangan, ta’lim olishdagi muammolar, tarbiyasi ogir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetda qoldirmaydi. Ijtimoiy hayotning turli jabxdlaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muhgojdirlar.
Ijtimoiy pedagogika faoliyat rivojlangan davlatlarda maxsus kasb darajasiga ko‘tarilgan. Janubda bu kasb «Ijtimoiy faoliyat» deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a’zolarini ijtimoiy muhofazalashga doyr qator ishlar amalga oshirilishidan qati nazar, u bilan shug‘ullanuvchi maxsus fan yo‘nalishi to‘liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a’zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo‘lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning aqliy mas’ullik, sahiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo‘lgan.
«Ijtimoiy pedagogika»ning paydo bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Chunki, bu o‘zgarishlar tarbiya jarayonini murakkab- lashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jarayonini ilmiy o‘rganishni talab etmoqda. An’anaviy pedagogika fani ta’lim-tarbiya muassasalari qobig‘ida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo‘lgan ta’siriga yetarlicha e’tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib ko‘ydi. «Ijtimoiy pedagogika» Rossiyada o‘tgan asrning 80-yillarida alohida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa upish ma’lum qirralari yoritilgan bo‘lishiga qaramasdan bu yo‘nalish bo‘yicha hali alohida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo‘q. Bu fan jamiyatning, har bir mamlakatning, har bir millatning ijtimoiy hayoti va milliy psixologiyasi bilan bevoeita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyittg ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |