Jamiyat va uiaxc — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi. Shaxsning ham, jamiyatning ham rivojlanish muammosi bo‘lib, Shaxsnimaligi, uni falsafa tarixida o‘rganish, jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga bog‘liqtik shakllari, jamoada Shaxsrivojlanishi qapday kechishi kabilarga e’tibor qaratadi.
Ijtimoiy pedagogikada Shaxstarbiya ob’ekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda uning rivojlanishi, yosh xususiyatlari, ta’lim- tarbiya jarayoni, shaxsning rivojlanishiga tarbiya va muhit ta’siri va boshqalar o‘rganiladi.
Shaxsning rivojlanishi uning ijtimoiylashuvi jarayonida sodir bo‘ladi. Bu jarayonga jamiyatning barcha ijtimoiy insti- tutlari, insonning jamoatchilik axloqi me’yorlari ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiylashuv insonning buchu i hayoti davomida amalga oshiriladi. Nafaqat jamiyat insonga, balki inson ham jamiyatga ta’sir o‘tkazadi. Falsafa ham, pedagogika ham bu jarayonda Shaxsqanday shakllanayotgani, rivojlanayotgani, Shaxsva oila, Shaxsva etnos, Shaxsva davlat qay tariqa o‘zaro munosabatga kirishayotganini o‘rganadi.
Inson jamiyati munosabatlarning murakkab tizimini aks ettiradi. Ulardan biri — jamoadagi shajdir.
Insoniyat tarixida jamoalashtirishning turli shakllari mavjud bo‘lgan. Ulardan biri mahalla kengashi bo‘lib, u tarbiyaviy hamda, davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilgan.
Ijtimoiy pedagogika masalalaridan biri — Shaxsva muhitning o‘zaro munosabatidir.
Hozirgi sharoitda ijtimoiy falsafa jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar: — yangi istisodiy, siyosiy, oilaviy, milliy, diniy munosabatlarni aks ettiradi. Zamonaviy oila, uning inqirozi, ta’lim va maktab, yoshlar va jamiyat, shahar va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlarni anglash uchup tatbiq etiladi. Bu muammolarning markazida inson, Shaxsyotadi.
Zamonaviy ijtimoiy falsafaning birinchi darajali muammosi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim muammolaridagi nomutanosiblik hisoblanib, bundan avvalo inson aziyat chekadi. Insonga nisbatan jamiyat tomonidan, muhit tomonidan adolatsizlik qilinadi. U davlat va inson, ma’naviyat va din, turli mafkuralar bosimi nomutanosibliklarini his qiladi. Hozirgi jamiyatda muomala, o‘zaro tushunish, insonning ruhiy, jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘iga ta’siri seziladi.
Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogika aloqasidagi
umumiylik
Ijtimoiy falsafa va pedagogika aloqasidagi umumiylik nimada ko‘rinadi? Bu ijtimoiy falsafa inson va jamiyat munosabatlarining asosiy muammolarini aniqtaydi, ularning bir qismini ijtimoiy pedagogika hal qiladi. Bular: Shaxsva muhit, Shaxsva ta’lim, Shaxsva oila, Shaxsva ma’naviy madaniyat, Shaxsva jamoat ishiga tayyorgarlik va ishtirok.
Shuningdek, hozirgi sharoitda inson va tabiat munosabatlari o‘tkir ijtimoiy-falsafiy muammoga aylandi. Global ekologik kataklizmada ekologik buzilishlar bilan bog‘liq odamlar va xususan bolalar kasalliklari ijtimoiy muammoga aylandi.
Bu yerda ijtimoiy falsafa muhitida Shaxsshakllanishi, shuningdek, oila, maktab, milliy munosabatlar keskinlashgan holatlarning yangicha talqiniga murojaat qilishni talab qiladi. Bu tushunchalar da i ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning ijtimoiy muhitga bog‘liqshgi muammosi yuzaga chiqadi. Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhit Shaxsshakllanishiga qanday ta’sir qilmoqsa, yangi jamiyatda o‘sib kelayotgan avlod ta’limi ijtimoiy muammosi qanday hal etilayotganini tahlil qiladi.
Ijtimoiy pedagogikaga nisabatan ijtimoiy falsafa — ijtimoiy pedagog va xodimga jamiyatning ijtimoiy muammo - lariga yo‘nalishida ko‘maklashuvchi metodologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy falsafa jamiyatning turli qatlamlarining man- faatlarini aks ettiradi. Ijtimoiy, maishiy, щtisodiy, tibbiy, huquqiy muammolar bilan bir qatorda insonning psixologik, pedagogik muammolarini ko‘rib chitali imkonini beradi. Bunda jamiyatga moslashuvi, bunda pedagog bolaga qanday yordam berishi kabilardir.
Ijtimoiy pedagogika jamiyat va Shaxsmuammosi bilan shug‘ullanish asnosida jamiyatda inson munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy pedagog bolaga hozirgi oilaning inqirozli holatlarida jamiyatdagi o‘rnini topishga, turmush sharoitlariga moslashishda ko‘maklashadi.
Yangi iqtisodiy sharoitda, xususiy mulkning yangi shakllari va bozor iqgisodiyoti sharoitida yangi iqgisodiy tafakkur shakl- lanmoqda. Ijtimoiy pedagogika yangi iqgisodiy munosabatlar oila muposabaglariga, bola tarbiyasiga qanday ta’sir qilayotganini tahgshl qiladi. Oila inqirozi k^ytarilmas jarayon sifatida shaxsga, butun avlodga ta’siri, iqtisodiy inqiroz sharoitida bola va o‘smirlar ijtimoiy mehnatga qanday tayyorlanayotganini o‘rganish shular jumlasidandir.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasb tanlashda amaliy kumaklashish uchun zamonaviy ta’lim tizimida qaiday choralar amalga oshirilishi lozim?
Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bola muammolariga murojaat qiladi. Bolalik jamiyatning ijtimoiy muammosi sifatida eng kam muhofazalangan sanalib, hozirgi sharoitda jamiyat inqirozining barcha silsilalari bolalarga ayniqsa kuchli ta’sir qiladi.
Ijtimoiy pedagogika shaxsni tarbiyalash masalalari, unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, tang vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash, bolani zamonaviy jamiyatga moslashuvida ko‘maklashish kabi masalalarga murojaat qiladi.
Ijtimoiy pedagogika inson va muhitning o‘zaro uygunligi — mavjud Shaxsta’limi va tarbiyasi, maktab va zamonaviy ta’lim tizimi, kasbiy tayyorgarlik, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy himoyalash markazi ishlari kabi muammolarni hal etishga qaratilgan izlanishlar olib boradi.
Davlat o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasidan chetlashgan vaziyatda shaxsni ta’lim olish imkoiiyati va qobilshggi, teng ta’lim, umumiy ta’lim muammosi qanday hal etiladi? Ommaviy ta’lim inqirozini yengib o‘tishda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ta’lim o lit va shakllantirish ustuvor vazifaga aylanadi.
Bugungi ijtimoiy pedagogika bu—jamiyatdagi inson, jamiyatda Shaxsshakllanishi, shaxsning ijtimoiylashuvi, bolalikning hozirgi sharoitdagi qiyinchiliklari kabilar haqidagi bilimdir. Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaning jamiyatda ijtimoiy-ruhiy barqarorlikka erishishi, yangi munosabatlar hosil qilishiga qaratilgan.
Savol va topshiriqlar:
Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning umumiy jihatlari nimada?
Ijtimoiy falsafada inqilobiy demokratlar va sotsialist — utopistlar shakllanishi masalalari.
Zamonaviy ta’lim tizimi, uning ijtimoiy funksiyalari va muammolari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-modsasida, har bir O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish hukuqiga ega ekanligi kafolatlangan. Umumiy o‘rta ta’lim O‘zbekistonda majburiydir. Ota-onalar yoki ularning o‘rindoshlari bola tomonidan umumiy o‘rta ta’lim olinishini ta’minlashga majbur.
Konstitutsiya asosida davlat ta’lim standartlari belgilanadi, turli ta’lim va o‘z-o‘zini takomillashtirish shakllari qo‘llab- quvvatlanadi.
Muayyan masalalar qopup bilan belgilanadi. Masalan, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun 1997 yilda qayta tahrir etilishi bilan yuzaga kelgan vaziyat qonuniy asoslangan. Ushbu qonun davlatning ta’lim sohasida, ta’lim jarayonini tashkil qilinishining umumiy talablarida ustuvor siyosatni belgilaydi.
Qonunning 10-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi tizimlarda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta’lim;
Umumiy o‘rta ta’lim;
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi;
Oliy ta’lim;
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta’lim;
Qonunning 4-moddasida fuqarolarning bilim olish huquqi ijtimoiy kafolatlangan.
Jiji, tili, yoshi, irqi, milliy majubligi, e’tisodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chitsishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqg yashayotganligidan qati nazar, har kimga bilim olshsda teng xuquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kiriщsa teng huquqtarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish hukuqipi berish orqali ta’minlanadi.
Bottgqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim o lit huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqtarga ega.
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish — qonunning III bo‘limida keltirilgan (20-modda), Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish (21-modda), Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish (22 modda), Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonun vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish (23-modda), Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish (24 modda).
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar belgilangan. Jumladan stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlanishi, ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqgining qisqartirilgan muddati belgilanishi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi, ta’lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqti ekanligi, yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitittg va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqg davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchup ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik- tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshirshshshi. Alohvda sharoitlarda tarbiyalanish va o‘qishga muhtoj bolalar va o‘spirinlar uchup ularning bilim olishi, kasb tayyor- garligi va ijtimoiy tiklanishini ta’minlaydigan ixtisos- lashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etilishi, ozod- likdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqtanayotgan shaxslarning ta’lim olishi va mustaqil bilim olishi uchup qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratilishi ta’kidlangan.
Ta’limning barcha qismlari shaxsni takomillashtirish, uning madaniy, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, umumiy va kasbiy bilim egallashi masalalarini hal qiladi. Mavjud tizim yangi avlodni jamoat va mehnat hayotiga tayyorlab, har bir shaxsning ijodiy rivojlanishini ta’minlashi lozim.
Ta’lim bolaga bilim beradi, ko‘nikma va malakani hosil qiladi. Lekin ta’limni egallash jarayonida tarbiya ham amalga oshiriladi. Jamiyatda axloq o‘zlashmalari, odamlarga va mehnatga munosabat shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |