Ommaviy axborot vositalari insonma’naviyatiga ta’siri. Hali internet tarmog‘i, zamonaviy DVD, «uyali» aloqa va ba’zi axborot texnologiyalari kashf etilmagan 60-yillarda fransuz sotsiologi A.Mol bunday deb yoz-gan edi: «Bugun oddiy ishchi aqlini «to‘ldirish»da uning metro afishasida o‘qigani, radiodan tinglagani, kino yoki televizorda ko‘rgani, ishga ketayotganda gazetada ko‘zi tushgan axborot yoki hamkasblari, qo‘ni-qo‘shnilaridan eshitgani ko‘proq rolo‘ynaydi;mashtabdan esayarim-unut bo‘lgan tushunchalarqoladi, xolos»10. Endilikdachi? Kompyuter va internet zamonida internet yordamida aholi ongini boshqarish, «ma’qul bo‘lmagan» mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarish, hatto rangli inqiloblar va davlat to‘ntarishlari qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Buni 2011 yili qator arab davlatlarida yuz bergan voqealar tasdiqlaydi. O‘shanda Internet orqali g‘alayonchilarning harakatlari muvofiqlashtirilgan edi.11 «Bizning davrimizda bilimlar asosan ta’lim tizimi orqali emas, balki OAV orqali shakllanadi», deganida A.Mol haq edi. Bunga qo‘shimcha qilib «ongi ham boshqariladi» deyish mumkin.
60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillardan boshlab G‘arb Yoshlarining «ikkiyuzlamachi» burjua madaniyatiga qarshi noroziligini, o‘ziga xos isyonkorligini ifodalovchi submadaniyat yuzaga keldi. Unga G‘arb olimlari «kontrkulьtura» («qarshimadaniyat») degan nom berdi. Qarshimadaniyat AQSHda ko‘proq Vetnam urushiga, irqiy notenglikka, odamlarning o‘zaro begonalashuviga, byurokratizmga qarshi yo‘naltirilgan edi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa u burjua axloqining, oila va nikoh me’yorlarining «ikkiyuzlamachiligi»ga, erkin jinsiy aloqalarning taqiqlanishiga, molparastlik va hashamatli boy turmush tarziga hamda davlat siyosatidagi ikki xil standartlarga qarshi qaratildi. 1968-yilda yuz bergan talabalar g‘alayoni oqibatida Fransiya prezidenti de Gol istefoga chiqishga (1969) majbur bo‘ldi.
Yoshlar norozilik harakatining o‘z nazariyachilari, taqlid uchun namunaga aylangan «dohiy»lari bor edi. Biz yuqorida nomlarini tilga olgan Ch.Mills, T.Adorno, G.Markuze, Yu.Xabermas kabi faylasuf va sotsiologlar shunday nazariyachilar edi. Olimlarning fikricha, postindustrial jamiyat marksistik tushunchadagi sinfiy kurashlar, sinfiy inqiloblarni inkor qiladi. Endi jamiyatning asosiy inqilobiy kuchi proletariat emas, balki lyumpenlar, turli marginal qatlamlar, ayniqsa,oshlardir, degan goyalarni olg‘a suruvchi «yangi so‘llar» to‘grisidagi ta’limotni yaratishga urindilar.
Fransiyada chiqadigan «Tel-kel» jurnali va Yoshlarga mo‘ljallangan boshqa nashrlarning mualliflari ularga qo‘shilib, haqiqatan, hozirgi sharoitda jamiyatni inqilobiy yangilovchi kuch bu Yoshlardir, endi an’anaviy tushunchadagi siyosiy inqiloblar davri o‘tdi, degan fikrni olg‘a surdi. Siyosiy inqiloblar o‘rnini barcha sohalarda, tilda, insonlararo munosabatda, badiiy tasvir va ifoda vositalarida, ko‘ngilxushlikda va hokazolarda ongli ravishda amalga oshiriladigan inqiloblar yasash egallashi kerak, mavjud me’yorlar va qoidalardan voz kechish lozim. Yoshlar o‘z g‘oyaviy rahnamolari sifatida siyosiy ekstremizm nazariyachisi fransuz R.Debre va siyosiy zo‘ravonlikni birdan-bir maqsad, deb e’lon qilgan F.Fanonni tan oldi.
Odatdagidek, nazariyachilar olga surgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-estetik g‘oyalar amaliyotchilar tomonidan yanada buzib talqin etildi, mavjud tuzumni va barcha an’anaviy qadriyatlarni to‘liq inkor etib, tugal nigilizmga va bema’nilikka aylandi. Ular insoniy, axloqiy, ayniqsa, seksual inqilob yasash, Yoshlarning turli xil kommunalarini yaratish, narkomaniyani yoyish «burjua dunyoqarashi, ongi»ni engishning, insonga haqiqiy erkinlik ato etishning asosiy yo‘lidir, deya Yoshlarni chalg‘itdi.
Fidel Kastroning yaqin safdoshi, Kuba inqilobining dohiylaridan biri, asli argentinalik Che Gevara «inqilobiy Yoshlar»ning ramziy idealiga aylandi. Yoshlar, talabalar g‘alayonlarining ishtirokchilari Che Gevara surati tushirilgan «futbolka»larni kiyib olib ko‘chalarda ommaviy tartibsizlikni boshladi. G‘alayonlar tingach esa norozilik boshqacha ko‘rinishlarda davom etdi. 60-yillar oxirida «xippi», 70-yillarda «panklar» harakati vujudga keldi; ushbu fenomen 80-yillar oxirida bir muddat yana jonlandi. Ular har qanday axloqiy me’yorlarni, hatto gigienik qoidalarni rad etib, go‘yoki «tabiiy» hayot kechira boshladilar. Oqibatda, qarshimadaniyat (kontrkultura) aksilmadaniyatga (antikulturaga) aylandi. Aksilmadaniyat unsurlari ommaviy madaniyatga ta’sir ko‘rsatdi, chunki shahvoniy sahnalarni va shu kabi insonning hayvoniy tabiatini ochiq ko‘rsatadigan kino, video va bosma mahsulotlar legallashib oldi va egalariga katta daromad keltira boshladi. «Seksual inqilob», oxir-oqibatda, guruhiy nikohga asoslangan «shvedcha oilalar» va bir jinsli nikohlarga asoslangan oilalar paydo bo‘lishiga, geyparadlar va shu kabi hodisalarga yo‘l ochdi.
Qarshimadaniyat va aksilmadaniyatning ijobiy mazmundagi madaniyatga, jumladan, ommaviy madaniyatga bevosita aloqasi yo‘q. Aslida ular G‘arb jamiyatining ma’naviy inqiroziga tajribasiz Yoshlarning g‘o‘rlarcha noadekvat noroziligi natijasidir. Uni madaniyatlar interferensiyasi, ya’ni bir-biriga so‘ndiruvchi ta’sir ko‘rsatish tendensiyasi sifatida baholash mumkin. Qarshimadaniyat va aksilmadaniyat bugun tarix sahnasidan tushib ketdi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi. Ammo ularning ba’zi unsurlaridan boylik orttirish ilinjida bo‘lgan korchalonlar hamon foydalanmoqda. G‘arb mamlakatlari yirik shaharlarida seksshoplar, toples-barlar, striptizklublar (shu jumladan ayollar uchun), geyklublar ancha ildiz otib ketdi. Pornoindustriya vujudga keldi. Ularning ommaviy madaniyatga bevosita aloqasi yo‘qligini yana bir bor eslatmoqchimiz. Ular ommaviy madaniyatni o‘ziga niqob qilib olganlar, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |