Ijt im o iy ish etikasi darsligi bo ‘yicha atamalar a ltruizm



Download 45,88 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi45,88 Kb.
#201205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
атамалар

Ijtimoiy tajriba - insonning, jamiyatning, guruhning real
hayotdan, amaliy faoliyatdan, ijtimoiy o‘zaro ta’sir jarayonidan
o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikmalar yig‘indisi.
Ijtimoiy holat - ijtimoiy-sinfiy munosabatlar tizimida, jamiyatning ijtimoiy tuzilishida inson egallaydigan joy; shaxsning ongli
maqsadi, dunyoqarashli, axloqiy shart-sharoiti. Ijtimoiy ishning
yutug‘i ko‘p jihatdan odamlaming ijtimoiy holati qanchalik hisobga
olinishiga bog‘liq.
Inson huquqlari - o‘z xohishiga ko‘ra individga amal qilish
imkonini beruvchi, odamlar va davlat o‘rtasida o‘zaro munosabat
printsiplari, me’yorlari. Inson huquqlari keng va tor ma’noda
bo‘ladi. Tor ma’noda inson huquqlari deganda taqdim etilmaydigan,
balki davlat tomonidan muhofaza qilinadigan va kafolatlanuvchi
huquqlargina tushuniladi. U har bir insonga tug‘ilgandan tegishlidir
va ularning konstitutsion - huquqiy birikishlari va davlat chegaralaridan qat’i nazar amal qiladi. Bu yashash huquqi, jismoniy
dahlsizlik, inson sha’nini hurmat qilish, vijdon erkinligi va
boshqalardir. Keng ma’noda inson huquqlari deganda shaxsning
barcha huquq va erkinliklari, ularning turlari tushuniladi. Inson
huquqlari salbiy (individ erkinligini muhofaza qiladi va davlatlar,
boshqa fuqarolarning shaxs ucHun salbiy huquq va harakatlardan
tayinlash majburiyatini aniqlaydi) va pozitivga boiinadi (davlatning
fuqaroga mehnat, dam olish, ta’lim, tibbiy xizmat huquqiy berish
majburiyatini belgilaydi). Inson huquqlari klassifikatsiyasi yanada
aniq bo‘lishi mumkin: a) alohida erkinlikni kafolotlovchi (shaxsiy);
b) davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning faol
ishtirokini aniqlovchi siyosiy; d) ishchi kuchiga erkin egalik qilish,
mulkchilik, tadbirkorlik huquqini ko‘rib chiquvchi iqtisodiy;
e) insonga yaxshi turmush darajasini va ijtimoiy himoyalanganlikni
ta’minlovchi ijtimoiy; f) shaxsning ma’naviy rivojlanishini kafolotlovchi madaniy.
Inson huquqlariga amal qilish - ijtimoiy xodimning muhim
axloqiy va mahoratli vazifalaridan biridir.
Ijtim oiy huquq - odamlarni ijtimoiy himoyalash me’yorlarini
bo‘ysinliruvchi huquq bo‘g‘inidir; «Ijtimoiy ish» mutaxassisligi
fani, talabalarga oila, mehnat, uy-joy qonunchiligi, onalik va
bolalikni muhofaza qilish, voyaga yetmaganlar, nafaqadagilar,
nogironlar huquqi, ularni ijtimoiy himoyalash haqidagi; vasiylik,
asrab olish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, maxsus o‘quv
yurtlariga yuborish, odamlarni himoyalashning boshqa muammolari
to‘g‘risidagi bilimlarni beradi.
Ijtim oiy ish am aliyoti - inson, tabaqa, guruhga ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish uchun ijtimoiy ish bilimlari va ko‘nikmalarini qo‘llash.
Ijtimoiy ish amaliyoti o‘z ichiga ijtimoiy yordam, ijtimoiy terapiya,
ijtimoiy reabilitatsiya, sug‘urta, vasiylik, vositachilikni oladi.
Ijtim oiy imtiyoz - alohida shaxslar, guruhlar, sinflar, muassasalarning huquq va imkoniyatlari. Quldorlik va feodalizm
tuzumida ijtimoiy imtiyoz yuqori tabaqali kishilar uchun yuridik va
siyosiy jihatdan qonuniylashtirilgan. Biroq tabaqali imtiyozni bekor
qilinishi ijtimoiy imtiyozni yo‘q qilmaydi. Ijtimoiy imtiyozning
saqlanishi odamlaming «boshlang‘ich imkoniyatlari»ni farqlash
bilan bog‘liq.
Ijtim oiy afzalliklar - jamiyat tomonidan birinchi galdagi
yechimlarni talab qiluvchi eng majburiy ijtimoiy vazifalar. Ijtimoiy
afzalliklami bir xil tushunishga ijtimoiy vazifalarni samarali hal
qilishga bog‘liqdir.
Ijtim oiy dastur - ijtimoiy loyiha yoki rejani amalga oshirish
uchun kerakli tadbirlar yig‘indisi: aniq ijtimoiy muammolarni hal
qilishga qaratilgan harakatlarning mazmuni va oqibatini aniqlovchi
hujjat. -
Ijtim oiy psixologiya - odamlaming xulqi va faoliyati
qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya bo‘g‘inidir, ularning psixologik
guruhlarga tegishliligi bilan asoslangan. Ijtimoiy psixologiya
psixologiya va sotsiologiya o‘rtasidagi bilimlar bo‘g‘ini hisoblanadi.
psixologiya bilan bir qatorda ijtimoiy xodimlami tayyorlash va
faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy psixologiyani bilish
376
individual va umumiy birlamchi va umumiy, psixologik va ijtimoiyning qarama-qarshiligini yengishga, ularning dialektik
bog‘Iiqligini ko‘rishga imkon beradi.

Download 45,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish