Axloq hulq, axloqiy ong, axloqiy munosabat qoidalari kabi
ijtimoiy ishchilarning mijozlar bilan o‘zaro faoliyatida muhim rol
o‘ynaydi.
A n’ana - (lotincha tradition - uzatish) - madaniy tajribaning u
yoki bu unsurlarini saqlaydigan, avloddan-avlodga o‘tadigan,
m a’naviy qadriyatlarga asoslangan, ijtimoiy jarayonlarning tarixiygenetik (nasliy) uzviyligini ta’minlaydigan universal shakl. Uzoq
vaqt davomida ma’lum jamiyat, ijtimoiy va boshqa guruhlarda
avloddan-avlodga o‘tadigan va saqlanadigan ijtimoiy va madaniy
meros elementlari. An’ana xalqlarni o‘tmishdan to hozirgi kungacha
saqlanib kelayotgan ijtimoiy qoidalar, xulq me’yorlari, qadriyatlar,
g‘oyalar. urf-odatlar, marosimlardir.
An’analar o‘z mazmun-mohiyati bilan zamon ruhiga qanchalik
mos tushib, hamohang bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotini shunchalik
osonlashtiradi, jadallashtiradi va aksincha, ya’ni unga to‘g ‘ri
kelmasa, ijtimoiy taraqqiyotga g‘ov bo‘lishi mumkin. Jamiyatda
an’ana o‘ziga xos vazifalarni bajaradi: kishilarni ma’rifatli qilish,
ulami tarbiyalash, odamlarga estetik zavq-shavq berish, ularni
o‘zaro yaqinlashtirish, axborot bilan ta’minlash va hokazo.
An’analar har bir xalqning hayot tajribasi, bilimlari, aql-zakovati,
zehnu idroki, donishmandligi, ruhiyati, ichki kechinmalari, mehnat
ko‘nikmalarida o‘z ifodasini topadi. An’analar ma’lum ma’noda
vorisiylik ahamiyatini ham kasb etadi. chunki tarix sahnasiga endi
kirib kelayotgan yosh avlod oldingi avlod qoldirayotgan ma’naviy
boylikka vorislik qiladi, ayni vaqtda uni rivojlantiradi hamda
kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi. Shunday qilib, avloddan
avlodlarga o‘zaro bog‘lovchi «ko‘prik» vazifasini bajaradi. An’ana
millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi,
o‘tmishi, urf-odati, diniy qadriyatlari, tili va boshqalar bilan o‘zaro
uzviy bog‘langan. Ular xilma-xil shakllarda bir-biri bilan uzviy
aloqadorlikda namoyon bo‘ladi, o‘ziga xos tizimni tashkil etadi.
An’ana ta’sirida tabiiy-tarixiy birlikni ta’minlovchi qadriyatlar -
qon-qarindoshlik, madaniy-ma’naviy meros, ona yurt tuyg‘usi va
boshqalar nisbatan barqaror bo‘ladi.
An’anani ijtimoiy ish soha vakillari ijtimoiy etnik guruhli
jamiyat mijozlari bilan ishlashda hisobga olishlari kerak.
Bag‘rikenglik - o‘zga turmush tarziga, xulqi, urf-odatlari,
hissiyotlari, fikri, g‘oyasi, e’tiqodiga chidamlilik.
Jumladan, ijtimoiy ishchilarga ularning mijozlar bilan, ishlashda
kerakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |