Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi - 1948-yil
10- dekabrda BMT ning Bosh Assambleyasida qabul va e ’lon
qilingan. Bu masalani bajarishga, irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy va
boshqa e ’tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, tabaqali
yoki boshqa holatidan qat’iy nazar barcha uchun asosiy ozodlik va
inson huquqlariga bo‘lgan hurmatni oshirish.
Bunday huquqlar sifatida Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi quyidagilarni shakllantirdi: yashash huquqi, ozodlik
va shaxsiy daxlsizlik; qullikdan va erksizlik holatidan ozodlik;
qiynoqdan yoki shafqatsiz, sha’nini pasaytiruvchi muomala yoki
jazolashdan ozodlik; ixtiyoriy qamoqqa olish, tutib olish yoki
surgundan ozod qilish; mustaqil va xolis sud tomonidan adolatli va
oshkora ishni ko‘rib chiqish huquqi; shaxsiy va oilaviy hayotga
ixtiyoriy aralashishdan, uy-joy va korrespondensiyaning dahlsizligiga ixtiyoriy tajovuzdan ozodlik; ko‘chish; yashash joyini tanlash
erkinligi; fuqarolikka huquq; nikohdan o‘tish va oila qurish huquqi;
mulkka ega boiish huquqi; fikrlash, vijdon va din erkinligi; e’tiqod
va uni ifodalash huquqini; tinchlik yig‘inlari va assotsiatsiyalar
erkinligi huquqi; davlatni boshqarishda ishtirok etish va davlat
xizmatiga teng kirishish huquqi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, shuningdek,
ijtimoiy ta’minot huquqi, mehnat, dam olish va bo‘5h vaqt huquqi,
turmush darajasi huquqi, ta’lim olish huquqi, jamiyatning madaniy
hayotida ishtirok etish huquqi kabi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
huquqlar ham bayon qilingan.
Shu bilan birga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
har bir odamning jamiyat oldidagi majburiyati, boshqa odamlaming
huquq va erkinliklarini, demokratik jamiyat printsiplarini tan olish
va hurmat qilish burchlari kiritilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi printsiplari asosida
BMT bir qator hujjatlami qabul qildi, bu uni imzolagan davlatlar
uchun majburiy xususiyat ega edi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va uning asosida
qabul qilingan hujjatlar ijtimoiy siyosatni yanada samarali amalga
oshirish, odamlarni ijtimoiy himoyalash vazifasini yechishga qo‘-
maklashuvchi muhim yuridik, siyosiy va axloqiy omil hisoblanadi.
Interiorizatsiya - sotsial me’yor va qadriyatlarning individ
ichki dunyosiga kirishish jarayonidir.
Ijtim oiy ishchilar assotsiatsiyasi (Rossiya) - ijtimoiy ish
sohasida mutaxassislami birlashtirish. Rossiyada ijtimoiy ishchilar
assotsiatsiyasi bir nechta: ijtimoiy xizmat ishchilarining mintaqaviy
assotsiatsiyasi (1991-yil tuzilgan); ijtimoiy ishchilar Assotsiatsiyasi
(1992); ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlar Assotsiatsiyasi
(1990); ijtimoiy ish maktablari va oliy o‘quv yurtlari jamoalarining
Assotsiatsiyasi (1993); ular ijtimoiy xodimlarining Xalqaro
federatsiyasi faoliyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarda ishtirok
etadilar, turli davlatlarning milliy assotsiatsiyalari bilan hamkorlik
qiladilar.
Ijtim oiy gerontologiya - keksa odamlaming hayot tarzini
sotsiologik o‘rganish, ularning nafaqaga chiqishi tufayli yangi
sharoitga moslashish usullarini, ularning ijtimoiy mavqeyi, obro‘si,
moddiy, oilaviy ahvolidagi, ijtimoiy rolidagi o‘zgarishlarga
moslashishni o‘rganuvchi soha.
Ijtim oiy o‘zaro ta ’sir - ijtimoiy faoliyat yordamida turli soha,
hodisa va jarayonlaming, shaxs yoki jamiyatning o‘zaro ta’siri.
Tashqi va ichki o‘zaro ta’sir bo‘ladi. Agar ijtimoiy ishni tizim kabi
o‘rganilsa, uning tarkibiy elementlari o ‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ichki
hisoblanadi, uning boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’siri - tashqi
bo‘ladi.
Ijtim oiy guruh — aniq o‘rinni egallovchi va ijtimoiy ishlab
chiqarishda o‘ziga tegishli bo‘lgan rolni bajaruvchi odamlaming
mustahkam guruhi. Bu sinflar, intellegensiya, xizmatchilar, aqliy va
jismoniy mehnat odamlari, shahar va qishloq aholisi. Ijtimoiy guruh
o‘rtasidagi farq avvalambor iqtisodiyot, siyosat, maorif, daromadlar,
turmush sharoiti sohalarida o‘z o‘rniga ega.
Ijtim oiy davlat - keng ijtimoiy asosga tayanuvchi va aholining
turmush darajasini oshirish yoki barqaror ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash va amalga oshirishga,
ta’lim va ijtimoiy himoyaning zamonaviy tizimini yaratishga,
aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab*quvatlashga, ijtimoiy
nizolarni bartaraf etish va uni muvaffaqiyatli hal qilishga va
boshqalarga qaratilgan faol va kuchli ijtimoiy siyosatni olib
boruvchi demokratik davlat. Ushbu atama birinchi marta Germaniya
Federativ Respublikasining birinchi Konstitutsiyasida ishlatilgan.
Ijtimoiy davlat tushunchasi «umumiy faravonlik davlati» tushunchasining sinonimi sifatida ifodalaniladi.
Ijtim oiy kafolatlar - hozirgi hamjamiyatda, alohida davlatda
inson huquqlarining amalga oshishini ta’minlovchi moddiy va
m a’naviy vositalar, yuridik aktlardir. Ijtimoiy kafolatlar avvalambor, insonning yashash, shaxsiy xavfsizlik, mulkka va uning
qonun tomonidan himoyalanganligi, erkin fikrlash, vijdon erkinligi
huquqiga asoslanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ijtimoiy
kafolatlar aholining barcha toifasi uchun ijtimoiy-kafolatlangan
minimumni asoslash yo‘nalishida, fuqarolarning alohida guruhlariga
imkoniyat va imtiyozlarni asoslash yo‘nalishida o‘zgarishlarni
boshdan kechirmoqda.
Iroda - insonning ongli qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
qiyinchiliklar, ziddiyatlar va nizolarni faol engishda ifodalashuvchi
faoliyat va xulqni mustaqil boshqarish qobiliyati. Iroda insonning
individuallagini ifodalaydi, o‘zini tasdiqlash, o‘zini ifodalashga
xizmat qiladi. Iroda shaxsning hayotida bir qator vazifalarni
bajaradi: shaxsni maqsadga maqsadga qaratilgan harakati va qilmishlarni sodir etganda ruhiy va jismoniy qiyinchilik va to‘siqlarni
yengishda ongli munosabat; muhim, lekin qiyin erishiladigan
maqsadlarga erishishda namoyon bo‘ladigan noinsoniy xulqni
barqarorlashtirish; shaxsning faolligini ta’minlash.
Iroda shaxsning maqsadga intilishi, qat’iyatliligi, sabrlilik kabi
xususiyatlarda namoyon bo‘ladi.
Irodaning ko‘rsatilgan funksiyalari va xususiyatlari ijtimoiy ish
xizmat xodimlari faoliyatida nafaqat ijtimoiy muammolarni bevosita
hal qilishda, balki mijozlarni qiyinchilik va ziddiyatli holatni
yengishga, murakkab hayot vaziyatlaridan mustaqil chiqish
yo‘Ilarini topishda juda muhimdir.
Ijtim oiy h arak at - insonning ongli harakati, uning ehtiyojlari
asosida kelib chiqadi, u boshqa odamning, boshqa odamlaming
harakatlari bilan bog‘liq, ularning hulqiga qaratilgan, ularga ta’sir
etadi va o‘z navbatida boshqalar xulqining ta’sirini boshidan
o‘tkazadi. Ijtimoiy harakat haqidagi ta’limga M.Veber katta hissa
qo‘shdi. U zamonaviy sotsiologiyada keng rivoj topdi (fenemenologiya, funksionalizm va boshqa yo‘nalishlar). Ijtimoiy harakat
o‘z ichiga: subyekt, muhit yoki «vaziyatni»; subyektning muhit
sharoitiga, «vaziyatga» qaratilishini; subyektning boshqalarga
(boshqa narsalarga) qaratilishini o‘z ichiga oladi.
Insonparvarlik - insoniylik, insonlarga, ularning sha’niga
xayrixohlik munosabati.
Ijtimoiy diagnostika - insoniyat jamiyatining holati va
rivojlanish g‘oyalarini qidiruv-aniqlov orqali aloqa munosabatlarini
topish va o‘rganish uchun ijtimoiy hodisalarni tekshirish jarayoni.
Ijtimoiy diagnostika jamiyat taraqqiyotini o‘rganishda nazariy
xulosalar chiqaradi va amaliy tavsiyalar beradi. Tegishli boshqaruv
tizimi tomonidan jamiyatdagi real resurslar va imkoniyatlami
hisobga olib jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Ijtimoiy ishda ijtimoiy diagnostika - shaxs, qatlam, guruh
hulqining ijtimoiy sabablarini, ularning holatlarini (moddiy, ruhiy
va ma’naviy) o ‘rganish, ular bilan ishlashning shakli va uslublarini
aniqlashtiradi.
Im itatsiya - (taqlid qilish) bilimlar va tajribani egallab
olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkt bolani o‘z
atrofidagi barcha odamlaming barcha xatti-harakatlami qaytarishga
majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to‘lgandan keyin o‘z axloqiy
asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlaming xulq-atvori va
qilmishiga baho berishi mumkin. Shu sababli bolani sevadigan va
unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o‘zlarining axloqsiz
xatti-harakatlari bilan bolaga namuna boMmaslik uchun o‘zlarining
har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
Im idj - (inglizcha - image - qiyofa, tanishtirish). Subyektni
tashqi qiyofasini m a’lum bir maqsad asosida o‘zgalarning
taassurotlarida, fikrlarida va munosabatlarida qiyofa hosil qilish.
Ijtim oiy m anfaat - individ, ijtimoiy guruh va jamiyatning tan
olingan ehtiyoj, harakat sababi. Ijtimoiy manfaat avvalambor,
ehtiyoj ahamiyatini va ulami qoniqtirish usullarini tushunishdir.
Ijtimoiy manfaat maqsadga qaratilgan faoliyat shakli kabidir.
Ijtimoiy manfaatni shakllantirish jarayonida uning obyektlari, uning
subyekt uchun nisbiy qadriyati ko‘rsatiladi. Obyekt turldaridan qat’i
nazar ijtimoiy manfaat u yoki bu yo‘nalishga ega bo‘Iadi.
Ijtimoiy manfaat tasnifi turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) ahamiyatiga ko‘ra bevosita va asoslangan;
b) yo‘nalishga ko‘ra iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va shaxsan
ijtimoiy manfaat;
d) tan olinish darajasiga ko‘ra - tabiiy va dasturli;
e) amalga oshish imkoniyatiga ko‘ra - real va hayoliy;
f) umumiylik darajasiga ko‘ra — individual, guruhli va umumiy.
Turli ijtimoiy manfaatlar qarama-qarshi o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Mijozlar, qatlamlar, guruhlaming ijtimoiy manfaati mohiyatini
ularni ta’minlashni o‘z faoliyatida ijtimoiy xizmat kabi har bir
ijtimoiy xodim hisobga olishi kerak.
Ijtimoiy infratuzilm a - jamiyatda inson hayoti shariotini
ta’minlovchi moddiy-ashyoviy elementlar - sanoat, siyosiy va
ma’naviy sohada, oila va turmushda; fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, uy-joy kommunal
xo'jaligi, transport, aloqa kabi tarmoqlar yig‘indisi, ijtimoiy
infratuzilmaning rivojlanish darajasi - inson qanday yashayotgani,
qay darajada u ijtimoiy himoyalanganining muhim ko‘rsatkichidir.
Ijtimoiy m aslahat - inson yoki kichik guruhga ularni
ijtimoiylashtirish, ularning ijtimoiy fimksiyasini tiklash va
optimallashtirish, muloqotning ijtimoiy m e’yorlarini ishlab chiqish
maqsadida psixologik ta’sir etish yo‘li bilan ijtimoiy yordam
ko‘rsatishning maxsus shakli. Ijtimoiy maslahatning quyidagi
yo‘nalishlari mavjud: tibbiy-ijtimoiy, ruhiy, ijtimoiy-pedagogik,
ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-boshqaruv, ijtimoiy-innovatsion va
boshqa ijtimoiy maslahat tashkiloti o‘z ichiga ijtimoiy maslahat
berish va maxsuslashgan xizmatlaming mintaqaviy markazlarini
oladi (oilaviy maslahat, er-xotin maslahati, psixologik yordam va
maslahat berish, ishonch telefonlari xizmati, tibbiy muassasalar va
jamoat tashkilotlarida ijtimoiy maslahat xizmati).
Ijtimoiy ishda menejm ent - ijtimoiy ish sohasida amalga
oshiriladigan boshqaruv, u odamlarga, ayniqsa zaif qatlam,
guruhlarga yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, himoyalashga
yo‘naltirilgan. Ijtimoiy menejmentda boshqaruv obyektlari -
ijtimoiy ishchilar, xodimlar, aholini ijtimoiy himoyalash jarayonida
odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning barcha tizimidir.
Boshqaruv subyektlari bo‘lib ijtimoiy xizmat boshliqlari va ular
tomonidan shakllanadigan boshqaruv organlari hisoblanadi.
Ijtimoiy ishni boshqarish jarayoni ma’lum tashkiliy tuzilmani
nazarda tutadi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi ijtimoiy ishda
boshqaruv darajasi va bo‘g‘inlaming kam soniga ega bo‘lishi kerak,
funksiyalaming aniq taqsimlanishini, mustahkamlik, uzluksizlik,
tezkorlikni ta’minlashi kerak.
Ijtimoiy m ikrom uhit - kichik guruhlar, aloqada bo‘luvchi
jamoa va tashkilotlaming yig‘indisi, unga ijtimoiy muloqot va
faoliyat jarayonida shaxs kiritiladi.
Mijozning mikromuhitini bilish - muvaffaqiyatli ijtimoiy
faoliyatning muhim omilidir.
Ijtim oiy sabab - ehtiyojlarni sezganda yuzaga keladigan,
faoliyatga undovchi shaxsning xususiyati hisoblanadi. Ijtimoiy
ishchilarning amaliy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Ijtim oiy ish ko‘nikm alari - ijtimoiy ishchi quyidagilarni bilish
shart: a) hamsuhbatini e’tibor bilan tinglashni; b) mijozning ijtimoiy
tarixini tuzish va uning vaziyatini baholash uchun tegishli dalillarni
tanlash va ma’lumotlarni ko‘rsatish; d) mijozlarga yordam
ko‘rsatish bo‘yicha mahoratli o‘zaro munosabatni yaratish va
qo‘llab-quvvatlash; e) imzoli va imzosiz xulqni kuzatish va izohlash
va shaxs nazariyasi bilimlarini va diagnostika usullarini qo‘llash;
f) mijozlarni ularning muammolarini hal qilishga jalb etish va
o‘zaro ishonchga erishish; g) mijoz uchun murakkab mavzularni
ishonchli muhokama qilish; h) mijoz ehtiyojlarini ta’minlash uchun
innovatsion yechimlarni topish; i) tekshiruvlarni o‘tkazish yoki
ularning natijalarini sharhlash, kasbga tegishli adabiyotlarni tahlil
qilish; j) tortishayotgan tomonlar o ‘rtasida muzokara rahbari va
vositachi rolida chiqish; k) tashkilotlar o‘rtasida aloqalarni amalga
oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; 1) mavjud ehtiyojlar haqida
moliyalashtirish manbalariga, jamoatchilikka, qonun chiqaruvchilarga ma’lumotni yetkazish.
Ijtimoiy ishchining kerakli qobiliyatlariga aniq gapirish va
yozishni bilish, boshqalami o‘rgatish, inqiroz vaqtida qo‘llabquvvatlash, kasb munosabatlarida rolli xulqning modeli bo‘lib
xizmat qilishni, murakkab ruhiy holatlami izohlashni, boshqa
odamlarga yordam ko‘rsatish uchun kerakli manbalarga yo‘l topa
olishni, o‘z faoliyatini tanqidiy baholashni bilish kiradi.
Ijtim oiy kayflyat - ijtimoiy va boshqa guruhlarning hissiyoti
va aqlining ma’lum holatida ifodalanuvchi ijtimoiy-psixologik
ko‘rinish. Emotsional jo ‘shqinlik darajasi va tegishli predmetli
yo‘nalish bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |