"Inson huquqlari" fan sifatida "Konstitutsiyaviy huquq", "Jinoyat



Download 19,25 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi19,25 Kb.
#496594
Bog'liq
1 Insоn huquqlаrining g’оyaviy–nаzаriy аsоslаri bоsqich, G’аrb,mutаfаkkirlаr


1)

“Inson huquqlari” fan sifatida “Konstitutsiyaviy huquq”, “Jinoyat


huquqi”, “Fuqarolik huquqi” kabi fanlarga nisbatan yangi fandir. Lekin
uning predmeti boigan inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oya va tamoyillar
qadimdan shakllanib kelgan va bugungi kunda u o‘zining normativ shaklini
olgan boisa ham, doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Insonning yashash
huquqi, shuningdek, ozod, erkin boiish huquqi, tenglikka boigan huquq,
oilali boiish huquqi, mulk huquqi kabi qator fundamental huquqlar
to‘g‘risidagi g‘oyalar va bu g‘oyalami amalga oshirish yoiidagi sa’yharakatlar
insoniyat tarixining ilk quldorlik davrlarigacha borib taqaladi,
desak xato qilmagan boiamiz. Bu esa, o‘z navbatida, inson huquqlarining
tabiiy va universal xarakterga ega ekanligini isbotlab turibdi. Zero, bunday
huquqlar, u yoki bu darajada barcha davrlarda barcha xalqlar va millatlarga
xos boiib kelgan va turli jamiyatlarda boigan kurashlar ham bunday
huquqlarga ega boiish uchun, ya’ni, ozodlik va erkinlikka erishish uchun
olib borilgan.
Demak, aksariyat fanlarda boigani kabi “Inson huquqlari” o‘quv
fanining rivojlanish bosqichlarini ham davrlarga boiib o‘rganish bugungi
inson huquqlari konsepsiyasini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Shuning
uchun ham, inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalar va normativ-huquqiy
hujjatlaming rivojlanishini va umuman olganda, inson huquqlari tarixini:
- qadimgi dunyoda inson huquqlari g‘oyasining paydo boiishi va
rivojlanishi;
- o‘rta asrlarda inson huquqlari g‘oyasining rivojlanishi;
- uyg‘onish davrida inson huquqlari g‘oyasining rivojlanishi;
- yangi davrda inson huquqlari g‘ oyasi va inson huquqlariga oid
normativ jarayonning rivojlanishi, deb shartli ravishda davrlashtirishimiz,
bugungi inson huquqlari genezisini to‘g‘ri tushunishimizga hamda yaxshiroq
anglashimizga yordam beradi.
rus huquqshunos olimasi Ye. A. Lukasheva shunday
deydi: “Antik davrdagi qul ibtidoiy jamoaning yowoyi odamdan erkinroq.
0 ‘rta asrlardagi krepostnoy esa, antik davr qulidan ko‘ra erkinroqdir. Buijua
jamoati esa, jamiyatning barcha a’zolariga formal erkinlik uchun sharoitlar
yaratib berdi”.
Akademik V. Nersesyans esa, inson huquqlari tarixi mavzusini rivojlantira
borib, bu haqda shunday deydi: “Huquq va davlat tarixiy rivojlanishining
har bir bosqichi uchun huquq subyekti boimish inson konsepsiyasi va uning
huquq hamda majburiyatlari, erkinligi va erksizligi haqidagi tasawurlar xosdir.
Shu ma’noda, huquq tarixi, ayni mahalda, inson huquqlari to‘g‘risidagi
ibtidoiy, cheklangan va rivoj lanmagan tasawurlardan tortib, hozirgi davrdagi
tasawurlarning shakllanishi va evolutsiyasi tarixi hamdir. Inson huquqlari -
bu, eng awalo, insonning ijtimoiy munosabatlaming muayyan sohasidagi
huquqiy layoqatini va huquqiy subyekt ekanligini e’tirof etishdir. Yoki,
huquqshunos olim V. Nersesyansning ta’biri bilan aytganda, turli davrlardagi
huquqiy layoqatning hajmi tegishli huquqiy tizimda, mazkur huquq tizimi
subyektlarining qanchalik darajadagi huquqqa ega boigan inson sifatida
e’tirof etilishi bilan oichanib kelingan1.
Inson huquqlariga oid g‘oyalar tarixiy rivojining uchta asosiy
yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:
birinchisi, urag‘, jamoa, davlatdan ajralib chiqayotgan alohida shaxs
sifatidagi, huquqning mustaqil subyekti sifatidagi inson g‘oyasining
shakllanishi.
ikkinchisi, qadimgi davrlarda va о‘rta asrlarda o‘z huquqiy tizimining
rivojlanishi, qonunlaming mujassamlashuvi va yuridik institutlaming qaror
topishi.
uchinchisi, huquqlar va qonunlaming universallik g‘oyasi, ulaming
barcha odamlarga nisbatan beistisno qoilanish g‘oyasining ishlab chiqilishi2.

oladi va turli vaqtlarda bu muammo yo diniy, yoki axloqiy, yo boimasa,


falsafiy tushunchalarda qamrab olingan. Barcha insonlar uchun teng boigan
normalar tizimi to‘g‘risidagi tasawurlar Qadimgi dunyodayoq shakllana
boshlagan va bu tasawurlar ko‘pincha ulaming mifologik ongida xudoning
haqiqati adolat shaklida vujudga kelgan (masalan, maat - misrliklarda,
rita - hind oriylarida, dao - qadimgi xitoy mifologiyasida). Ushbu xudoning
haqiqatiga esa, tabiat va jamiyat bo‘ysunadi va undan kishilik qonunchiligi
vujudga keladi (masalan, rimliklarda - Femida xudosi), davlatlaming
hukmdorlari esa, Xudoning muxtor vakillari sifatida ko‘rilar edi.
Download 19,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish