26.05.21y
Nazorat ishi
Variant № 28
1. Milliy mahsulot (YaIM) ni ko'paytirish omillari va yo'llari.
2. Iste'mol va jamg'arma darajasini belgilovchi omillar.
3. Yalpi talab va yalpi taklifning iqtisodiy o'sishga ta'siri.
1. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan
o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib
borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib,
va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish
jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib
turishi ijtimoiy takror ishlah chiqarish deyiladi.Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishimumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmatko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmaganholda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarishva xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishgayo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchunxos boigan.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib
borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab
chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natij asida mamlakat miqyosida milliy
mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyotida
Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha
moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni
o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan milliy
hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi. Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir
yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan
barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor
narxidagi qiymatidir.Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichbo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan
foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmatlar
jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.
U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar
yig‘indisi sifatida namoyon bo'ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi
yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YalM ko‘rsatkichiga
mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan
foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat
korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan
YalM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
2. Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo‘lgan
yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan keyingi
uning puldagi ko‘rinishi bo‘lgan milliy daromaddan iste’mol va
jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol
jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi.
Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli boiib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilaming iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlami qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.Moddiy iste’mol - ehtiyojlami qondirishda moddiyko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli - ehtiyojlami
qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlaming
nafli xususiyatlaridan foydalanish.Milliy daromadning jamiyat a’zolari moddiy va ma’naviyehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalarva boshqarishdagi barcha sarflami o‘z ichiga oladi.Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi
Iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma - bu aholi, korxona(firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlariniqondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi.Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘Isa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo'ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag1 laming iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga
yo‘naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma - bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda
amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir,
chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning
iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi.
Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma
nisbatining о‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlaming qandaydir qismini
jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z
aksini topmaydi. Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning
ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib,
natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va
xizmatlami sotib olish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadi-
ning jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi.
Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlaming ko‘payishi, ishlab
chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlaming pasayishi ro‘y
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |