IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
32
mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. Darhaqiqat, metod mazmuni
kengayib boradi, ya‘ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan
metodning ko‗lami ham o‗zgaradi.
Metod bilish predmeti va harakatni sun‘iy ravishda bog‗lamaydi, balki ularning
xususiyatlari o‗zgarishi bilan o‗zgarib boradi. Metod sub‘ekt bilan chambarchas bog‗liqdir.
Metod sub‘ekt va ob‘ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda oxirgisi
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ladi. Shu ma'noda, har qanday metod, eng avvalo, ob‘ektiv,
mazmunli va konkret bo‗lsada, ayni paytda, sub'ektiv hamdir.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‗ish va saralash
vositasi, ya‘ni aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga
asoslanadi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‗ra bir necha guruhga bo‗linadi.
Xususan, fan metodlari, xususiy-ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, fanlararo
tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida
ularning mazmunini tahlil qilamiz.
Fan metodlari – ma‘lum fan tarmog‗iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga
kelgan muayyan fan sohasida qo‗llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat
bilan o‗z predmetiga va o‗ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‗lgan sohalar majmuidir. Fanda,
ko‗p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi.
Fan metodlarining guruhlarga bo‗linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning
roli va o‗rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash metodlariga ajratish
mumkin..
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‗lgan muayyan
fanda qo‗llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari
majmuidir
.
Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari
shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‗ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini
topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a'zolar faoliyatini qayd
etuvchi turli o‗lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Umumilmiy tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-
metodologik qoidalari o‗rtasida o‗ziga xos «oraliq metodologiya» bo‗lib xizmat
qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‗pincha «axborot», «model», «tuzilma»,
«funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha
sintetik va integrativ usullar majmui.
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga
oshirishda keng qo‗llaniladi.
Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‗liq. Turli konkret
vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‗lgan umumiy
falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‗lni
ko‗rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba,
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va h.k.lar taalluqli. Agar maxsus metodlar
ob‘ektning qonuniyatlarini o‗rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‗lsa, falsafiy
Do'stlaringiz bilan baham: |