IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. S.S.G‗ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullaev va boshqalar - Axborot tizimlari va
texnologiyalari: Oliy o‗quv yurtlari talabalari uchun darslik //Mualliflar jamoasi: - Toshkent.:
«Sharq». 2000.
2. "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish. "Internet"
ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
23. 05. 2001 yildagi qarori.
3. Veb sayt https://community.uzbekcoders.uz/post/scratch-haqida
IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
31
METOD VA METODOLOGIYA TUSHUNCHALARI TAXLILI
Baxriddinova Yorqinoy Numanovna
Andijon Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi t
е
xnikumi,
Umumta‘lim fanlari kaf
е
drasi o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada metod va matodologiya tushunchalarini o‗zaro taxlil
qilindi. Metod va metodologiya tushunchalari yurtimizda ilmiy doirada keng qo‗llanib
kelinadi. Bundan tashqari u bilan yonma-yon usul, uslub kabi o‗zbekcha muqobillari ham
ishlatiladi. Bizning nazarimizda ilmiy doirada xalqaro so‗z bo‗lgan metodika atamasi
qo‗llangani maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan qarashlarimizda metodika so‗zidan
foydalanamiz.
Kalit so‗zlar:
metod, metodologiya, metodologik negavizm, metodologik eyforiya,
dialektika, fan metodlari, xususiy-ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, fanlararo
tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari.
Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‗l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli
kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda
qo‗llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot
yoki metod nazariyasi.
Hozirgi zamonaviy davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi
mumkin emasligi aniqlandi hamda bilish chegarasidan chiqishi va o‗z sohasida amaliyotda
ham qo‗llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e‘tibor qaratmoq
kerak.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta‘minlovchi boshqa vositalarni
ham o‗rganadi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va
usullari, uning natijalarini asoslash yo‗llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va
shakllarini o‗rganadi. Shu sababli metodologiya metodlar yig‗indisi va faoliyat turi haqidagi
ta‘limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma‘lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining
yig‗indisi hamda tamoyillar va talablar tizimi bo‗lib, sub‘ektni aniq vazifani bajarishga,
faoliyatning shu sohasida ma‘lum natijalarga erishish sari yo‗naltiradi. Metod haqiqatni
izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‗l bilan yetishishga yordam
beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat.
Ammo:
- birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‗g‗ri
baholamaslik ("metodologik negavizm");
- ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‗rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya),
deb tushunish noto‗g‗ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti
sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va
Do'stlaringiz bilan baham: |