MULKNING FUQAROLAR TOMONIDAN IJARAGA OLINIShI 29-modda. Ijarachilarning yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olishdagi huquqlari Ijarachilar yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olganda ushbu Qonunda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladilar.
30-modda. Yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olish sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni ijtimoiy sug‘urtalash va ijtimoiy ta’minlash Yakka tartibda yoki guruh bo‘lib ijaraga olish sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ishchi va xizmatchilar bilan bir qatorda ijtimoiy sug‘urta qilinishi va ijtimoiy jihatdan ta’minlanishi kerak.
Ijarachilarning sug‘urta badallari to‘lab turilgan davr mobaynidagi ishi ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.