Ижарага бериш шартномаси


-modda. Korxonani ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi



Download 45,75 Kb.
bet16/26
Sana04.02.2022
Hajmi45,75 Kb.
#430543
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
q0n gmkxWP3xz2D9BsBT-79Ya263JVsK (1)

21-modda. Korxonani ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Ijarachilar jamoasi ijara shartnomasi loyihasini ishlab chiqadi va uni korxonani ijaraga berish uchun vakolat olgan idoraga yuboradi. Bu idora shartnoma loyihasini olgach, o‘ttiz kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi shart.
22-modda. Ijara korxonasining maqomi
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona ijara shartnomasi imzolanganidan, umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ustav tasdiqlanganidan keyin ijara korxonasi maqomiga ega bo‘ladi. Ijara korxonasining ustavida Davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalaridan tashqari korxonaning qarzlari bo‘yicha ijara jamoasi a’zolarining mulkiy javobgarligi ko‘zda tutilishi kerak.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 922-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 329-modda)
Ijara korxonasini tashkil etish, uning faoliyati va uni tugatish “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ijara korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan va korxona mulkini belgilangan tartibda qabul qilib olgandan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasi ijaraga berilganida u O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi.
Ijaraga olingan korxonaning xo‘jalik faoliyatini ijaraga oluvchi mustaqil yuritadi. Ijara shartnomasi bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish doirasidan tashqarida ijarachi boshqaruvda va o‘z xo‘jalik faoliyatida batamom erkindir. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan korxona faoliyatiga aralashishiga, rejalarni, hisobotlarni va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda shartnomada ko‘zda tutilmagan boshqa ma’lumotlarni o‘ziga berishni talab qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(22-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijara korxonasini boshqarish “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va ustavga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 45,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish