Ii–qism. Microsoft Word, Microsoft Excel va Microsoft Access


Matn qismlaridan nusxa olish va qo‘yish



Download 1,53 Mb.
bet8/119
Sana26.01.2023
Hajmi1,53 Mb.
#903278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. 2-qism (T.Maxarov) (1) (1)

Matn qismlaridan nusxa olish va qo‘yish


Faraz qilaylik, matn qismini hujjatning ekranda ko‘rinmaydigan qismiga qo‘yish kerak. Bunday hollarda matn avval almashuv buferiga ko‘chiriladi, so‘ngra matn surilib, kerakli joy ekranga chiqariladi va matn buferdan qo‘yiladi.
Almashuv buferi – xotiraning bir qismi bo‘lib, axborotlarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi. Matnni almashuv buferiga olish uchun avval ajratiladi. Стандартная (Standard) anjomlar panelida Копировать в бефер (Copy) tugmasi bosiladi. Bunda matnda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, ammo ajratilgan matn nusxasi almashuv buferiga joylashadi. Buferdagi nusxani qo‘yish uchun kursor kerakli joyga qo‘yiladi va Стандартная (Standard) anjomlar panelida Вставить из бефера
(Paste) tugmasi bosiladi. Microsoft Word olingan nusxani kursor turgan
joydan boshlab qo‘yadi. Zarurat tug‘ilganda uni tahrirlash mumkin. Matn qismini ko‘chirish uchun u ajratiladi va Стандартная (Standard) anjomlar panelida Удалить в бефер (Cut) tugmasi bosiladi. Natijada ajratilgan matn qirqib olinadi va matn hujjatda qayta taqsimlanadi. Surish orqali kursor matn qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyga olib kelinadi va Стандартная (Standard) anjomlar panelida Вставить из бефера (Paste) tugmasi bosiladi. Matn kursor turgan joydan boshlab qo‘yiladi. Hujjatning matn qo‘yilgan joydan boshlab quyi qismi qayta taqsimlanadi.


      1. Matnni tekshirish va orfografik xatoliklarni to‘g‘irlash


Orfografik (Орфографик) xatoliklarni tekshrish uchin maxsus funksiya mavjud bo‘lib, maxsus tugma yoki Орфография (Правописание (Spelling)) buyrug‘i orqali yoqiladi. Tekshiruv kursor turgan joydan boshlanadi va hujjat oxirida tugallanadi. Microsoft Word har bir so‘zni standart lug‘at bo‘yicha tekshiradi. Ayrim so‘zlar to‘g‘ri yozilgan, ammo lug‘atda bo‘lmasligi mumkin. Орфография (Spelling) muloqot oynasida faqat noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar tasvirlanadi, hujjatda uni ajratadi. U
16
haqiqatan ham noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, taklif qilingan ro‘yxatdan to‘g‘ri variantni tanlash yoki o‘zingiz to‘g‘irlashingiz mumkin.
Hujjatni boshidan tekshirish uchun kursor hujjat boshiga qo‘yiladi va Стандартная (Standard) anjomlar panelida Орфография (Spelling) tugmasi bosiladi. Agar noto‘g‘ri yozilgan so‘z lug‘atda bo‘lmasa, u holda Варианты (Suggestion) oynasi bo‘sh bo‘ladi (I.3.2-rasm). Bunday hollarda Пропустить (Ignore) tugmasi bosiladi va tekshirish davom ettiriladi. Agar ro‘yxatda to‘g‘ri variant mavjud bo‘lsa, u ajratiladi va Заменить (Change) tugmasi bosiladi. Agar ikkita bir xil so‘z ketma – ket uchrasa, birinchi maydon nomi Повтор слов (Repeated Word) ga almashadi. Bunday hollarda Удалить (Delete) tugmasi bosilib, ortiqcha so‘z o‘chiriladi. Tekshirish tugallangandan so‘ng OK tugmasi bosiladi.
I.3.2-rasm. Orfografiyani tekshirish
Mavjud xatolikni mustaqil to‘g‘irlash uchun Нет в словаре (Not In Dictionaty) maydoni tanlanadi va matn Заменить на (Change To) maydoniga kiritiladi. Bunday xatoliklar tez-tez uchrab tursa, Автозамена (AutoCorrect) tugmasi bosiladi. Keyingi navbatda bunday xatolik uchrasa, Microsoft Word uni avtomatik ravishda to‘g‘irlaydi.
Matnning biror qismi ajratilib, Орфография (Spelling) tugmasi bosilsa, Microsoft Word faqat ajratilgan qism orfografiyasini tekshiradi. Tekshiruv tugallangandan so‘ng, tekshiruvni davom ettirish to‘g‘risida so‘rov chiqariladi. Tekshiruvni tugallash uchun Нет (No) tugmasi bosiladi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish