Matnni formatlash
Matnning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirganda, masalan shrift o‘zgartirilganda, sahifa markaziga nisbatan simmetrik joylaganda matn formatlanadi. Formatlash jarayonida avval matn kerakli qismini ajratish va so‘ngra formatlash amalini bajarish zarur. Shriftni yarim qalin, kursiv
12
(og‘ma), chizib yozishni Форматирование anjomlar paneli tugmalari yordamida berish mumkin (I.2.4-rasm).
I.2.4-rasm. Форматирование anjomlar paneli
Bir yoki bir necha so‘z uchun bir necha formatlash stilini qo‘llash uchun mos tugmalar ketma–ket bosiladi. Agar ekranda Форматирование (Formating) anjomlar paneli ko‘rinmasa, formatlash oson bo‘lishi uchun quyidagi amallar bajariladi:
Menyuning Вид (View) bo‘limida Панели инструментов (Toolbars) buyrug‘i tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasida Форматирование (Formating) qatori faollashtiriladi. Muloqot oynasini yopish uchun ОК tugmasi bosiladi.
Har bir abzasning chap tomonida ajratish yo‘lakchasi mavjud. Uning yordamida bir yoki bir necha satrni tezda ajratish mumkin. Bunday ajratishni bajarish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi satrning chap tomoniga olib kelinadi. U o‘ngga yo‘naltirilgan strelka ko‘rinishini oladi. Sichqonchaning chap tugmasi bosib turilgan holda kerakli satrlar ajratiladi. Hujjatning ixtiyoriy joyida sichqoncha tugmasi bosib, ajratishni bekor qilish mumkin.
Microsoft Word matnni jihozlash uchun turli shrift va o‘lchamlarni tanlash imkonini beradi. Tanlash Форматирование (Formating) anjomlar panelida Шрифт (Font) va Размер шрифта (Font Size) maydonlari orqali bajariladi. Matnning qismini ajratib olgan holda shriftni va uning o‘lchamlarini o‘zgartirishimiz mumkin (I.2.5-rasm).
I.2.5-rasm. Shriftni tanlash
Shrift va uning o‘lchamlarini tanlash uchun mos maydonning o‘ng tomonida joylashgan uchburchakli tugma () bosiladi. Kerakli shrift
13
(o‘lcham) tanlanib, sichqoncha tugmasi bosiladi. Poligrafiyada shrift o‘lchami birligi sifatida punkt qo‘llaniladi.
Dyumda 72 punkt mavjud. Mos ravishda yarim dyum 36 punktni tashkil qiladi, chorak dyum esa 18 punkt. Agar turli amallar bilan hujjatning ma’lum bir qismi formatlangan bo‘lsa, shu formatni matnning boshqa qismlariga uni qo‘llab, vaqtdan yutish mumkin. Buning ychun Копировать формат (Format Painter) tugmasi qo‘llaniladi. Unda sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish formatni ko‘p marotaba ko‘chirish, bir marta bosish esa, nusxa olish imkonini beradi.
Hujjatga joriy vaqtni qo‘yish uchun Вставка (Insert) menyusida Дата и время (Date and Time) buyrug‘i tanlanadi. Natijada Дата и время (Date and Time) muloqot oynasi ochiladi (I.2.6-rasm). Форматы (Available Formats) ro‘yxatida kerakli ko‘rinish tanlanadi va ОК tugmasi bosiladi.
Joriy vaqt kursor turgan joyda hosil bo‘ladi.
I.2.6-rasm. Joriy vaqt va kunni qo‘yish
Do'stlaringiz bilan baham: |