Sonata shaklining tuzilishi. О‘zining tо‘liq kо‘rinishida sonata shakli uchta asosiy bо‘lim: ekspozitsiya, о‘rtaliq (rivojlov) va reprizadan iborat. Ba’zida undan oldin kirish (muqaddima) kelishi, koda bilan tugashi mumkin.
Klassik sonata shakli ekspozitsiyasi, odatda, takrorlanadi.
Bundan tashqari, ba’zida rivojlov repriza bilan birga takrorlanadi (Gaydn va Motsart asarlarida).
Betxoven asarlarida ekspozitsiya hamma vaqt ham takrorlanmaydi, rivojlovning repriza bilan birga takrori esa istisno tariqasidagina uchraydi (№ 6, 23 sonatalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |