Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari



Download 170,83 Kb.
bet85/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

2.Tonallik nisbatlari. Klassik oliy rondoda, refren xuddi oddiy rondodagi kabi barcha takrorlarda asosiy tonallikda bayon qilinadi. Ekspozitsiyadagi birinchi lavha, odatda, dominanta tonalligida, rondoning asosiy tonalligi minor bо‘lganda esa parallel majorda bayon qilinadi.
Minor rondo juda kam uchraydi.
О‘rta lavha (S) kо‘proq subdominanta tonalligida yoki parallel minor tonalligida bayon etiladi.
3.Rondodagi sonatalilik. Rondo-sonata uchun xarakterli bо‘lgan ekspozitsiyada avtentik va paral­lel-major tonallik nisbatlari va ularning birinchi lavha reprizasida asosiy tonallikka qaytishi xususiyatlari klassik sonata shakli ta’sirida shakllangan. Biroq о‘z-о‘zicha ular hali «sonatalilik»ning zaruriy, jiddiy belgisi sanalmaydi.
«Sonatalilik» rivojlantirish jarayonining о‘zida namoyon bо‘ladi va shunda ifodalanadiki, ekspozitsiyada qо‘shimcha partiya oraliq bо‘g‘in sifatida ishtirok etmay, balki asosiysiga qarma-qarshi qо‘yiladi va undan ustuvorlik qiladi, muvozanatning u yoki bu darajada keskin buzilishini keltirib chiqaradi.
Bunda birinchi lavhaning (V) hajmi ortishi, uning partiya о‘lchamlariga qadar kattalashishi asosiy rol о‘ynaydi. Bunga, shuningdek, bog‘lovchi qism vositasida lavhani tayyorlash ham xizmat qiladi.
Shunday qilib, rondo-sonata shaklini rondali strukturaning sonata rivojlanishning о‘ziga xos tamoyili bilan birikishi sifatida tushunish lozim.
4.Refren tuzilishi. Butun shaklning birinchi yirik bо‘limi ekspozitsiya deb ataladi. Butun asar xarakterini belgilaydigan asosiy partiya rondo mavzulariga xos bо‘lgan qirralarni saqlab qoladi. U turli shakllarda, ba’zida bir qismli, davriya kо‘rinishida bayon qilinadi (Betxovenning 7, 8, 9, 11, 15- sonatalari finalida). Ikki qismli shakldagi mavzu ham uchrab turadi (Betxovenning 12, 13- sonatalari finalida). Kо‘pincha mavzu uch qismli shaklga ham ega bо‘la oladi,bu bilan u asosiy bо‘limi refreniga alohida bosiqlik baxsh etadi, sonata shakli uchun esa bu umuman xos emas (a + о‘tish + a; Betxovena 2, 4- sonatalari finalida); biroq ba’zida yanada mustaqil va kengaytirilgan shaklda bо‘lishi mumkin (Betxovenning 27- sonatasi finalida).
Rondo-sonata uchun bog‘lovchi partiya bilan birinchi lavhani tayyorlash xarakterli sanaladi. Uning (bog‘lovchi partiyaning) vazifasi – yangi mavzuga modulyatsion о‘tishni yaratish. Ba’zida bog‘lovchi partiya juda qisqa bog‘lovchi-о‘tish tarzida beriladi (Betxovenning 12-sonatasi finalida). Kо‘pincha bog‘lovchi partiya mavjud bо‘lmaydi va ikkinchi lavha refrennning asosiy qismi bilan bevosita taqqoslanadi (Betxovenning 11- sonatasi finalida).

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish