Sonata shakli turlari. Sonata shakli tо‘liq va tо‘liqsiz bо‘lishi mumkin.
О‘rtaliq qanday kо‘rinishda ekanligiga kо‘ra tо‘liq sonata shaklining uchta xili farqlanadi:
1) о‘rtaliqda rivojlovli sonata (R);
2) о‘rtaliqda yangi materialli sonata (S) (Betxoven. Sonata № 1, final; sonata № 7, Largo e mesto; sonata № 9, I q.).
3) о‘rtaliqda bosh yoki yordamchi partiya materialidagi reprizaga о‘tish bilan keladigan sonata(Betxoven. Sonata № 5, final; sonata № 30, II q.).
Tо‘liqsiz sonata shaklida о‘rtaliq qismi mavjud emas, demak, u faqat ikkita asosiy bо‘lim: ekspozitsiya va reprizadan iborat.
Tо‘liqsiz sonata о‘z shaklining strukturasiga kо‘ra о‘xshash, ammo kompozitsion tamoyillariga kо‘ra jiddiy farq qiladigan ikki kо‘rinishda bо‘lishi mumkin:
1) eski sonata shakli;
2) qisqartirilgan sonata shakli.
Eski sonata shakli hali mustahkamlanib ulgurmagan sonata shakli qirralariga ega. Uning tonallik nisbatlari ikkinchi qism asosiy tonallikda boshlanmasligi bilan xarakterlanadi:
T — D || D — T
Qisqartirilgan sonata shakli eskisidan tо‘liq sonata shakliga о‘xshashligi bilan ajralib turadi: unda xuddi tо‘liq sonatadagi kabi xuddi о‘sha tipik tonallik nisbatlaridagi ekspozitsiya va repriza mavjud:
T — D || T — T
Ekspozitsiya oxirida kо‘pincha reprizaga katta bо‘lmagan о‘tish hosil bо‘ladi (Betxoven. Sonata № 17, q. II). Boshqa hollarda esa о‘tish modulyatsiyalovchi birgina akkord bilan amalga oshirilishi mumkin (Betxoven. Sonata № 5 II q.).
Tamomila mustahkamlanib ulgurgan sonata shaklining qisqargan varianti (rivojlovsiz) ilk marta Motsart tomonidan qо‘llangan.
U kо‘proq sonata-simfonik sikllarning ohista qismida qо‘llanadi, shuningdek, tez sur’atli bir qismli asarlarda, jumladan, opera uvertyuralarda uchraydi (Motsart. «Figaroning uylanishi», Uvertyura).
4. Ekspozitsiyada tonallik munosabatlari. Bosh va yordamchi partiyalarning tipik tonallik nisbati quyidagicha: majorda T — D, minorda t-III. Biroq Betxoven asarlarining о‘zidayoq tonallikning boshqacha nisbatlarini kо‘rish mumkin: majorda— uzoq tersiyali (С — E, 21- sonatada); minorda — pastki medianta nisbati (с — As, 32-sonatada), minor, kamroq major dominantasi (d— a, № 17 sonatada; a — E, «Kreyser sonata»da). Kompozitor asarlarida sekundali nisbat ham о‘rin tutadi (d — S, 9-simfoniya skersosi).
5. Bosh partiY. Bosh partiya harakatchan , dramatik xarakteri bilan ajralib turadi. Uning uchun ichki beqarorlik, keskinlik, keyingi rivojlantirish uchun katta salohiyat xarakterlidir. Shakldagi о‘z roliga kо‘ra, u asosiy fikr bо‘lib, keyingi rivojlantirish natijasida keng va kо‘p tomonlama ochib beriladi.
Bosh partiya bir turli yoki kontrastli bо‘lishi mumkin. Shakliga kо‘ra, u davriya, oddiy ikki yo uch qismli shakldan iborat. Ayrim hollarda u asosiy tonallikdagi tо‘liq kadensiya bilan tugaydi, buning natijasida u yopiq sanaladi.
Boshqa hollarda asosiy qism yarim avtentik yoki bostirib kiradigan kadensiya bilan tugaydi, natijasida ochiq bо‘ladi. Betxoven davridan boshlab, ikkinchi turi kо‘p tarqalgan. Romantik - kompozitorlar va rus klassiklari, ayniqsa Chaykovskiy asarlarida ekspozitsiyada mavzuning keng rivojlanishi tufayli bosh partiya kо‘pincha uch qismli shaklda bо‘lib, ba’zan juda kengaytirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |