Ekspozitsiyaning tarkibiy qismlari: bosh partiya (asosiy mavzu), bog‘lovchi partiya, yordamchi partiya (ikkinchi mavzu), yakunlovchi partiY.
Ekspozitsiyada bu mavzular о‘zining dastlabki kо‘rinishida bayon qilinadi: bosh partiya asosiy tonallikda, yordamchi partiyada, albatta, boshqa tonallikda (majorda - dominanta tonalligida, minorda parallel tonallikda).
О‘rtaliqda (rivojlovda) ekspozitsiyaning mavzu materiali odatda rivojlantiriladi, ba’zan о‘ta murakkab rivojlantiriladi. Reprizada yana bu barcha mavzular asosiy tonallikda о‘tkaziladi.
Reprizada mavzu materiali rivojlanishi, ekspozitsiya bilan qiyoslaganda, hamma vaqt u yoki bu darajada о‘zgaradi, umuman shaklning tiklanishida yangi bosqich hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |