Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari



Download 170,83 Kb.
bet104/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

«Rozilik duetida» ikkala qahramon biror hodisaga bir xilda reaksiya qiladi, bu ularning xarakteriga kо‘ra о‘xshash kuy – fikrlarida о‘z ifodasini topadi.
«Kelishmovchilik duetida» qahramonlar aynan bir hodisaga turlicha munosabat bildiradi. Bu ularning vokal yо‘llari turlicha bо‘lgan kuy qiyofasida о‘z ifodasini topadi. Bunday duetda rivojlanish mustaqil kontrast kuylarning navbatma-navbat almashinuvi va bir-biriga о‘tishuviga asoslanadi.
Nisbatan murakkab ansambllar (trio, kvartet, kvintet) hamma qatnashchilar uchun umumiy bо‘lgan mavzu materialiga yoki har biri qahramonlardan birini tavsiflashga qaratilgan kontrastli qarama-qarshi qо‘yilgan kuylarni rivojlantirilishiga asoslanishi mumkin.
Operada xor hamma vaqt ommaviy sahnalar bilan bog‘liq (istisno – Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasidan «О‘lik bosh» xori).
Ba’zida xor mazkur hodisaga bir xildagi munosabat bilan birlashgan kishilar guruhiga xarakteristika beradi . Bu xalq ommasi, shaharliklar tо‘dasi, harbiylar guruhi va sh.k. bо‘lishi mumkin.
Xor nomerlarining musiqiy mavzular materiali kо‘pincha maishiy janrlar bilan bog‘liq.
Qо‘shiq – ommaviy musiqaning eng kо‘p tarqalgan shakli kо‘rinishidagi xorlar ,ayniqsa, keng tarqalgan.
Operada orkestr nafaqat rang-barang jо‘rlik vazifasini bajaradi, balki ayrim vaziyatlarda yagona ifoda ibtidosiga aylanadi. Orkestr nomerlariga uver­tyura va musiqiy antraktlar kiradi.
Kо‘plab operalarda orkestr butun asar davomida birinchi darajali rol о‘ynaydigan musiqiy dramaturgiyaning yetakchisiga aylanib qoladi.
Uvertyura  – (fransuzcha ouverture, lot. apertura – ochilish, boshlanish, ibtido) opera, oratoriya, balet, drama oldidan keladigan orkestr pyesasi, shuningdek, sonata shaklidagi mustaqil orkestr asari.
Uvertyura mavzu jihatidan opera musiqasi bilan bog‘lanmasligi mumkin. Bu holda uvertyura kayfiyati opera xarakteriga mos keladi. Kо‘plab operalarda uvertyura, introduksiya va muqaddimalar spektaklning asosiy musiqiy mavzulariga tuziladi.
Opera uvertyuralarida sonata shakli, rivojlovsiz sonata shakli, qisqartirilgan reprizali sonata shakli kо‘p tarqalgan. Sо‘nggi holda repriza о‘rnida koda paydo bо‘ladi.
Introduksiya va muqaddimalar tipidagi orkestr pyesalari kо‘pincha kichik hajmi bilan ajralib turadi, biroq anchagina uzoq davom etilishi ham mumkin. Opera introduksiya va muqaddimalari uchun kо‘pincha uch qismli shakl tanlanadi.
Orkestr antraktlari – (tanaffuslari) operalarda keyingi parda (akt)harakatlarini tayyorlaydi. Ba’zan antraktlar keyingi harakatning asosiy hodisasiga mos kayfiyat yaratadi. Akt ichidagi orkestr lavhalari harakat (о‘rmon, dengiz sohili)yoki biror hodisa sharoitini (suv toshqini, jang, yong‘in) tasvirlab berganida, ular haqida ham shuni aytish mumkin. Ba’zan akt ichidagi cholg‘u nomeri uning xarakterini belgilaydigan nom (marsh, polonez) bilan ataladi.
Kо‘rinadiki, kо‘p hollarda operadagi mustaqil orkestr lavhalari dasturiy musiqa sohasiga kiradi.
3. Oratoriya – solo ovozlari, xor va orkestr (organ) uchun musiqiy-dramatik asar bо‘lib, operdan farqli о‘laroq konsert sharoitida yoki cherkovda ijro etishga mо‘ljallangandir (italyancha oratorio va kechki lotincha Oratorium – ibodat xonasi, lotincha oro - gapiraman, yolvoraman).
Oratoriya kо‘plab qirralari (asar ichida tugal nomerlar: uvertyura, ariya, duet, xorlarning mavjudligi) bilan operaga о‘xshash, ammo sahna emas, konsert ijrosi uchun mо‘ljallangan.
Oratoriya taxminan opera bilan bir vaqtda yuzaga kelgan va cherkov musiqasini dramalashtirish natijasi sanaladi. О‘tgan asrlarda kо‘plab oratoriyalar uchun syujet asosi sifatida injil kitobidan ilohiy matnlar, diniy afsonalar tanlangan.
Xristos (Iso payg‘ambar) azoblarini tasvirlaydigan oratoriyalar Iztiroblar” (Passionlar) deb ataladi. Oratoriyani tashkil etadigan qism shakllari xudi opera shaklidagi kabi rang-barang bо‘ladi.
Zamonaviy musiqada oratoriya janri ancha erkin talqin qilinadi. Biroq oratoriyaning majburiy belgilari – mavzuning ijtimoiy ahamiyatliligi, asar hajmining monumentalligi, xorning asosiy ifodaviy ibtido sifatidagi ishtiroki – saqlanib qoldi.
4.Kantata (italyancha cantare – kuylamoq sо‘zidan) kо‘p qismli tantanavor yoki hikoyali-epik xarakterdagi vokal-cholg‘u asari. Kantata oratoriyadan kichik hajm bilan farq qiladi. Kantatada syujetning dramatik ishlovi mavjud emas. Mazmuniga kо‘ra cherkov va dunyoviy kantatalar farqlanadi. Cherkov kantatalari ibodat chog‘ida ijro etiladi. Dunyoviy kantatalar konsert ijrosi uchun mо‘ljallangan.
Kantatalar bir-biridan ajratilgan yoki uzluksiz ketma-ketlikda keladigan bir necha qismdan iborat.

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish