Iii mavzu: Umumiy ko`paytiruvchini qavisdan tashqariga chiqarish



Download 35 Kb.
Sana31.01.2022
Hajmi35 Kb.
#420186
Bog'liq
7-sinf matem ishlan


I Sana:____________

II Sinf: 7


III Mavzu: Umumiy ko`paytiruvchini qavisdan tashqariga chiqarish


IV Dars tipi Yangi bilim berish va mustaxkamlash.


V Dars uslubi: Amali ish, savol-javob, umumidan xususiyga va aksincha.


VI Dars uchun jixozlar: “Matematika darsligi” {7-sinf}, o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar, turli jurnal va qiziqarli matematik jurnallar, o’yinlar, tarqatma kartichkalar.
VII Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy.
a} Ko`pxadni ikkita yoki bir nechta ko`phadlar ko`paytmasi shaklida ifodalash .
b} Qavs ichida berilgan ko’pxadni shu umumiy ko`paytiruvchiga bo`lish.
d} Umuman, sonlarga bo’lishning og’zaki yozma usullarini ajrata olish, taxlil qila olish.
2. Tarbiyaviy.
a} Turli xil arifmetik amallar asosida ayniqsa qavisdan tashqariga chiqarish amali ishtirokidagi mantiqiy masalalar, misollar vazifasida bolani tabiat, jamiat xayotidagi turli miqdoriy munosabatlarda mustaqillikka, ijodiy fikirlashga, mantiqiy tafakkurlashga o’rgatish, tarbiyalash.
3. Amaliy yoki rivojlantiruvchi.
Bolalarni bilim saviasini oshirish dunyo qarashini kengaytirish, og’zaki nutqini rivojlantirish fanga qiziqishini oshirish kasbga yo’llash.
VIII Sinf taxtasida ishlash.
Sinif taxtasida darsgacha yozib qo’yilgan zarur materiallar-muddat, mavzu, Umumiy ko`paytiruvchini qavisdan tashqariga chiqarish,
IX dars rejasi.

  1. Tashkiliy qisim-1

  2. O’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish, xulosalar-5

  3. Yangi mavzu bayoni-20

  4. O’quvchilarni mustaqil ishlari-12

  5. Yangi mavzu bo’yich takrorlash, umumlashtirish, xulosalash-5

  6. Uyga vazifa-2

X Darsning borishi.
Aytaylik a2-b2 ifodaning qiymatini a=573 va b=427 bo`lganda topish talab qilinayotgan bo`lsin.
Agar sonni qiymatlarini qo`yib hisoblashlarini bajarilsa u holatda 573 va 227 sonlarini kvadratga ko`tarishga,so`ngra esa ayirishni bajarishga to`g`ri keladi.
Agar a2-b2 ifodani unga teng bo`lgan (a+b) (a-b) ifoda bilan almashtirilsa hisoblashni ancha soda yo`l bilan olib boorish mumkun.
A=573 va b=227 bo`lganda:
a2-b2=(a+b)(a-b)=(573+427)(573-427)=1000*146=146 000 hisoblashlashlarning soddalashtirish uchun a2-b2 ko`phad (a+b)(a-b) ko`paytma bilan almashtiriladi.
Ko`phadni ikkita yoki bir nechta ko`phadlarga ko`paytmasi shaklida ifodalash ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratish (yoyish) deyiladi.
Bunga o`xshash almashtirish bilan natural sonni ko`paytuvchilarga yoyishda (ajiratiladi) duch kelgan edi.Masalan,murakkab son 60ni tub sonlarni ushbu ko`paytmasi shaklida ifodalash mumkun.
60=2*2*3*5=2*3*5.
Sonlarni ko`paytuvchilarga ajiratishda kasirlarni qisqartirishda ularni umumiy mahrajga keltirishda va boshqa sonlarni yechishda foydaliniladi.Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajiratish algebraik ifodalar ustida amallar bajarishda ham keng qo`llaniladi.
1-masala ab+ac-ad ifodaning a=43,b=26,c=17,d=
=23 bo`lganda son qiymatini toping.
Hisoblashlarni quyidagicha olib boramiz:
43*26+43*17-43*23 =43*(26+17-23)=43*20=860.
Bu yerda ko`paytirishning taqsimot qonuni qo`llanilgan:
ab+ac-ad=a(b+c-d).
43*26+43*17-43*23 sonli ifoda umumiy ko`paytuvchi 43soni bo`ladi; ab+ac-ad Algebraik ifoda esa umumiy ko`paytuvchi a bo`ladi.
Agar ko`phadni barcha (son va harfiy) hadlari umumiy ko`paytuvchiga ega bo`lsa,u holda shu ko`paytuvchini qavisdan tashqariga chiqarish mumkin.
Qavis ichida berilgan ko`phadni shu umumiy kopaytuvchiga bo`lish natijasida hosil qilgan ko`phad qoladi.
2-masala Ushbu ko`phadni ko`paytuvchilarga ajirating:
6ab+3b-12bc.
Berilgan ko`phadlarning barcha hadlari 3b umumiy ko`paytuvchilarga ega chunki 6ab=3b*2a,3b=3b*1,-12bc=3b*(-4c).
Demak,6ab+3b-12bc=3b(2a+1-4c).
Ko`phadning umumiy hadini masala mazmuniga qarab qavsdan tashqariga <<+>>ishorasi bilan ham,
<<->>ishorasi bilan ham chiqarish mumkun misollar keltiramiz:

  1. ab-b=b (a-1)=-b(1-a);

  2. 4a2b3-6a3b2=2a2b2(2b-3a)yoki

4a2b3-6a3b2=-2a2b2(-2b+3a)=-2a2b2 (3a-2b)
Shunday qilib ko`phadni umumiy ko`paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarishi yo`li bilan ko`paytuvchiga ajratish uchun:
1)Shu umumiy ko`paytuvhini topish.
2)Uni qavsdan tashqariga chiqarish kerak.
Agar ko`phad hadlarning koifitsiyentlari natural sonlar bo`lsa,u holdda umumiy ko`paytuvchini topish uchun ko`phad hadlari koifetsiyentlarining eng katta umumiy bo`luvchisini topish,bir hilasosli darajalar orasidan esa eng kichik ko`rsatkichli darajani topish lozimligini takidlab o`tamiz. Masalan, 28x2b321x3b2 ko`phadni ko`paytuvchilarga ajratib , quyidagini hosil qilamiz.
7x2b2(4b-3x).
Bu yerda 7soni 28va21sonlarining engkatta bo`luvchisi,x2 va b2 esa x va beng kichik ko`rsatkichlidarajalaridir.
Ko`phadni ko`paytuvchilarga ajralganliginingto`g`riligini hosil bo`lgan ko`phadlarni ko`paytirish yo`li bilan tekshirish mumkun. Masalan , ko`paytirishni bajarib hosil qilamiz.
7x2b2(4b-3x)=28x2b2-21x3b2.
Umumiy ko`paytuvchi ko`phad bolishi ham mumkun.
Dars so`ngida darsda favol qatnashgan bolalarni baxolayman baxdolarini izoxlab beraman.

  1. Uyga vazifa berish

  2. Uyga vazifa 267-masala

Bo`sh o`zlashtiruchi o`qivchilar bilan olib boriladigan qo`shimcha mashg`ulotlar.
Bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilarni darsdan keyin olib qolib ular bilan alohida ish olib boraman darsda tushunmagan joylarini qiynalgan misol va masalalarini izoxlab beraman.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish