3.1. Quduq burg‘ilash jarayonining sxemasi va mohiyati 3.2. Quduq burg‘ilashning zamonaviy usullari va tasnifi 3.3. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash tarixi 3.4. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining asosiy parametrlarini asoslash
REJA
Tayanch iboralar: burg‘ilash, gidravlik, pnevmatik, mexanik, murakkab, mexanik, issiqlik, fizik va kimyoviy, elektr.
QUDUQ BURG‘ILASH JARAYONINING SXEMASI VA MOHIYATI Foydali qazilmalarni qidiruv chuqurligi iqtisodiy maqsadga muvofiq aniqlanadi. Quduqlar haqida kо‘proq ma’lumotga ega bо‘lish uchun Rossiya Federatsiyasida 15 km chuqurlikka ega bо‘lgan (Kolskiy ST-3) qudug‘i burg‘ilangan. Burg‘ilash quduqning asosiy elementlari quyidagicha bо‘lib, 3.1-rasmda keltirilgan. 3.1-rasm.Quduqning umumiy sxemasi: 1- quduq usti; 2-quduq devori; 3-mustahkamlash tizmasi; 4-quduqning о‘qi; 5–quvur bilan mustahkamlanmagan quduqning stvoli; 6- halqa tubi; 7-kern; 8-yaxlit quduq tubi; 9- quduq devorlari. D1, D2, D3-quduq oraliqlari diametri; d1t, d1i, d2t, d2i – mustahkamlovchi quvur larning tashqi (t) va ichki (i) diametri; dk-kern diametri; L1, L2 – quduqning mustahkamlash intervali chuqurligi; L3-quduqning umumiy chuqurligi D1, D2, D3-quduq oraliqlari diametri; d1t, d1i, d2t, d2i – mustahkamlovchi quvur larning tashqi (t) va ichki (i) diametri; dk-kern diametri; L1, L2 – quduqning mustahkamlash intervali chuqurligi; L3-quduqning umumiy chuqurligi Quduqlar yer yuzasida, yer osti tog‘li qazilmalarida, yer yuzasidagi suv havzalarida (daryo, kо‘l, dengiz va okean) va akvatoriyaning tubida burg‘ilanadi. Quduqlarni burg‘ilash yо‘nalishi bо‘yicha tik-2, qiya-1, gorizontal-3, yarim tik-5, murakkab-4 turlarda burg‘ilanadi. Quduqlar yer yuzasida, yer osti tog‘li qazilmalarida, yer yuzasidagi suv havzalarida (daryo, kо‘l, dengiz va okean) va akvatoriyaning tubida burg‘ilanadi. Quduqlarni burg‘ilash yо‘nalishi bо‘yicha tik-2, qiya-1, gorizontal-3, yarim tik-5, murakkab-4 turlarda burg‘ilanadi. 3.2-rasm. Quduqlarning joylashuv holatlari va burg’ilash usullari: - 3.2-rasm. Quduqlarning joylashuv holatlari va burg’ilash usullari:
- 1-qiya yo’naltirilgan quduq; 2-tik quduq; 3-gorizantal quduq; 4-yon derazani va ikkinchi stvolni burg’ilab qirqish; 5-ko’p to’pli burg’ilash.
«Burg‘ilash» va «quduq inshoot» tushunchalari mavjuddir. Burg‘ilash jarayonida kompleks jarayonlar amalga oshirilishi natijasida quduq paydo bо‘ladi. - «Burg‘ilash» va «quduq inshoot» tushunchalari mavjuddir. Burg‘ilash jarayonida kompleks jarayonlar amalga oshirilishi natijasida quduq paydo bо‘ladi.
- Tog‘ jinslari quduq tubida parchalanadi.
- Parchalangan jinslar quduq tubidan yer yuzasiga olib chiqiladi.
- Quduq devoridagi turg‘unsiz jinslar mustahkamlanadi
Jinslar mexanik, elektrik, issiqlik, portlatish, kimyoviy va boshqa usullar bilan parchalanadi. Hozirgi paytda tog‘ jinslari mexanik usulda har xil jins parchalovchi uskunalar yordamida parchalanadi. Jinslarni statik va dinamik kuchlar ta’sirida parchalaydi, ezadi, yumshatadi va hokazo.
Jinslarning parchalangan bо‘lakchalari quyidagi usullarda:
gidravlik –jins zarrachalari eritma (suv, gilli aralashma, maxsus yuvish eritmalari, polimerlar) oqimi bilan yuviladi;
pnevmatik – parchalangan tog‘ jinslar siqilgan havo yoki gazlar yordamida tozalanadi;
mexanik – burg‘ilash yoki maxsus uskunalar (burg‘ilash stakani, qoshiq yoki bо‘rama bо‘r, shnek yordamida tozalanadi;
murakkab – ya’ni burg‘ilashda aralash usullar qо‘llanishi mumkin
QUDUQ BURG‘ILASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA TASNIFI
Tog‘ jinslari mexanik, issiqlik, fizik va kimyoviy, elektr va boshqa usullarda parchalanadi. Sanoatda kо‘p qо‘llaniladigan usullardan biri mexanik usuldir. Mexanik usul jinsni parchalashda ta’sir usuliga bog‘liq bо‘lib, aylantirish, zarbali va zarbali–aylantirishga bо‘linadi Tog‘ jinslari mexanik, issiqlik, fizik va kimyoviy, elektr va boshqa usullarda parchalanadi. Sanoatda kо‘p qо‘llaniladigan usullardan biri mexanik usuldir. Mexanik usul jinsni parchalashda ta’sir usuliga bog‘liq bо‘lib, aylantirish, zarbali va zarbali–aylantirishga bо‘linadi
Birinchi usul, ya’ni namunasiz – ishlatish va texnik quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladi. Ikkinchi usul tuzilmali deb ataladi va u asosan foydali qazilmalarni izlash va qidiruv paytida qо‘llaniladi.
a) Zarbali burg‘ilash.
Hamma turdagi zarbali burg‘ilashlardan faqatgina hozirgi paytda zarbali–arqonli burg‘ilash qо‘llaniladi. Burg‘ilash jihozi-burg‘idan tashkil topgan bо‘ladi, zarbali shtanga, harakatlanuvchi shtanga-qaychi va qulflar arqon yordamida quduqqa tushiriladi. Tushirish tezligi tormoz bilan rostlanadi, tebranishni pasaytirish uchun amortizator о‘rnatiladi.
b) Aylantirib burg‘ilash usuli
Quduqlar aylantirish usulida burg‘ilanganda bir vaqtning о‘zida burg‘iga yuklanma va aylantirish momentlari ta’sir etadi
3.3- rasm. a) ikki tavrli, b) tishli, d) zubilo
1-parrak; 2-bо‘yin; 3-rezbali boshcha; 4-lezva; 5-rezba.
Quduq ustunini har 10 metrga 1-2°, 4-5° va 5-6° gacha og‘dirish mumkin. Egri og‘dirgich R-1 ikkitalik og‘dirgichlar birlashtiruvchi rezbalari yordamida biriktiriladi. Bunda egri og‘dirgich OBQ bо‘lakchasini birlashtiruvchi rezbaning о‘qi bitta tekislikka nisbatan ham va uning о‘qiga nisbatan ham qiyshiq holatda bir yо‘nalishda joylashtiriladi. Quvur о‘qi va pastki biriktiruvchi quvurning о‘qi bilan 2°-3° burchak hosil qiladi. Quvur о‘qi va yuqori biriktiruvchi rezbaning о‘zaro tashkil etgan burchaklari 2-2,5° bо‘ladi. Bu og‘dirgichning uzunligi esa 4-8 metrni tashkil etadi
Xulosa
Quduqlarning burg‘ilash jarayonini mohiyati va parchalangan tog‘ jinslarini yer ustiga olib chiqish ketma-ketligi, burg‘ilash usullarining turlari, gorzontal quduqlarni burg‘ilash tarixi keltirilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!!! E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |