v) Shaxsiy profilaktika choralari:
Jinsiy partnyorlar sonini kamaytirish
Jinsiy aloqada prezervativlardan foydalanish
Gonoreyani vaqtida aniqlab, barvaqt davolash.
8. Gepatit B. Jigar kasalligining jiddiy turi hisoblanib, qon orqali, jinsiy Yo’l orqali yuqadi. Dunyo bo’yicha 300mln.ga yaqin odamlar virus tashuvchilar bo’lib hisoblanadi. Gepatit V bilan kasallangan bemorlarda teri rangi va ko’z shilliq pardalari sariq tusga kiradi, jigar sohasida og’riq, siydik va najas rangining o’zgarishi, umumiy holatning yomonlashuvi kuzatiladi. Ba'zi hollarda kasallik hech qanday belgilarsiz o’tadi. Eng yomon asorati - jigarning birlamchi raki hisoblanadi, bu esa yer sharining ba'zi xududlarida, erkaklar orasida eng ko’p tarqalgan havfli o’smalar qatoriga kiradi.
a) Davolash.
Etiotrop davosi yo’q.
Asosan parhez va to’g’ri kun tartibi bilan davolanadi.
b) To’g’ri ovqatlanish.
Parhez kaloriyali va to’lala qonli bo’lib, ratsiondan qovurilgan, tuzlangan,yog’li go’shtlar, shokolad, shirinliklar cheklanadi, spirtli ichimliklar iste'mol qilish qat'iyyan man etiladi. Sutkada 2-3 litr suyuqlik ichish, vitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Kasallikning og’ir turlarida intensiv infuzion terapiya (5% li glyukoza, gemodez vG`i yuboriladi) o’tkaziladi. Jigar yetishmovchiligi yuzaga kelganda kortikosteroidlar qilinadi.
v) Oldini olish:
Oshqozon ichak trakti virusli gepatit A ning asosiy yuqish yo’li xisoblanligi. sababli, ovqatlanish, suv ta'minoti va shaxsiy gigienaga rioya qilish nazoratga olinadi. Virusli gepatit V ni oldini olish uchun - donorlar qonini sinchiklab tekshirish, asbob anjomlar va idish tovoqlarni sifatli zararsizlantirish.
9. Sitomegalovirus - 20 asrda topilgan virusli infeksion kasallik bo’lib, uni (SVM) - sitomegolovirus keltirib chiqaradi. Gerpes virusi bilan bir guruhga kirib, infeksiya organizmga tushgach bir umr xukumronlik qiladi.SMV - jinsiy yo’l bilan, qon orqali va ko’krak suti orqali yuqishi mumkin. homiladorlik davrida SMV homilaning nobud bo’lishiga yoki tug’ma SMV bilan tug’ilishiga olib keladi. SMV belgilari, tug’ma nuqsonlar bola tug’ilishi bilan dar qol namoyon buladi: bosh miyaning to’liq yetilmaganligi, miya shishi (gidrotsefaliya), gepatit, sariqlik, jigar va taloqning kattalashuvi, zotiljam, yurak poroklari.
a) Hususiyatlari - SVM sekin-asta rivojlanib, organizmni birdan jarohatlamay, balki, faqat rivojlanishi uchun sharoit bo’lgan ba'zi bir xujayralarning to’qimalarida rivojlanadi.
SMV - birgina virus bo’lmay, bir nechta guruh viruslar yig’indisi bo’lib, so’lak, siydik, sperma, uretra sekreti, qin, bachadon bo’yni sekretida, ko’krak sutida, qonda, orqa miya suyuqligida ko’payadi. SMV insonga 2 xolatda xavf solishi mumkin:
- immuniteti past insonlarga
- homiladordik davrida onadan homilaga o’tib, nuqsonlar keltirib chiqarishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |