Iii hayot faoliyati xavfsizligi 48 xulos a 54 Foydalanilgan adabiyotlar 55 kiri sh


KISLOROD KONVERTERINING ISSIQLIK BALANSINI XISOBLASH



Download 305,78 Kb.
bet11/14
Sana26.03.2022
Hajmi305,78 Kb.
#510632
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Firdavs kurs ishi

KISLOROD KONVERTERINING ISSIQLIK BALANSINI XISOBLASH.
ISSIQLIK SARFI
1. Polatning fizik issiqligi
Qst = 0,91022 · 150 · 103[0,7 · 1500 + 272,16 + 0,837 (1600 – 1500)] = 191946 · 103 kDj = 191,946 GDj.
2. Shlak bilan yo’qotiladigan po’latning fizik issiqligi
Qst – shl = 0,005 · 150 · 103[0,7 · 1500+ 272,16 + 0,837 (1600 – 1500)] = 1054 · 103 kDj = 1,054
GDj.
3. Slakning fizik issiqligi
Qshl = 0,12974 · 150 · 103(1,25 · 1600 + 209,35) = 42996 · 103 kDj = 42,996 GDj.
4. Gazsimon maxsulotlardan issiqlikning tyx = 1550C temperatura bilan chiqishi
Qyx = 0,0558 · 150 · 103 · 2397,543 = 20067 · 103 GDj.











Gaz entalpiyasi tyx = 1550ºC ni II tenglama bo’yicha aniqlaymiz.
5. Fe2O3 bo’laklari bilan chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlaymiz

6. Konverter bo’yinchasi orqali nurlanish bilan chiqayotgan issiqlik yo’qotilishi:
Puflash vaqtida
Qnur1 = 5,7
Vaqtincha to’xtatilgan vaqtida
Qnur2 = 5,7
Nurlanish bilan yo’qotiladigan issiqlik miqdori
Qnur=2,4 + 3,48 = 5,88 GDj.

7. Konverter futerovkasi ushlab turadigan issiqlik. To’tatib turilgan vaqtida konverterning ichki futerovkasi soviydi. Bunda issiqlik bo’yincha orqali chiqib ketadi. Puflash vaqtida esa yana qiziydi. Ushbu kattalik oxirida farqlar usuli orqali hisoblanadi.


Xisob - kitobni soddalashtirish uchun futerovkaning ichki yuzasi harorati va qalinligini hamma joyda bir hil deb qabul qilamiz. yangisi uchun va eskirgan futerovka uchun). Eng ko’p yo’qotishlar futerovkaning yupqa joyida bo’lgani uchun xisobotda futerovkaning qalinligini deb qabul qilamiz.
Fvn = DvnH1 + D2vn/4 = 3,14 · 4,93 · 6,9 + 3,14 · 4,932/4 = 125,9 .

davrlar

vaqt

Futerovkaning ichki qismi oralig’i temperaturasi (ºC)







C


0

1



2

3

4

5

6

7

8

9

10

0

0,018

0,036

0,054

0,072

0,090

0,108

0,126

0,144

0,162

0,18

To’xtab turish

0

0

1500

1456

1412

1368

1324



1280

1236

1192

1148

1104

1060

1

162

1306

1456

1412

1368

1324



1280

1236

1192

1148

1104

1060

2

324

1219

1359

1412

1368

1324



1280

1236

1192

1148

1104

1060

3

486

1181

1316

1364

1368

1324



1280

1236

1192

1148

1104

1060

4

648

1141

1272

1342

1344

1324



1280

1236

1192

1148

1104

1060

5

810

1114

1242

1308

1333

1313



1280

1236

1192

1148

1104

1060

6

972

1087

1211

1287

1310



1307

1275

1236

1192

1148

1104

1060

7

1134

1065

1187

1261

1297



1293

1272

1233

1192

1148

1104

1060

puflash

8

1296

1500

1163

1242

1277

1284

1263

1232

1191

1148

1104

1060

9

1458

1500

1371

1220

1263



1270

1258

1227

1190

1147

1104

1060

10

1620

1500

1360

1317

1245



1260

1249

1224

1187

1147

1104

1060

11

1782

1500

1409

1302

1289



1247

1242

1218

1186

1146

1104

1060


Bu yerda


ºC,
ºC.
8.

9. .

UMUMIY ISSIQLIK BALANSI JADVALI





Kelish

GDj

sarfi

GDj (%)

Fizik issiqligi:
Cho’yan…
Skrap…
Ekzotermik reaksiya issiqligi…
Shlak xosil bo’lishidagi issiqligi…
Ja’mi…

138,013(50,48)


0,324(0,12)

129,300(47,30)


5,741 (2,10)
273,378 (100,0)

Fizik issiqlik:
Po’lat…
Shlak bilan yo’qotiladigan po’lat…
Shlak…
Gaz bilan chiqib ketadigan shlak
Fe2O3 zarrachalari bilan chiqib ketadigan issiqlik…
Nurlanish bilan yo’qotiladigan issiqlik…
Qoplama bilan ushlab turiladigan issiqlik…
Issiqlik uzatilishida yo’qotiladigan issiqlik…
Sovituvchi suv bilan yo’qotiladigan issiqlik…
Ortiqcha…
Ja’mi…

191,946 (70,21)


1,054 (0,39)
42,996 (15,73)
7,00 (2,56)
5,48 (2,00)

1,38 (0,50)


0,85 (0,31)

0,759 (0,28)


1,846 (0,68)
273,378 (100,0)

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


METALLURGIYA ISHLAB CHIQARISHLARI UCHUN UMUMIY XAVFSIZLIK
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 16-oktabrda 979-son bilan ro‘yxatga olingan “Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 20-son) muvofiq ishlab chiqilgan va metallurgiya ishlab chiqarishlarida qo‘llaniladigan texnologik qurilmalar tuzilishiga, shuningdek texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish hamda tartibga solish tizimlaridan foydalanishda sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydi.

UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar, atamalar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
blokirovka — texnik qurilma, mashina ish organlari yoki elektr sxemalarini ma’lum holatda tutib turishni ta’minlaydigan uslublar va vositalar majmui;
dalolatnoma-ruxsatnoma — bir yuridik shaxs (pudratchi) xodimlarining boshqa yuridik shaxs (buyurtmatchi) hududida ishlarni bajarish shartlarini aniqlovchi, ikkala yuridik shaxs xodimlarining mehnat xavfsizligini ta’minlovchi, kelishilgan tashkiliy va texnik tadbirlar ro‘yxatini qayd qiluvchi, pudratchi bajaradigan ishlarga buyurtmachining yozma ruxsati bo‘lib, ikkala yuridik shaxsning vakolatli vakillari imzolagan hujjat;
joriy ta’mirlash — uskunani ta’mirlash grafiklariga ko‘ra uskunaning ish qobiliyatini ta’minlash yoki qayta tiklash uchun bajariladigan va alohida qismlarini almashtirish va (yoki) qayta tiklashdan iborat ta’mirlash;
ish o‘rni — xodimning bajaradigan ishi bilan bog‘liq bo‘lgan joy, u shu joyda bo‘lishi yoki shu joyga kelishi lozim va bu joy ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘ladi;
ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) — kapital va joriy ta’mirlashlarga tayyorgarlik ko‘rishda va bajarishda mehnat va sanoat xavfsizligini ta’minlovchi texnik va tashkiliy qarorlarni kelishish uchun ishlab chiqarish tarkibiy bo‘linma mutaxassislari ishlab chiqqan tashkiliy-texnologik hujjat;
kapital ta’mirlash — texnik qurilmaning sozligini qaytadan tiklash, hamda uning resursini asosiy va umuman har qanday qismini almashtirish yoki tiklash yo‘li bilan to‘liq yoki deyarli to‘liq qayta tiklash uchun bajariladigan ta’mirlash;
naryad-ruxsatnoma — bajariladigan ishga topshiriq, joriy qilingan shakldagi blankada tuzilib va ishning mazmuni, joyini, shu ishga taalluqli xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, bexatar bajarish shartlarini, uning boshlanish va tugash vaqtini, ijrochilar va ishlarni bexatar olib borishga mas’ul xodimlar tarkibini belgilaydi;
obyekt — xavfi yuqori bo‘lgan ishlar bajariladigan hudud, bino, inshoot, agregat, texnik qurilma, mashina, mexanizm, kommunikatsiya, uskuna, mahsulot va hokazolar;
tashkilot texnik rahbari — tashkilotning texnik xizmatlari faoliyati rahbari, texnologiyani takomillashtirishni va ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi, tashkilotda sanoat xavfsizligi talablariga amal qilinishini nazorat qiladi. Tashkilot rahbarining birinchi muovini hisoblanadi.
texnik qurilma — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnologik uskuna, agregatlar, texnik tizimlar (komplekslar), apparatura, asboblar, ularning uzel va tarkibiy qismlari;
texnologik jarayon — ishlab chiqarish jarayonining qismi, mehnat predmeti holatini o‘zgartirish va (yoki) aniqlashga qaratilgan maqsadli harakatlardan iborat.
* Izoh: 1. Texnologik jarayon mahsulotga, uning tarkibiy qismiga yoki qayta ishlash, shakliy tuzilish va yig‘ish uslublariga taalluqli bo‘lishi mumkin. 2. Mehnat predmetlariga zagotovka va mahsulotlar kiradi;


texnologik yo‘riqnoma — mahsulot tayyorlash texnologiyasiga va texnologik jarayonlar o‘lchamlariga majburiy talablarni o‘rnatadigan hujjat, tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
xavfi yuqori bo‘lgan ishlar — bajarish paytida xodimga xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ishlar, ularni boshqarish uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi tegishli choralar qo‘llash talab etiladi;
ABER — avariyani bartaraf etish rejasi.
NO‘A va A — nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatizatsiya.
TAS — tez alangalanadigan suyuqlik.
ChRBK — chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalar.
ShHV — shaxsiy himoya vositalari.
EMM — elektr magnit maydoni.
HBM — havo bo‘linishi mahsulotlari.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan talablarni belgilab beradi va ularning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R QT, 2004-y., 28-son, 321 b.; 2006-y., 41-son, 414 b.) “O‘zbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi) to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari nazorat qiladigan texnik qurilmalarni loyihalash, tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash, metallurgiya ishlab chiqarishlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar uchun (ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar) majburiydir.
3. Metallurgiya ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda loyiha hujjatlarida ijro hokimiyatining sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolat berilgan Davlat organi — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tasdiqlagan sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi shart.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq loyiha hujjatlaridan tashqari texnik qurilmalar, bino va inshootlar, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ham sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi.

Sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazilishi kerak.


5. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilish chog‘ida ushbu obyektning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning ushbu obyektdan foydalanishga va avariya oqibatlarini lokallashtirish hamda bartaraf etishga tayyorligi tekshirilishi kerak.
6. Har qaysi foydalanuvchi tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risida nizom ishlab chiqishi kerak.
7. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgarlik foydalanuvchi tashkilot rahbariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bunday vazifalar belgilangan shaxslarga yuklatiladi.
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini bexatar olib borish tartibi va shartlarini, avariya vaziyatlarida va ta’mirlash ishlarini bajarish chog‘ida xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi me’yoriy-texnik va foydalanish hujjatlari bo‘lishi kerak.
Ushbu hujjatlar kamida besh yilda bir marta, portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarda esa kamida uch yilda bir marta, shuningdek ushbu hujjatlar uchun asos qilib olingan me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda, avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya xulosalari natijalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
9. Sanoat xavfsizligi, texnologik jarayonni olib borish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga doir talablarni o‘z ichiga olib ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalarni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
10. Yangi ishlab chiqarishlar, texnologik jarayonlar va texnik qurilmalar o‘zlashtirilganda ularni ishlab chiqqan va tayyorlagan tashkilotlar tomonidan texnologik jarayonlarni olib borish va texnik qurilmalardan bexatar foydalanishni ta’minlovchi vaqtinchalik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik yo‘riqnomalar yangi ishlab chiqarishlar uchun ko‘pi bilan bir yil mobaynida amal qilishi kerak.
Ishga tushirilayotgan portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlar uchun ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish chog‘ida portlash-yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
11. Rahbarlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
12. Rahbarlar va mutaxassislar loyihalash, qurilish, montaj va korxonadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga kirayotganlarida mustaqil ish boshlashga ruxsat olish uchun mazkur Qoidalar hamda ularning ish uchastkasiga taalluqli bo‘lgan mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlari yuzasidan sinovdan o‘tishlari lozim.
Rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini davriy tekshirish kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish va yangi ishchilarni (kasbi bo‘lmagan yangi ishga kiruvchilar yoki kasbini o‘zgartirayotganlar) tayyorlash, ishchilar malakasini oshirish GOST 12.0.004-90 “SSBT. Mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish. Umumiy qoidalar” va “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirish to‘g‘risida namunaviy nizom” (1996-yil 14-avgustda 272-son bilan ro‘yxatga olingan) talablari bilan tartibga solinadi.

13. Ishga kiruvchi ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, ishlovchilar esa — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 6-iyundagi 300-son buyrug‘iga muvofiq davriy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.


14. Tashkilotda uning texnik rahbari tasdiqlagan xavfi yuqori bo‘lgan ishlar ro‘yxati ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
15. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak (1-ilova*). Naryad-ruxsatnoma konkret sharoitlarda ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi va naryad-ruxsatnomalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilishi kerak (3-ilova*).
16. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan, agar ishlar texnik qurilma va apparatlar ichida bajarilsa, kamida uch kishidan iborat brigada tomonidan bajarilishi kerak.
Texnik qurilmalarga sexning doimiy xodimlari tomonidan reglament asosida xizmat ko‘rsatiladigan vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi xavfi yuqori bo‘lgan ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarilishi mumkin.
17. Har qaysi tashkilotda avariyalarni bartaraf etish rejalari (ABER) tuzilishi kerak.
ABER kamida uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi va avval tasdiqlangan rejaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda tasdiqlanadi.
18. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida belgilangan chegaraviy miqdordagi xavfli moddalari bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart.
Boshqa xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
19. Xavfli metallurgiya obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishda ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzishlari shart.
20. Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlar (obyektlar)ni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirish tashkilot rahbariyati tomonidan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish va obyektlar mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar ishlab chiqarishdan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqishlari va ular “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.


Download 305,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish