1.9 KONVERTER -JARAYONLAR UCHUN YANGI AGREGAT.
Bundan taxminan 150 yil oldin yaratilgan konvertor konstruksiyasi juda “yashovchan” bo‘lib chiqdi. Bu konstruksiya so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan bir qancha texnologiyalarda ham ishlatiladi. Bunga bir qancha misollar keltiramiz.
VAKUUMLI KONVERTER.
Konvertorning vakuumli qurilma bilan birikmasi muammosi, konvertordagi vakuumli kislorodni uglerodsizlantirish orqali hal qilingan. Jarayon VODK1 deb nomlangan. Konverter vakuumli-zich qopqoq bilan jihozlangan, vakuum zichlashtirgich orqali kislorodli furma kiritiladi. Konverterning tubida asimmetrik tarzda argon berib turish uchun va qo‘shimcha aralashtirish maqsadida naycha o‘rnatilgan. Vakuum-o‘tkazgich konverterdan bevosita pechsiz vakuumlashtirish kamerasiga qarab o‘rnatilgan. Yarim mahsulot quyilganidan keyin shlak yo‘llanadi (ohak cho‘kindilari bilan va ta’sirchan shpatlar). Eritishning barcha jarayonlarida berish furmasi orqali argon berib turiladi. Uglerod konsentratsiyasi 0,1 - 2 % bo‘lganida kislorod berilishi to‘xtatiladi, so‘ngra esa, bosim pasaytiriladi. Kislorod, uglerodni osidlash uchun zarur, shlakdan birinchi navbatda kelib tushadi. Vannaning osidlanishi pasayadi, metalldagi gazlar konsentratsiyasi pasayadi.
Muhim tarzda agregat va texnologiyalardan zanglamaydigan po‘latning kam uglerodli markalarini ishlab chiqarishda foydalanadi.
KONVERTER-ELEKTR PECHI.
Konverterli va elektrli po‘lat erituvchi ishlab chiqarish qulayligi etib, Argon- jarayonidan foydalanish olingan, Shvetsariyaning, Concast Standart AG firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Arson (Arcin converter) - ikki korpusli agregat, konverterdan tashkil topgan yuqorisidan kislorod haydovchi va o‘zgarmas tokli bir elektrodli dugali pechli. Har bir korpusdagi kislorodli furma grafitlashtirilgan umumiy elektrod bilan almashtirilishi mumkin. Korpuslarning o‘lchamlari tipovoy (bir xil rasmdagi) konverterning o‘lchamlariga javob beradi. Har bir korpusning tub qismi elektr o‘tkazgichlar grafitli kristallashgan olovga bardoshli va plastinkali mis elektrodni o‘tkazish tuynugi qo‘yiladigan qilib tayyorlangan. Chiqarish teshigi (tuynugi) tok o‘tkazgichli plitaning chet qismida joylashgan. Cho‘yanni korpusning bo‘g‘zi yoki jelob (tarnov) orqali idish korpus(tana)ining yon derazasi qismidan quyiladi. Korpus derazasi dugali (yoysimon) pech rejimida ishlaganida furm manipulyatori (ohak, ko‘mir va kislorodni puflash maqsadida) sifatida ham va Shlaklarni tushirish maqsadida ham ishlatiladi. Ikkala korpus uchun ham grafitlashtirilgan umumiy elektrod, korpusning chiqarish teshigi tomonidagi elektrod ushlagichga mahkamlanadi, Kislorodli furmalar, har biri alohida bo‘lgan korpuslarda kislorodni puflab SO texnologik gazlarni oxirigacha yoqish uchun qo‘shimcha yon tomonlama naychalarga egadir.
Agregatning elektr ta’minoti 80 kA gacha bo‘lgan tok kuchini ta’minlab bera oladigan, olti impulsli to‘g‘irlagich bloklaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. To‘g‘rilagichli bloklar va pech transformatori podstansiyasi agregatning yonida joylashgan.
Korpuslar ishini boshqarish uchun umumiy bino bilan, ammo har bir korpus alohida mustaqil nazorat-o‘lchov asboblari komplekslari bilan jihozlangan.
Arson agregati bir yilda 1,6 mln. yiliga1tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega. Metall aralashmalari (shixtalari) sifatida (40%) suyuq cho‘yandan, (5%) qumoqlangangan cho‘yandan va (55%) issiqbriketli g‘alviraklangan temirdan foydalaniladi.
Ishlab chiqarilayotgan eritmalar massasi 170 tonnani tashkil etadi, agregatning ishlash davoimiyligi yiliga 7300 soatni (har 46 minutda 170 tonna po‘latni ishlab chiqaradi). Agregatning ish sikli 92 minutni tashkil qiladi. Texnologiyasiga ko‘ra eritma o‘rnida bundan oldingidan qolgan eritilgan 50 t massadan foydalanadi, ya’ni har bir korpus 220 t suyuq po‘lat sig‘imiga ega. №1 korpusda eritma ishlab chiqarilganidan keyin (vaqtga hisoblaganda 5 minut ketadi) shiber tortmasini joriy ta’mirlash, chiqarish tuynugini, ko‘rib chiqish va h.k. uchun vaqt nazarda tutilgan. O‘tgan safargi eritilganidan qolgan suyuq po‘lat massasi va shlaklar, navbatdagi cho‘yanni quyishda vannalarning qaynab ketishining oldini olish maqsadida ferroalyuminga yoki ferrosilitsiyga yuklanadi. So‘ngra jelob orqali 75 t cho‘yan quyuladi, jelobni chiqarib olinadi, yon tomondagi derazalar berkitiladi, kislorodli furma buraladi, uni ish maydoniga qo‘yib yuboriladi va kislorod bilan 12 ming m 1soat intensivlikda puflash boshlanadi.
Puflash jarayonida (27 minut mobaynida) №1 korpusning bo‘g‘zi orqali uzluksiz ravishda (35 t) issiqbriketli g‘alviraklangan temir tashlab turiladi, (10 t) qumoqlangan cho‘yan, ohak va dolomit minerali. Puflash tugashi bilan furma ko‘tarib buraladi va uning o‘rniga №2 korpusdagi elektrod qo‘yiladi. Elektrod ish maydoniga tushiriladi, dugani yoqiladi va 60 MVt quvvat berish orqali 37 minut davomida vannani dugali qizdirilishi amalga oshiriladi. Dugali qizdirish mobaynida uzluksiz 70 t issiqbriketli g‘alviraklangan temir tashlab turiladi. Yon tomondagi derazadan furma manipulyatori yordamida ko‘piklangan shlak hosil qilish uchun poroshoksimon ohak, dolomit va ko‘mir puflab turiladi. So‘ngra 7 minutga berilayotgan quvvat 10 MVt gacha pasaytiriladi va shlak so‘rib chiqarib olinadi. Eritma chiqarilishidan oldin elektrod ko‘tariladi va №2 korpusga o‘tkaziladi, qaysiki bu vaqtda vannani kislorod bilan tozalash tugatilgan bo‘ladi. Bu qilingan ishlar uchun ishlab chiqarishda 1 t po‘lat, 225 kVt/soat elektr energiyasi, 45 m kislorod, 0,7 kg elektrodlar sarflanadi.
GAZ GENERATORLI-KONVERTER. Konverterga (tabiy gaz oqimi puflanadi) ko‘mir changi kiritiladi. Yuborilayotgan gazning tarkibida yetarli miqdorda SO va bir muncha N2 bo‘ladi. Gazlar ushlab qolinadi va ulardan asosan yonilg‘i sifatida foydalaniladi.
KONVERTER - SUYUQ-FAZALI TIKLASH AGREGATI. Tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan (xrom, nikel va boshqalar) yoki temir moddasi bo‘lgan metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilarini, suyultirilgan cho‘yan bilan rudalarni birgalikda konvertorga yuklanadi. Jarayon shunday tashkil qilinadiki, natijada oksidlarning tiklanishi amalga oshadi. Rossiyada konverterda suyuq-fazali tiklash jarayonidan G‘arbiy-Sibir metallurgiya kombinatlarida foydalanadi. Masalan, 160 tonnalik konverterga 145,3 t cho‘yan (suyultirilgan), 15 t okalinlar, 3 t koks solinadi. 150,3 t suyuq po‘lat olinadi. Suyuq-fazali tiklash natijasida temirning okalin tarkibli metallik eritmasining massasi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |