Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Urug'ni ekishga tayyorlash



Download 1,17 Mb.
bet18/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Urug'ni ekishga tayyorlash. Lalmikor yerlarga tumanlashtirilgan, mazkur mintaqaning tuproq-iqlim sharoitida yuqori va sifatli hosil beradigan bug'doy navlari ekiladi. Umg'lar yirik, og'ir, to'la, qobig'i shikastlanmagan va yaxshi ekish sifatlariga ega bo'lishi zarur. Birinchi sinf talablariga javob beradigan bug'doy urug'larining unuvchanligi 95 %, tozaligi 99 %, ikkinchi sinf urug'lar unuvchanligi 92 % va tozaligi 98,0 % dan kam bo'lmasligi kerak. Ekish uchun faqat 1 va 2-sinf urug'lardan foydalanadi. Urug'lami saralash, tozalash kasallik va zararkunandalarga qarshi zaharli preparatlar bilan dorilash sug'oriladigan yerlarga ekish uchun bug'doy urug'ini tayyorlash singari bajariladi.
Ekish muddati. Kuzgi bug'doy lalmikorlikda sentabming ikkinchi yarmida, oktabr, noyabr va hatto dekabrda ekiladi. Urug'lami erta kuzda qurib qolgan tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun kuzgi bug'doy mintaqa ob-havo sharoitiga qarab yog'ingarchiliklar yaqinlashib qolganda, yoki yog'ingarchiliklardan keyin ekiladi. Kuzgi bug'doyning optimal ekish muddati lalmikorlik mintaqalarining geografik joylashishiga, kuzgi ob-havo sharoitiga bog'liq. Lalmikorlikning tog'li, nam bilan ta’minlangan mintaqasida optimal ekish muddati sentabr oyining ikkinchi yarmi oktabrning boshlari, tog' oldi tekislik-tepalik va oraliq mintaqada noyabming ikkinchi yarmi va dekabr oyiga to'g'ri keladi. O'zbekistonning janubiy qismida bug'doy noyabr, dekabrda ekiladi, maysalar qish davrida hosil bo'ladi. Kuz quruq kelgan yillari bug'doyni kecliroq ekishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda 10—15 % maydonga qishda va ko'klamda ekish kerak (janubiy rayonlar bundan mustasno). Aksincha, seryog'in va iliq kelgan уillaг bug'doyni erta ekish maqsadga muvofiq. Lalmikorlikda bug'doy optimal muddatlarda ekilganda maysalar kuzda yoki qishda undirib olinadi. Lalmikorlikda kuzgi bug'doy ekish uchun optimal muddat Kattaqo'rg'onda — dekabr, Qarshida — noyabr, Qamashida — oktabrning ikkinchi yarmi, G'allaorolda — oktabr, Baxmalda — sentabr, oktabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan erta yoki kech ekilganda kuzgi bug'doy hosili kamayadi.
Ekish me’yori. O'zbekistonning lalmikor yerlarida kuzgi bug'doyning ekish me’yorini aniqlash bo'yicha olimlar ko'p yillar davomida tadqiqotlar o'tkazishgan. Lalmikor bug'doyzorning nam bilan ta’minlanishi, shu joyning dengiz sathidan qancha baland bo'lib borishi bilan oshib boradi. O'simliklar tup qalinligi yuqori bo'lgan bug'doyzorda ko'pincha donning me’yorida pishishi uchun namlik yetishmaydi va ular qurg'oqchilikdan zararlanadi, donlar yengil va mayda bo'lib qoladi. Qurg'oqchilikning zararli ta’sirini kamaytirishda ekish me’yorlarini mavjud
ob-havoga qarab o'zgartirish muhim ahamiyatga ega. Tavsiya etilgan ekish me’yori o'rtacha yiriklikdagi urugiar vazniga qarab belgilangan. Bunda 1000 dona urug' vazni tekislik va tekisliktepalikda 30-32g, tog' oldida 35-40 g, tog'li mintaqada 40-45 g hisobida olingan. Ekish me’yorlari dalaning nam bilan ta’minlanganligi bilan
bir qatorda, ekinzorning ifloslanganligi, tuproq unumdorligi, nishablik yo'nalishi, ekish usuli, ekish sifati va boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq holda o'zgaradi. Masalan, kuzgi-qishgi davrda, ob-havo noqulay sharoitlarda, hamda kuzda ancha erta ekilganda, maydonlar kuchli ifloslanganda ekish me’yorlari 10—15% oshiriladi. Shuningdek, tuproq yuza qatlami yuvilib ketgan, unumdorligi past maydonlarda, tor qatorlab yoki qatorlarni kesishtirib ekilganda ham ekish me’yorlari 10—15% oshiriladi. Lalmikorlikda ekiladigan bug'doy navlarining tuplanish xususiyatlarini liisobga olib aytish mumkinki, dehqonchilik madaniyatining, tuproq unumdorligining oshib borishi bilan ekish me’yorlari kamayib boradi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish