Qxm faKulteti qxm yo‘nalishi 215-guruh talabasi Toshpulatov Axror Orif o‘glining ”chorvachilik asoslari“ fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 2,28 Mb.
Sana25.02.2022
Hajmi2,28 Mb.
#464080
Bog'liq
Axror-2

QXM faKulteti QXM YO‘NALISHI 215-guruh talabasi Toshpulatov Axror Orif o‘glining ”CHORVACHILIK ASOSLARI“ fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu:Qishloq xo’jaligi hayvonlari haqida
Reja:
1. Qishloq xo’jaligi hayvonlarining individual rivojlaninshi (ontogenez)
2. Chorva mollarining ozuqa moddalariga bo’lgan talabi
3.O’zbekistonda tumanlashtirilgan qoramol, qo’y, echki, ot va parranda zotlarining tasnifi
4. Chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishning ilmiy va amaliy asoslari
5. Sanoat asosida parranda go’shti va tuxum yetishtirish texnologiyasi
Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. Bu terminni nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan.
Turli chorva mollarini boqish tartibi mamlakatimizning u yoki bu hududidagi mavjud yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usullari, chorva mollarini asrash, hamda tarmoqning intensivlik darajasiga ko`ra belgilanadi. Chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak bir necha turga bo`linadi. Yem-xashak, asosan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, yoki uni qayta ishlashdan hosil qilinadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqaqa sut va uning chiqindilari go`sht, baliq, suyak unlari va boshqa chorvachilik chiqindilaridan tayyorlangan ozuqalarga suyak uni, fosfor har xil tuzlar va turli mikroelementli yemlar kiradi.
Har bir qishloq xo`jaligi hududi va korxonasida yem-xashak yetishtirishni to`g`ri tashkil etsh va chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollarini ozuqalantirishni maqsadga muvofiq tashkil etishning asosiy sharti chorva ratsionida mollar o`zlashtirishi uchun zarur hamma moddalar mavjud yem-xashaklarning optimal tartibini tanlab olish va mahsulot birligiga eng kam ozuqa birligi sarflashdir. Ozuqa ratsioni chorva mollariga beriladigan yem-xashak turlari va ularning ozuqa me’yoridagi salmog`ini ifoda etadi.
Ozuqa ratsioni chorva mollarining biologik ehtiyojlarini to`la qondirish va yem-xashak sarfiga chorva mollarini asrash usullari va mollar mahsuldorligi katta ta’sir etadi. Mahsuldorlik qancha katta bo`lsa, mahsulot birligiga shuncha kam yem-xashak sarflanadi. Chunki chorva mollarining hayotini saqlab turish uchun talab qilinadigan yem bo`lsa, u shuncha ko`p mahsulot o`sishiga taqsimlanadi. Masalan, sigirlardan 2000 kg sut olinganda, 1kg sut yetishtirish uchun 1,4 kg ozuqa birligi , 125 gr oqsil modda, 3000 kg sut olinganda, 1,14 kg ozuqa birligi sarflanadi.
Ayrim turdagi yem-xashak, shirali ozuqa, suvli, dag`al va ko`k ozuqaqa talab shu turdagi chorva moli uchun qabul qilingan ratsiondagi uning salmog`iga ko`paytiriladi. Yuqoridagi misolda sigirlar uchun qabul qilingan ratsiondagi shirali ozuqalar 22 foizni tashkil etishi kerak bo`lganda rejalashtirilgan mahsulot uchun talab etiladigan shirali ozuqalarning umumiy hajmi 9029 s ni tashkil etadi.
Zarur umumiy yem-xashak talabi miqdori aniqlangach, yem-xashak balansi tuziladi. Balansda yem-xashakning hamma turlari ko`rsatiladi. Balansda yem-xashaklar jismoniy holidagina emas, balki ozuqa turlalarida va o`zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi. Chorvachilikning ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda uning yem-xashakka talabini to`g`ri aniqlashga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Xo`jaliklarda chorvachilikning yem-xashakka talabi ikki davrda: rejalashtirilayotgan kalendar yil hamda rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiliga bo`lgan davrda aniqlanadi. Rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka bo`lgan talabni aniqlash yem-xashakka bo`ladigan sarflar hamda chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun zarur.
Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi
Goʻsht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlari - boʻrdoqiga boqilganda koʻp goʻsht-yogʻ qiladigan, sogʻin davrida koʻp sut beradigan mollar. Bularga aberdin-angus (qarang Aberdinangus qoramol zoti), shvits, olatov, Kostroma, lebedin, bestujev, simmental kabi qoramol zotlari kiradi. Sigirlari vazni 450—550 kg , buqalariniki 800—900 kg . Sigirlari oʻrtacha 2500—3000 kg , ayrimlari 40005000 kg sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7— 4,2%. Bu qoramollarning gavda tuzilishi pishiq, yelini yaxshi rivojlangan. Semirtirilganda 56—58%, hatto 60— 65% goʻsht-yogʻ qiladi.
Qo‘ychilik xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. U insonni qimmatli go‘sht, yog‘ va sut bilan ta’minlaydi. O‘rta Osiyo xalqlari qo‘y go‘shtini sevib iste’mol qiladilar va xilma-xil ovqatlar tayyorlaydilar. Chorvachilikning boshqa birorta sohasi qo‘ychilik singari xilma-xil mahsulot berolmaydi. Qo‘ychilik go‘sht, sut va yog‘dan tashqari jun, qorako‘l te'ri va charm mahsuloti yetkazib beradi. Qo‘ychilikning asosiy va qimmatli mahsulotlaridan biri uning mayin junidir. Qo‘y junidan qimmatli kiyim-kechaklar tiqiladi va gazmollar to‘qilib hayotimizning turli sohalarida ishlatiladi.
Shorvachilikning qorako‘l qo‘ylari va terilari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Mo‘yna sanoati uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Naslchilik ishla­ri yo‘lga qo‘yildi, har qaysi xo‘jalikda nasldor mollar fermasi tashkil etildi, qorako‘l terilari sifati yaxshilandi. O‘zbekistondagi qorako‘l naslchilik xo‘jaligida qora rangli qorakul terilarini takomillashtirdi, qorako‘l qo‘ylarining «Qoraqum» turini yetishtirdi. Qorako‘lchi seleksionerlar shu usul asosida qorako‘l qo‘ylarining «Muborak», «Nishon» «Konimex», «Jinov», «Ravnina» va boshqa sermaxsul zotdor turlarini chiqardilar.
Echkidan olinadigan tivit nozikligi, mayinligi, yengil va pishiqligi bilan ajralib turadi. Angor zotli echkilar tivitining uzunligi 912 sm. bo‘lib, undan qimmatbaho ro‘mol, trikotaj kiyimlar, gilam tayyorlanadi. Echki terisidan kamar, oyoq kiyimlari, 1,53 haftalik echki bolasidan bosh kiyimi tikish mumkin.
Echki suti sevib iste’mol qilinadi. Uning tarkibida foydali elementlar fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi. Yosh bolalar va oshqozon kasaliga chalingan kishilar uchunshifobaxsh hisoblanadi. O‘rtacha har 100 bosh urg‘ochi echkidan 145-150 ta uloq olinadi.
2019-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019 yillarda qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019 yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, o‘simliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar o‘sdi
Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich 2022–2024-yillarni o‘z ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri bajariladi, ya’ni qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar yig‘iladi. 3-bosqich — 2024–2026-yillarda amalga oshiriladi
Chorvachilik – mamlakat qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi, rivojlantirilishi respublikada mehnat taqsimoti ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi.
2014 yilda qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar doirasida: qoramollar sonini 11mln.145ming bosh, shundan sigirlar sonini 4 mln.120 ming boshga yetkazish; chetdan 8 ming boshdan ortiq naslli qoramollar olib kelish; 2 mln.100 ming bosh sigirlarni sun’iy urug‘lantirish belgilangan.
Qoramolchilik bo’yicha 532 ta kichik qoramolchilik xo‘jaliklari tashkil etildi va ularda 14 ming 64 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Buning uchun jami 84 mlrd. 794 mln. so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi. Qoramolchilikni rivojlantirishda naslchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda xorijiy davlatlardan jami 31 bosh naslli qoramollar olib kelinib, ularning umumiy soni 36 ming 621 boshni tashkil etadi. Bugungacha chetdan keltirilgan naslli mollardan 104,2 ming boshdan ortiq naslli buzoqlar olindi va ularning umumiy soni 148,8 ming boshga yetkazildi.
Parrandachilikning o’ziga xos biologik xususiyatlaridan foydalanish usullari orqali oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish masalalarini yechishda ko’proq naslchilik ishiga parrandalarning issiq iqlimga moslashgan yangi zotlarini yaratish, parranda maxsulotlarini sanoatlashgan parrandachilik fabrikalarida mavjud yuqori zamonaviy texnologiya asosida va uy parrandalarini bir joyda saqlashda, og’ir ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish asosida olib borish zarur.
Bo’lajak zoomuxandislarni ilmiy texnikaviy fan yangiliklarini o’ziga singdirish, o’zlashtirish hamda ularni aktiv ravishda xozirgi vaqtda tashkil etilayotgan katta va kichik fermer xo’jaliklarida, yirik parrandachilik fabrikalaridagi ilg’or fan yangiliklari qo’llanilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish zarurdir.
Parrandalarning biologik, xo’jalik foydali belgilarini o’rganish, ulardan qisqa vaqt ichida maxsulot olish, nasl ishlarini, urchitish usullarini saqlash, ozuqlantirish iqti-sodiyotini, mehnatga haq to’lashni o’zlashtirish kerak. Kelajakda tayyorlanayotgan zoomuxandis mutaxassislarni mavjud xozirgi zamon texnikasi yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirib, maxsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan qanday foydalanish, shuningdek yangi tashkil qilingan kichik, o’rtacha jamoa va fermer xo’jaliklarda olib borilayotgan ishlarni o’rgatishdir.
Parrandachilik tarmog’i daromadli soha bo’lganligi uchun, bu sohani xalqimiz yetti xazinaning biri deb aytishadi. Xaqiqatdan xam xalqni kundalik hayot kechirishi uchun eng zarur bo’lgan qimmatli tuxum, yengil hazm bo’luvchi parranda go’shti, hamda qayta ishlashdan xam iste’mol uchun turli maxsulotlar olinadi, shuningdek yerning hosildorligini oshirishda undan go’ng olinadi. Go’sht ishlab chiqarishda umumiy go’sht ishlab chiqarishda 10% dan oshig’ini parrandachilik tarmog’idan olinadi. Bir bosh ona tovuqdan olingan tuxumni hisoblab, tuxumni otalantirib, jo’jalarni parvarish qilsa, undan bir yilda 80-100 kg tirik vaznda go’sht yetishtiriladi. Bir bosh kurkaning bolalarini o’stirish hisobiga bir yilda kamida 300-350 kg kurka go’shti olish mumkin.
Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish