Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, yarimo’tkazgichlar eritilganida ularning
kristall panjarasi buziladi. Modda qattiq holatdan suyuq holatga o’tganda uning
yarimo’tkazgichlik xossasining qolish-qolmasligini kimyoviy bog’lanish tabiati
89
Agar erish jarayonida, ya’ni kovalent bog’lanishlar uzilayotganida,
sohalardagi elektronlar yana o’z atomlari atrofida joylashsa, bu holda modda
yarimo’tkazgichlik xossasini saqlaydi. Albatta, uning elektr o’tkazuvchanligi
kristalnikidan farq qiladi, ammo temperaturaga bog’lanish qonuni saqlanadi.
Agar
erish
jarayonida
sohadagi
elektronlar
umumlashganicha
(mahalliylashmagan holda) qolsa, bu holda suyulma metall bog’lanishga ega
bo’ladi, binobarin uning o’tkazuvchanligining haroratga bog’lanishi metallniki
kabi bo’ladi.
Olmos kristali tuzilishiga ega bo’lgan moddalar (germaniy, kremniy)
suyulganida o’z yarimo’tkazgichlik xossalarini yo’qotadi. Tellur, selen, ko’p
sulfidlar va metallar oksidlari esa suyultirilganda ham o’z yarimo’tkazgichlik
xossalarini saqlaydi.
Misolga tellurni olib qaraylik. Bu moddaning kristali geksagonal panjaraga
ega, unda atomlar zanjirchalar ko’rinishida joylangan. Zanjirchani tashkil qilgan
atomlar orasida kovalent bog’lanish mavjud, zanjirchalar orasida esa Van dep-
Vaals o’zaro ta’siri mavjud. Erish haroratidan pastda (T<500°C) harorat ortishi
bilan kristall holatdagi tellurning elektr o’tkazuvchanligi ortib boradi. Erish
haroratidan o’tishda elektr o’tkazuvchanlik sakrab ko’tariladi, yana haroratning
ortishi davom etganda u oshib boraveradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, erish
vaqtida dastlab kuchsiz Van der Vaals bog’lanishlari uziladi, ammo zanjirchalar
ko’rinishida yaqin tartibda joylashish saqlanadi. Tellurni 1000°C ga yaqin
haroratgacha isitganda atomlar zanjirlari uziladi, endi uning suyuqligi
yarimo’tkazgichlik xossasini yo’qotadi.
Tellurning Xoll koeffitsientining temperaturaga bog’lanishini tekshirganda
ham erish jarayonida bu koeffitsientning keskin kamayib ketishi va qizdirish
davom ettirilganda, u yana ham kamaya borishi kuzatilgan. Erish nuqtasining har
ikki tarafida Xoll koeffitsienti R
H
ning ishorasi musbat (bu kovak
o’tkazuvchanlikni bildiradi). Ammo, 575°C yaqinida R
H
ning ishorasi manfiy
bo’lib qoladi. Demak, bu sohada tellur aralash elektr o’tkazuvchanlikka ega
bo’ladi.
90
Selen ham erigandan so’ng muayyan temperaturagacha yarimo’tkazgichlik
xossasini saqlaydi. Tellur holidan farqli ravishda, erish nuqtasida selenning elektr
o’tkazuvchanligi sakrab kamayadi, ammo haroratning yana ortib borishi bilan u
ortib boradi.
Eritilgan alyuminiy antimonid AlSb ning elektr o’tkazuvchanligi ham
harorat bilan birgalikda ozroq ortib borishi aniqlangan. Lekin, ZnTe va CdTe
suyuq holatda ham o’z yarimo’tkazgichlik xossalarini saqlar ekan. Bunday
moddalar guruhiga yana bir qancha moddalarni qo’shish mumkin (HgSe, HgTe,
Sb
2
Cl
3
Te-Se qotishmalar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: