Bog'liq `zbekiston iqtisodiyotida turizmning o’rni
3.4-diagramma
Manba: Izlanishlar natijasida muallif ishlanmasi.
Yana bir narsa aytib o’tilishi lozim ya’ni hududlarda turistlarni ko’proq jalb qilish uchun ba’zi bir muammolar hal qilinishi talab etiladi. Xorijiy turistlarni jalb qilishni kenggaytirish uchun viza bilan bog’liq talablarni yengillashtirish, mehmonxonalarda yaxshi sharoitlar yaratish, ularda xizmat sifatini yaxshilash, xalqaro andozalarga moslashtirish lozim. Barcha tarmoqlar qatori turizm sohasi ham professional kadrlarga muhtoj. O’zbekistonda turizmning rivojlanish modelini tezroq shakllantirishda malakali kadrlarni o’rni katta. Xalqaro andozalarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash bu soha rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Bundan tashqari hozirgi davrda ichki turizmni rivojlantirish uchun, vatanimiz hududlarida turli xil ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, o’ziga yarasha kamchiliklar ham mavjud. Bunga sabab mamlakatimiz hududida xizmat ko’rsatish bir xil ko’rinishga ega emas.
Qishloq joylarida aholiga xizmat ko’rsatishning rivojlanishi orqada qolmoqda.
Agarda 2010-yilda umumiy xizmat ko’rsatish hajmida qishloq joylaridagi xizmat ko’rsatishning ulushi 24 foizni tashkil etgan bo’lsa , 2011 yil yakunlariga ko’ra , ushbu ko’rsatgich sezilarli darajada pasaydi va 23,7 foizni tashkil etdi.
Tahlillarimdan kelib chiqqan holda qishloq joylarida rekreatsiya faoliyatining samaradorligini tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog’liqdir. Qishloq joylarida rekreatsiya sohasini rivojlantirish va jonlashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni bajarishga alohida ahamiyat berish lozim:
Tumanlar va qishloq hududlarida rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;
Tabbiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Quyidagi ishlarni asta sekinlik bilan amalga oshirilib e’tibor qaratilsa, yaqin yillarda O’zbekiston milliy turizmiga juda kata ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa ichki turizm rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqadi.
Keyingi dolzarb muammodan biri bu chiqish turizmining O’zbekistonda oqsoqlanayotganligi, turizmning bu yo’nalishi ham milliy turizmning asosiy qismilaridan biri hisoblanadi. Bu turizmdan tushayotgan daromadning atigi 5% ni tashkil qiladi, bunga sabab hali bizda yetarli muammmolar mavjud. Bularni quyidagilar deyish mumkin:
Mahalliy aholining o’rta qatlami daromadlarining pastliligi;