3.2-diagramma
Manba: Izlanishlar natijasida muallif ishlanmasi.
Buyuk Britaniya davlatida xalqaro turizmdan tushgan daromad o’rtacha yillik hisobida 14,2 mlrd £ va ichki turizmdan olinadigan o’rtacha yillik daromad-61,0 mlrd £ ni tashkil qiladi(ikkala holatni yuqoridagi diagrammada ham ko’rishingiz mumkin)
3.3-diagramma
Manba: Izlanishlar natijasida muallif ishlanmasi.
Har bir Yaponiyalik yil davomida o’z mamlakati hududlarida o’rtacha uch marotaba sayohatga chiqishadi. Yevropa davlatlarining barchasi ichki turizmni rivojlantirishning davlat dasturlarini qabul qilgan. Ichki turizm rivojlangan va rivojlanayotgan bunday davlatlar haqida ko’plab keltirish mumkin.
Biz mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish masalalarini tadbiq qilishni boshlashimiz vaqti keldi. Buning uchun dastlab biz turizmning sohalari, yo’nalishlarini aniq qilib bilib olishimiz lozim bo’ladi. Chunki sohani rivojlantirishga kirishilganda albatta uning tarmoqlarini aniqlash talab qilinadi.
Butun jahon turizm tashkiloti turizmni quyidagi sohalarga bo’lishni taklif qilgan:
Ichki turizm-o’z davlat chegarasida sayohat. Ekspertlar xulosasiga ko’ra turist 40 km dan oshgan masofaga sayohat qilsa, turizm sayohati deyiladi.
Kirish turizmi-O’zbekistonga boshqa davlatlardan turistlarning kelishi.
Chiqish turizmi-O’zbekistonliklarning boshqa davlatlardagi turistik faoliyati
Xalqaro turizm-turistlarning jahon davlatlaridagi turistik faoliyati
Milliy turizm-ma’lum bir davlatning ichki, chiqish turizmlarini birlashtiradi.
Ushbu tizimga muvofiq Yevropa davlatlari o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab o’z davlatlarida ichki turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqdi va bu dasturlarda asosiy vazifa aholining bo’sh vaqtlarida o’z davlatlari hududlarida sayr-sayohat qilishi , dam olishni tashkil qilishga qaratilgqan edi. Ikkinchidan, mamlakatlar aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikga ko’p yillar davomida bosqichma-bosqich tayyorlab bordilar.
Ichki turizmni rivojlantirishda eng muhim omil aholining turistik resurslar, turistik xizmatlar va mahsulotlar, turistik infratuzilmalar haqida axbarotga ega bo’lganligi darajasi hisoblanadi. Ikkinchidan, turistik xizmatlar va turistik infratuzilmalarning narxi aholining barcha qatlamlariga mosligidir. Yevropa davlatlari maktab o’quvchilari, institut, kollejlar va universitetlar talabalariga xizmat ko’rsatish va infratuzilmalar narxini 10% pat belgilagan va bu tarkibda faoliyat yurituvchi turistik firmalarga ko’plab imtiyozlar berishadi. Ana shunday davlat dasturlarini bizning mamlakatimizda ham ishlab chiqishimiz maqsadli bo’ladi.
Ma’limki, hozirga kelib O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A Karimovning va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlarida turizmni rivojlantirishning huquqiy meyorlari ham, tashkiliy, iqtisodiy mexanizmlari ham, yo’l yo’riqlari ham to’liq yaratilgan. Ichki turizmni rivojlantirishda eng muhimi qayd etilgan hujjatlar viloyatlar hokimliklarining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalariga kiritilishi kutilgan maqsadlarni berishi aniq. Lekin qayd qilish lozimki, bu muhi masala hozirgacha e’tiborda chetta qoldirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezdenti I.A Karimovning “2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risidagi” qaroridagi “ko’rsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va sifati, ayniqsa qishloq joylarida , iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga, respublika aholisining real talablariga , mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga hali mos kelmayapti. Xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avalambor qishloq joylarida ko’rsatilayotgan xizmatlarning turlarini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko’paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko’rsatish sohasining rolini oshirish maqsadida …” kabi muhim ta’kidlarning o’zi ham viloyatlar hokimyatlarining turizmni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda alohida , ayri holatda emas balki , barcha ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida birga, qo’shib rivojlantirishni talab qilmoqda.
Ma’lumki, xalqimiz azaldan vatanimizdagi barcha ziyoratgohlarni aziz va muqaddas bilib kelishadi. Eng muhimi, dastlab yashab turgan mamlakatimiz atroflaridagi muqaddas ziyoratlarga, so’ngra esa boshqa tumanlardagi va boshqa viloyatlardagi aziz joylarga safarlar uyushtiramiz. Ichki turizmni rivojlantirishda xalqimizdagi bu ulug’ odatni va xususiyatlarni e’tiborga olishimiz va foydalanishimiz lozim. Shuning uchun ham turizm mutaxasislari, turizmdagi tadbirkorlar ichki ziyorat turizmini rivojlantirishda har bir viloyatlardagi va har bir tumanlardagi ziyoratgohlarning ro’yxatini, manzilini va ziyorat qilish xususiyatlari haqidagi axbarot ma’lumotlarni puxta ishlab chiqishi talab qilinadi.
Ikinchidan, ichki turizmni shaharliklar qishloqlarga va qishloqliklar shaharlarga shiori va dasturi asosida rivojlantirish Yevropa davlatlarida o’tgan asrning 80-yillaridan mukammal amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, qishloqlardagi maktab o’quvchilarini shaharlar hayoti va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish ekskursiyalarni muntazam tashkil qiluvchi turistik firmalarga ko’plab imtuyizlar yaratish Yevropa davlatlarida ichki turizmni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan.
Uchinchidan, viloyatlar va tuman hokimliklari o’z hokimliklari tasarrufida yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini dam olish tizimini samarali tashkil qilishda ichki turizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan unumli foydalanish salohiyatlari juda katta ekanligini e’tiborga olishlari lozim ya’ni ziyoratgohlarga ziyorat va dam olish infratuzilmalarini yaratish, ishlamayotgan va ta’mirtalab ziyoratgohlar va rekreatsiya obyektlarini tadbirkorlarga berish, vatanimizni o’rganamiz dasturlarini yaratish va boshqalar.
To’rtinchidan, maktablarimizdagi yozgi ta’til vaqtida shaharlarga , tog’larga, tabiatning so’lim maskanlariga, tabiiy geografik mintaqalarga o’quvchilar ekskursiyalarni tashkil qilishda viloyatlar va tumanlar, shahar hokimliklarining mablag’larini jalb qilishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqish vaqti keldi. Buning uchun birinchi navbatda ushbu yo’nalishda turistik faoliyat ko’rsatuvchi turistik firmalarga bir qator moliyaviy yordam va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish zarur bo’lmoqda.
Qayd qilinganlardan quyidagi tavsiyalarga to’xtalish lozim bo’ladi:
Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish davlat dasturini yaratish;
Ichki turizmda viloyatlarda va tumanlardagi barcha turistik resurslarning ro’yxati , ta’rif –tavsiflarini yaratish;
Ichki turizmda ko’rsatiladigan xizmatlar va infratuzilmalarning narxini ko’p darajali tizimlarda tashkil qilish, ya’ni arzon, o’rtacha, qimmat;
Ichki turizmda tashabbuskorlik va tadbirkorlikni tashil qilishda davlat datatsiyasini qo’llash;
Ichki turizmni rivojlantirishning davlat hisobidan bepul axborotlar va reklamalar tayyorlash markazlarini tashkil qilish;
Ichki turizmda ijtimoiy turizmni rivojlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
Ichki turizmni rivojlantirishda grantlar tashkil qilish;
Har bir viloyatlar va tumanlar hokimliklarida turizm mutaxasisi vazifasini tashkil qilish;
Turizm bakalavrini tayyorlash universitetlari va Samarqand iqtisodiyot va servis institutidagi turizm ta’lim yo’nalishida o’qitilayotgan fanlarga “O’zbekistonda turizmni rivojlantirish” mavzusida maruzalar kiritish lozim.
Yana bir muhim turizm bu ya’ni ichki turizm rivojlanishida ham balkikirish turizmiga ham hissa qo’shadigan bu – qishloq joylaridagi resurslaridan samarali foydalanishdir. Ayni vaqtda, qishloq joylarida respublikamizda turizmning rivojlanishi nafaqat amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga, balki mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish darajasiga ham bevosita bo’gliqdir. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keying dastlabki yillardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohotlar va yangilanishlar boshlandi. Shu davrda turizm sohasida ham tub islohotlar olib borildi va davlat tomonidan kata e’tibor berilib, uning rivojlanishi uchun sezilarli imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2001-yildagi “Chimyon-Chorvoq kurort zonasida tabiat boyliklarini saqlash, sog’lomlashtirish va dam olishni rivojlantirishni tartibga solishning chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari qishloq joylarida turizm sohasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Yuqoridagi farmon asosida shu davr mobaynida respublikamizning ko’pgina mintaqalaridagi tarixiy, diniy obidalar, buyuk siymolar qabrlari, daxmalar, masjidu madrasalarni qaytadan tiklash va ta’mirlash ishlari keng miqyosda amalga oshirildi. Buning natijasida turistik resurslarning soni yanada ko’paydi va ularning ahvoli ancha yaxshilandi.
Shuningdek, YUNESKOning O’zbekistondagi qarorgohi, madaniyat vazirligi, va fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Meros” dasturi asosida “Buyuk Ipak Yo’lida” joylashgan tarixiy, arxetuktura, arxeologik va boshqa yodgorliklarni tiklash, ta’mirlash va ilmiy o’rganish bo’yicha amaliy ishlar qilinishi mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun kata imkoniyatlar yaratdi.
Respublikamizni qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Buni bir qancha misollarda ham ko’rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |