2.6. To’g’ri chiziqning izlari
Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziq hamma proektsiyalar tekisligini kesib o’tadi. To’g’ri chiziq bilan proektsiyalart tekisligining kesishgan nuqtasi to’g’ri chiziqning izi deyiladi. M nuqta – to’g’ri chiziqning gorizontal izi, N nuqta – to’g’ri chiziqning frontal izi bo’ladi. To’g’ri chiziqning gorizontal izi gorizontal proektsiyasi M1 bilan ustma – ust tushadi, izning M2 frontal proektsiyasi OX o’qida yotadi (2.17 shakl). To’g’ri chiziqning frontal izi N frontal proektsiyasi N2 bilan ustma – ust tushadi, izning N1 gorizontal proektsiyasi OX o’qida yotadi.
M gorizontal izni qurish uchun to’g’ri chiziqning frontal proektsiyasini OX o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi va shu nuqtadan perpendikulyar o’tkazilib to’g’ri chiziqning gorizontal proektsiyasi bilan kesishgan nuqtasi hosil qilinadi.
To’g’ri chiziqning frontal izini qurish uchun frontal proektsiyasini OX o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi va shu nuqtadan perpendikulyar o’tkazilib to’g’ri chiziqning frontal proektsiyasi bilan kesishgan nuqtasi hosil qilinadi.
Bu qoidalardan foydalanib 2.18 va 2.19 shakllarda a va b to’g’ri chiziq izlari qurilgan.
To’g’ri chiziq izi – nuqta, to’g’ri chiziq bir chorakdan boshqa chorakga o’tishi bilan to’g’ri chiziqning ko’rinish va ko’rinmasligini aniqlash lozim bo’ladi. To’g’ri chiziqning birinchi oktantda joylashgan qismi ko’rinadigan bo’ladi. To’g’ri chiziq proektsiyasini ko’rinadigan qismi tutash chiziqlar bilan, ko’rinmaydigan qismi shtrix chiziqlar bilan tasvirlanadi.
2.20 shaklda a to’g’ri chiziqning izini qurish uchta proektsiyalar tekisligida ko’rsatilgan.
Gorizontal va frontal izlarni qurish yuqoridagi qoidalar bo’yicha bajariladi. P profil iz a to’g’ri chiziq bilan profil proektsiyalar tekisligini keshishgan nuqtasi bo’ladi. To’g’ri chiziqning profil izini profil proektsiyasi iz bilan ustma – ust tushadi, gorizontal proektsiyasi P1 esa OY o’qida, P2 frontal proektsiyasi OZ o’qida yotadi. To’g’ri chiziqning frontal izini qurish uchun a to’g’ri chiziqning frontal proektsiyasini OZ o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi. Kesishgan nuqta P2 deb belgilanadi va shu nuqtadan OZ o’qiga perpendikulyar to’g’ri chiziqning profil proektsiyasi bilan kesishguncha davom ettiriladi. Topilgan nuqta to’g’ri chiziqning R izi bo’ladi va P3 profil proektsiyasi bilan ustma – ust tushadi. To’g’ri chiziqning P1 gorizontal proektsiyasini OY o’qi bilan kesishgan nuqtasi bo’ladi (2.21 shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |