Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O'quvchilarni mashg'ulotga hozirlash
Asosiy qism: O‘quvchilarga kumush qish haqida, qorning ona zaminimizga foydali xususiyatlarini tushuntirish
Ertakchi: Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Biz yashab turgan shu zamonda bir ayoz bobo bor ekan.Ayoz bobo har yili butun olamga qor yog'dirar, bo'ron yuborib, qish faslini bezatar ekan.olam oppoq libosga kirganda, odamlar yangi yil bayramini nishonlayotganda ,sovg'alar olib,butun yer yuzini sayr qilar ekan.Eng yaxshi ,eng odobli bolalarga sovg'alar ulashar ekan.Bolalar esa archa bezatib,qo'shiqlar,she'rlar o'rganib,ayoz boboni kutib olishar ekan.Ayoz bobo bir kuni nabirasi qorqiz bilan chaqqon quyonchalarni chaqirib,ularga bolalarga sovg'a-lar yig'ishni topshiribdi.
Ayoz bobo:-Hoy quyonchalar!Oppoqqina beozor quyonchalar ,jonivorlar!Menga sovg'a tayyorlashga yordam beringlar.
Quyonchalar:Xo'p bo'ladi bobojon:Aytganingizni tezda bajaramiz.
(Quyonchalar xursand bo'lib u yoqdan bu yoqqa yugurishadi.Panada turgan bo'ri va tulkini sezishmaydi.)
Och bo'ri va ayyor tulki:-Mana bu g'ilay, kaltafahm jonivorlar nega buncha xursand bo'lib qolishdi?Kelinglar bir ta'zirini berib qo'yamiz.
Ayiq:-Nima shovqin,nima to'polon.Endigina uxlagan edim,kim u mening oromimni buzgan?Hozir u bezorining ta'zirini berib qo'yaman.
Bo'ri va tulki:-Sizni uyg'otgan anovi quyonlar.Ularning jazosini berib qo'ying.Biz ularni tutishda yordam beramiz.
Olmaxon:-Yolg'on ayiq polvon aka. Ularning o'zlari sizni uyg'otib yuborishdi.Ayoz bobo quyonlarga sovg'a yig'ishni topshirgan edilar.Bo'rilar ularni quvlab,qo'rqitib yuborishdi.
Ayiq:-Hoy, ochko'z bo'ri,ayyor tulki.Hali meni aldamoqchi bo'ldilaringmi?Hozir senlarni tutib jazolaringni beraman.Bo'ri va tulki qochishib,yalmog'iz kampirning huzuriga borishadi.
Yalmog'iz kampirning kulbasi.
Tulki:-Buvijon,buvijon .Eshigingizni oching,bizlar keldik.
Bo'ri:-Buvijon,bizni ayiq polvondan qutqaring.
Yalmog'iz:-Dunyodagi eng yaxshi kampirdirman.Chapga qarar birisin,o'ngni ko'rar bir ko'zim.To'polonchi,quloqsiz bolalarni sevaman.A'lochi bolalarni juda yomon ko'raman.Sehr jodu qilib,kuchimni ko'rsataman.Yomonlarga do'st bo'lib,yaxshini yig'lataman.Kelinglar, shumtakalar!Sizlarga nima kerak?Nega it talaganday qochib yuribsizlar?
Bo'ri,tulki:-Quyonchalar bolalarga sovg'a tayyorlasharmish.Ayiq polvon bizlarni yeb qo'yarmish.Ularning jazosini berib qo'ying.
Yalmog'iz:-Yuringlar mening kulbamga.Kirib maslahat qilamiz.Agar uchchalamiz birlashsak,rosa katta ishlar qilamiz.(kulbaga kiradilar).Olmaxon Ayoz boboga xabar beradi.
Olmaxon:Ayoz bobo,tulki,bo'ri,yalmog'iz bir yomonlik o'ylashdi.Ular quyonchalarni yeb, sovg'alarni yo'q qilishmoqchi.
Qorqiz:-Voy yaramaslarey!Endi nima qilamiz, bobojon?
Ayoz bobo;-Yur qizim, u ochko'zlarning jazosini beramiz.Toki,ikkinchi marta bunday ish qila olishmasin.Ular yalmog'iz huzuriga borishdi.
-Ey,yaramas bezori,qora niyatli yalmog'iz.Har yili bolalarning bayramini buzib, yomon ishlar qilmoqchi bo'lasizlar.Yaxshi hamki bundan vaqtida xabar topdim.Hozir sizlarni umrbod muzlatib qo'yaman. Yalmog'iz,bo'ri,tulki:-Kechiring bobojon, boshqa bunday qilmaymiz.
Qorqiz:-Bobojon,keling yangi yil arafasida ularni kechira qoling.
Ayoz bobo:-Bo'pti,bu gal kechirdim.Yana shunday qilsangizlar,unda mendan xafa bo'lmanglar.
Yalmog' iz,bo' ri,tulki: -Rahmat,bobojon!
Ertakchi:-Mana,bolalar.Davramizga qorbobo va qorqiz kelyapti.Tezda davrani qizdiring,mening ertagim esa davom etaveradi.
Mavzu xulosalanib,o'quvchilarni rag'batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |