II-SEMESTR LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1- LABORATORIYA MASHG`ULOTI. QOG‘OZ XROMATOGRAFIYASI USULIDA RUTINNI TAHLIL QILISH
Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi
1. Qog‘oz xromatografiya usuli haqida ma’lumot.
2.Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Mashg’ulot maqsadi:Talabalarni qog‘ozda bajariluvchi taqsimlash xromatografiyasi variantlari bilan tanishtirish. Qog‘oz xromatografiyasidagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi fazalar haqida to‘liq ma’lumot berish. Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‘llaniladigan xromatografik qog‘ozlarga qo‘yiladigan talablar, ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‘ozlarni tayyorlashni o‘rganish.Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar:
-Laboratoriya ishlar bajarish uchun qo‘llaniladigan xromatografik qog‘ozlarga qo‘yiladigan talablar, ularning turlari, tozalash, gidrofillik, gidrofob xromatografik qog‘ozlarni tayyorlashni o‘rganish
-Dori vositalarini qog‘oz xromatografiyasi yordamida sifatini aniqlash imkoniyatlari bilan tanishtirish.;
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: Darslik, ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanmalar, xromatografik qog‘ozlar, kolonka, qozg’aluvchi fazalar, chizg’ich, purkagich, UB-lampa, turli ochuvchi reagentlar, voronka, probirkalar, reaktivlar, ko‘rgazmali materiallar, skotch, qog‘oz
Laboratoriya jihozlari :Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan xromatografik qog‘ozlarga
qo‘yiladigan talablar
Taqsimlanish xromatografiyasi usulida ishlatiladigan qog‘ozlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Qog‘oz kimyoviy toza bo‘lishi, kimyoviy nuqtai-nazardan neytral bo‘lishi, bir xil zichlikka ega bo‘lishi, erituvchilarni bir xil tezlikda harakatlanishini ta’minlashi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz strukturasi, qog‘oz tolalarini joylashishi ham asosiy talablardan xisoblanadi.
Dori vositalarini xromatografik tahlil qilishda qo‘llanadigan va sanoatda ishlab chiqarilgan qog‘ozni turli reagentlar bilan ishlanadi. Masalan: aminosirka kislotasi, trilon B, 8-oksixinolin va boshqalar. Bu reaktivlar qog‘oz tarkibidagi turli noorganik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan kompleks birikmalar turli erituvchilar bilan yuvib tashlanadi.
Xromatografik qog‘oz sifatida maxsus tayyorlangan qog‘ozlardan tashqari zichligi yuqori bo‘lgan filtr qog‘ozlar, vatman xromatografik qog‘ozlarini ham ishlatish mumkin.
Odatda to‘rt xil xromatografik qog‘ozlar ishlab chiqiladi. N1,2,3,4. Ular tolalarini zichligi, erituvchilarni qo‘zg‘alishi tezligi bilan bir-biridan farqlanadi.
N1,2 raqamli xromatografik qog‘ozlar zichligi kam bo‘lgani uchun ular "tez", 3, 4 raqamlilar esa zichligi yuqori bo‘lgani uchun "sekin" xromatogramma olinuvchi xromatografik qog‘ozlar deb yuritiladi.
Xromatografik qog‘ozni asosan uni 1 m2 hajmini og‘irligi (gr.), qatlam qalinligi (mm), vaqt birligida erituvchini, suvni hamda n-butanol - sirka kislotasi - suv (4:1:5) aralashmasini qo‘zg‘alish vaqti xisobi bilan belgilanadi.
Aniq xromatogramma olishda, ya’ni moddalar aralashmasini aniq ajralishini ta’minlashda qog‘oz tolalarini erituvchini yurish yo‘li bo‘yicha joylashishi katta ahamiyatga ega.
Qog‘oz xromatografiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz o‘z tarkibida ma’lum miqdorda qo‘zg‘almas faza ya’ni suv saqlashi lozim. Odatda xromatografik qog‘oz gidrofil bo‘ladi, chunki qog‘oz tarkibida 20-22% suv saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |