Nazorat sovollari.
Tokning magnit maydonini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan (Lens, Amper va boshqalar tomonidan) tarixiy tajribalarning mazmunini ayting.
Magnit maydoni induksiyasi vektorining yo’nalishi va kattaligini aniqlash uchun qanday (sinash) vositalaridan hamda usullardan foydalaniladi?
Bir jinsli magnit maydonining tokli o’tkazgichga ta’sir qiladigan kuchining va tokli ramkaga ta’sir qiladigan aylantiruvchi kuch momentining ifodalarini yozib tahlil qiling. Shu asosda magnit maydoni induksiyasi vektorining yo’nalishini va qiymatini tajribada aniqlash usulining mohiyatini tushuntiring.
Magnit maydoni induksiyasi va kuchlanganligi vektorlarining fizik ma’nosini ayting. Ularga elektr maydoni uchun qanday vektorlar o’xshash hisoblanadi?
Doimiy magnit atrofida hosil bo’ladigan magnit maydonining manbaini hozirgi zamon modda tuzilishi nazariyasi bo’yicha tushuntiring.
METALLAR QARSHILIGINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH
Ishning maqsadi: Metallar elektr qarshiligining temperaturaga bog’liqligini nazariy va tajribaviy jihatdan o’rganish.
Kerakli asbob-jihozlar: Metallar elektr qarshiligining temperaturaga bog’liqligini tajribada o’rganadigan moslama, universal o’zgarmas tok ko’prigi (УМВ), tok manbai (akkumulyator), elektr qizdirgich (pech) va ulash simlari (4-ta).
Nazariy qismi:
1.1. Metallarda elektr o’tkazuvchanlik tabiati. Metallarda elektr tokini elektronlarning tartibli harakati hosil qilish haqidagi xulosa qator klassik tajribalarning va bularga tayanib P.Drude, G. Lorens, A. Zommelfeldlar tomonidan ishlab chiqilgan klassik elektron nazariyaning xulosasidir.
Shu tajribalardan biri E.Rike tajribasi bo’lib, u silindrsimon mis va alyuminiy yaxlit namunalarning o’ta silliqlangan asoslari sirtlarini mis, alyuminiy, mis ketma-ketligida tegizib, ular orqali bir yil davomida 3,5•106 Kl ga yaqin elektr zaryadi o’tkazish va silindrlarning tajribadan oldingi va keyingi massalariga taqqoslash asosida metallarda elektr tokini ionlar hosil qilmaydi degan xulosaga keldi.
1913-1914 yillarda rus fiziklari L.I.Mandelshtamp va N.D.Papaleksilar uzun mis simi o’ralgan g’altakni uning simmetriya o’qi atrofida tez aylanma-tebranma harakatga keltirib, g’altak simi uchlariga ulangan telefonda, g’altakda vujudga kelgan o’zgaruvchan tok xisobiga tovush eshitdilar. Bu tajribada metallarda tokni erkin zarralar hosil qiladi degan fikrga kelindi, biroq ularning zaryadining ishorasini bu tajribada aniqlash mumkin emas edi.
1916 yilda R. Tolmen va D.Styuart tomonidan bir tomonga tez (300 m/s tezlik bilan) aylanayotgan mis simi o’ralgan g’altakni, to’satdan to’xtatish yo’li bilan, metallarda tok hosil qiluvchi zarracha zaryadining ishorasingina emas, hatto uning solishtirma zaryadi (q/m) ham aniqlandi. Bu zarracha elementar zarra-elektron bo’lib chiqdi (q/m=e/m=1,6•1011Kl/kg).
Yuqoridagi tajribalar asosida metal o’tkazgichlarda elektr toki, ulardagi erkin elektronlarning tashqi elektr maydoni ta’sirida tartibli ko’chishi tufayli paydo bo’ladi degan xulosaga kelindi. Bu xulosa quyida qaraladigan metallarda elektr o’tkazuvchanligining klassik elektron nazariyasiga asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |