III. Ishni bajarish tartibi va tajriba xatoliklarini hisoblash. 2-rasmdagi tasvirlangan qurilmaning elektr zanjirini yig’ing (УМВ ning “Б” qisqichlarga -akkumulyatorni va “X” qisqichlariga tekshiriladigan mis simning X1va X2 uchlarini ulang).
УМВ ko’prigining qo’llanmasin o’qib o’rganing va uni quyidagi tartibda kirishib ishga tayyorlang. Ish rejimi ulagichi “PВ-MВ-ПM”- ni “MВ” holatga qo’ying; galvanometr strelkasini uning “korrektor” burchagi yordamida nolni ko’rsatishiga erishing; “K”-kaliti tugmachasini bosib qo’ying; “K3”-kaliti tugmachasini ko’tarilgan holatga qo’ying ( uning bosilgan holatida galvonometr kirishi qisqa tutashtirilib, uning strelkasi tinchlantiriladi).
t-termometrga qarab mis simning t1 - temperaturasini yozib oling. Uning shu temperaturaga mos keladigan qarshiligini (RX1) aniqlang. Buning uchun ko’prik yelkalari nisbatining burchagini (M) zarur holatga qo’ying (1-jadvalga tayanib). So’ng taqqoslash yelkasi qarshiliklari dekadalarining burchaklari (R) yordamida, dastlab ko’prikning “Грубо” kaliti tugmachasini bosish bilan, so’ngra “Точно” kaliti tugmachasini bosish bilan galvanometr ko’rsatishini nol holatiga keltiring. Keyin M va R- larning qiymatlarini yozib oling va shu qiymatlar bo’yicha (12) formuladan foydalanib RX1- ni (bilvosita ) hisoblab toping.
Qizdirgichni shahar elektr tarmog’iga ulang. t-termometrning kapillyar nayi bo’ylab simob sathi ko’tarila boshlaganini kuzating. Unga qarab misning temperaturasi har safar 100 ga ( masalan, ) oshganda t2,t3 va h.z. t temperaturalar mos keladigan RX2 , RX3 va h.k.. qarshiliklarni 3- bandda bayon qilingan tartibda kirishib hisoblang. RX – ni hisoblashni termometr eng kamida 900S ni ko’rsatganicha davom ettiring.
Olingan natijalar bo’yicha RX(t) bog’lanish grafigini chizing. Buning uchun dastlab, millimetrlarga bo’lingan maxsus qog’ozda chiziladigan (t,RX) koordinata sistemasi o’qlarida eng qulay masshtab tanlang.
Olingan grafikdan foydalanib mis qarshiligining termik koeffisiyentini (11) hamda (13) ifodalar bo’yicha hisoblang: 1) (11) bo’yicha - ni hisoblash uchun, 5- bandda chizilgan, RX(t) bog’lanish grafigini RX o’qini kesganicha davom ettiring. Shu kesishgan nuqta ordinatasi R0-ga teng bo’ladi. (11) bo’yicha -hisoblanadi; 2) (13) bo’yicha -ni hisoblash uchun, 5-bandda olingan grafik ustida yetarlicha bir-biridan uzoqda joylashgan ikkita nuqtaning koordinatalaridan (Rx1t1, Rx2,t2) foydalaning. Uchta juft shunday nuqta uchun topilgan -ning uchta qiymatidan uning o’rtacha qiymatini hisoblang [ =( 1+ 2+3)/3].Har ikki usul bilan -ning qiymatlarini o’zaro taqqoslang.
-ni (R0-ni ham) eng kichik kvadratlar usulidan (EKKU) (I-bobning §2.4-da bayon qilingan foydalanib yana ham aniq hisoblash mumkin. Shu maqsadda =RX), A= R0, V=R0 va t=X belgilashlar kiritib (10) dan quyidagi ko’rinishdagi ifodani olish mumkin:
y=AX+В
Bu ifodaning A va В koeffisiyentlarini I- bobdagi (17) ifoda orqali shu bobning oxirida keltirilgan, “Paskal” tilida tuzilgan EHM dasturidan foydalanib EHM da hisoblang. Keyin R0=B, ekanligini hisobga olib ( -ning bu qiymatini uning 6-bandda topilgan qiymati bilan taqqoslashni ham unutmang.) RX(t) bog’lanishning [yani (10) ning] empirik ko’rinishini yozing. t- ga turli qiymatlar berib, shu empirik bog’lanish bo’yicha RX-qiymatlarini hisoblang va ularning 5-bandda chizilgan RX(t) tajribaviy grafikning ustiga tushishini tekshiring.
Tajriba xatoliklarini hisoblang.
A. 1) Rx-ni (12) bo’yicha bilvosita aniqlashning nisbiy xatoligi:
(15)
Bundagi va -lar УМВ ko’prigining yelkalar nisbati va taqqoslash yelkasi dekadalarini aniqliqlashning sinfi bilan topiladi.
-ni (12) bo’yicha bilvosita aniqlashning absolyut xatoligi:
(16).
Oxirgi haqiqiy natijani yozing:
(17 )
B. 1) -ni EKKU bilan aniqlashdagi absolyut xatolik:
(18)
Bundagi ΔA va ΔB – larni I- bobdagi (20) ifoda bilan hisoblang.
Rx -ni EKKU bilan aniqlashdagi nisbiy xatolik:
(19)
Bunda ham oxirgi haqiqiy natijani (17) bo’yicha yozishingiz mumkin.
Ish yuzasidan xulosalar chiqaring va hisobot yozing. Xisobot oxirida xulosalaringiz berilgan bo’lishi shart.
Nazorat savollari
Metallarda tok hosil qiluvchi zarralarni aniqlash bo’yicha o’tkazilgan klassik tajribalarning mohiyatini ayting.
Metallar elektr o’tkazuvchanligining klassik elektron nazariyasining moxiyati va asosiy xulosalari haqida gapiring.
Metallar elektr qarshiligining fizik moxiyati qanday? Metallarning elektr qarshiligi temperaturaga qanday bog’liq?
Elektr qarshilikning termik koeffisiyenti deb nimaga aytiladi? Uning fizik ma’nosi qanday va u tajribada qanday topiladi?
УМВ rusumli universal o’zgarmas tok ko’prigining tuzilishini va uning yordamida qarshilikni o’lchash usulini tushuntiring.