Odam organizmidagi muhim mis saqovchi fermentlari.
Ferment.
|
Molekular
massasi.
|
Vazifasi.
|
Serulloplazmin
|
132 000
|
Temirni biogen almashishini, oksidlash,
mis transporti
|
Suleroksiddismutaza
|
32 000
|
Suleroksid
dismutaniyasi
|
Dofaminbeta –
gidroksilaza
|
290 000
|
Dofaminni
gidroksilash
|
Tirozinaza
|
46 000
|
Tirozinni
gidroksilash
|
Aminooksidaza,
slerminoksidaza,hnetaminaza
|
180 000- 195 000
|
Birlamchi
aminlarni oksidlash
|
Sitoxromoksidaza
|
140 000
|
Terminal oksidlash va ATF sintezi
|
Uratoksidaza
|
112 000-125 000
|
Siydik kislotani
allantoinga oksidlash
| Sitoxromlar. Sitoxrom so’zi 1925- yili Keylin tomonidan anaerob sharoitda yaxshi kuzatiladigan yutish spektriga ega bo’lgan xujayra ichidagi gemoproteidlarni ifodalash uchun ishlatilgan edi. Hozirgi vaqtda gemoglobin, mioglobin, katalaza va peroksidazadan boshqa barcha xujayra ichidagi gemoproteidlar sitoxromlar deb ataladi. Hujayra ichida xarakterli yutish spektriga ega bo’lgan rangli moddalarni birinchi marta 1886-yilda Mak Muni kuzatgan edi, ammo bu muhim kashfiyotga u vaqtda uncha e’tibor berilmagan edi. Keylinning 1925-yilda olib borgan ajoyib ishlari tufayli sitoxromlarning tabiati va ta’sir mexanizmi aniqlandi. Hozirgi vaqtda bu gruppaga kiradigan 20 dan ortiq ayrim birikmalar aniqlangan. Barcha sitoxromlartemirporfirin strukturasiga ega bo’lib, ko’pchiligi mitoxondriyalar, o’simlik plastidalari, bakterial hujayra organoidlariga o’rnatilgan nafas olish zanjirining elektron tashuvchi sistemalariga kiradi. Ba’zilari ferment bo’lib, boshqalarning funksiyasi aniq emas, ammo ularning hammasi ham tarkibidagi temir atomi valentligining qaytalama o’zgarishi orqali o’z vazifasini bajaradi. Bular orasida eng yaxshi o’rganilganlari mitoxondriyalar va ularning fragmentlari – elektron tashuvchi parchalar (ETP)da mavjud bo'lgan NADH2 va NADFH2 ni oksidlaydigan nafas olish zanjirining sitoxromlaridir. Ayrim sitoxromlar mikrosomalarda va sitoplazmining eriydigan oqsillarida ham topilgan.
Sitoxromlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron tashish vazifasini bajaradigan fermentlar, masalan, sitoxromoksidaza sitoxromlarining biridan elektronlarni molekulyar kislorodga ko’chiradi.
Keylin kashfiyoti asosida sitoxromlar spektrdagi yutish chiziqlarining o’rniga qarab A, B, C deb 3 tipga bo’lingan. Har bir gruppa chegarasida individual sitoxromlarni
belgilash uchun chiziq tagidagi indekslardan (b2, a3) foydalanib kelindi. Lekin sitoxromlar va gemoproteidlar turli variantlarining ko’plab kashf etilishi natijasida bu sistema qanoantlantirarli bo’lib chiqmadi. Hozirgi vaqtda Xalqaro Biokimyo ittifoqining Fermentlar komissiyasi taklifi asosida sitoxromlar prostetik gruppasi (gem) tabiatiga qarab a,b,c,d sitoxrom gruppalarga bo’linadi: a sitoxrom – temir formilporfirin; b sitoxrom – temir protoporfirin; c sitoxrom- almashingan mezoporfirin; d sitoxromlar- oqsil va porfirin xamda temir digidroporfirin orasida kovalent bog’larga almashingan temir mezoporfirin tutadi. Shuning uchun xam ilgari yaxshi o’rganilgan sitoxromlarning nomi o’zgarmay qoladi. Tekshirilayotgan sitoxromning ma’lum gruppaga taalluqli ekanligi amalda uning chizig’i o’rnini, gemining efirda erishini va ba’zi kimyoviy reaksiyalarini aniqlash asosida belgilanadi. Keylin bitta a sitoxrom deb qabul qilgan modda ikkita individual sitoxrom a va a3 ekanligi, so’ngra a3 Varburgning nafas fermenti bilan bir xilligi tasdiqlandi va sitoxrom oksidaza nomi bilan ataldi. Bu ikkita sitoxrom bitta enzim shaklida ajratiladi. Ularning prostetik gruppasi tarkibida sitoxrom c-ning gemidan bitta vinil gruppaning o’rniga formil gruppa tutishi va shuning uchun oqsilning ko’kish rangli bo’lishi bilan farqlanadi.
Toza xolda sitoxrom c oson ajratib olinadi. U to’qimalarda boshqa sitoxromlarga nisbatan ko’proq bo’lib, suvda eriydi. Yurak muskulidan olingan toza sitoxrom c ancha yaxshi o’rganilgan. Uning oqsil bilan mustaxkam bog’langan prostetik gruppasi tarkibida protoporfirindan 2,4 xolatda ikkita vinil gruppa o’rniga etil turkumlar tutishi bilan farq qiladi. Bu ikkita etil gruppa sitoxrom oqsilining polipeptid zanjiriga kiradigan sistein qoldiqlarining ikkita oltingugurt atomlari bilan tioefir shaklida bog’langan. Sitoxrom c-da temir pirrol xalqasining azotlaridan tashqari, oqsil zanjiridagi gistidinning imidazol gruppasi bilan xam bog’langan. Yaxshi tozalangan sitoxrom c-ning molekulyar og’irligi 11800-ga teng. Mitoxondriyalarda sitoxrom c elektron tashuvchi zanjirining oqsillipid strukturasiga o’rnatilgan. Bu zanjirda sitoxrom a, b, a3 lardan tashqari, sitoxrom b xam ishtirok etadi. Odatda, bu sitoxrom molekulyar kislorod bilan bevosita oksidlanadi, qolganlari autooksidlanish qobilyatiga ega bo’lmaydi. Sitoxromlar nafas olish sistemasida bir-biriga elektron uzatish funksiyasini bajaradi, ya’ni ular birin-ketin joylashgan bo’lib, bir-birini oksidlaydi. Ularning nafas olish zanjiridagi o’rni va bir-birini oksidlash qobilyati oksidlanish-qaytarilish potensialiga bog’liq.
Sitoxrom a3 (sitoxromoksidaza) boshqa sitoxromlardan kislorod bilan kompleks xosil qilishi orqali farqlanadi, uning ikki valentli temir atomi kislorod bilan bevosita oksidlana oladi. Bunda xosil bo’lgan ferri-ion, o’z navbatida, nafas zanjirida undan oldin turgan sitoxrom a-ning ferro shakli tomonidan boshlang’ich ferro-sitoxromoksidazaga
qaytariladi. Sitoxrom a oksidlangan shaklda CN-ni va qaytarilgan holda CO-ni mustahkam bog’lay oladi. Bu birikmalarning hujayra nafas olishiga zaxarli ta’siri sitoxromoksidazani ingibirlashga bog’liq. Mitoxondriyalarda molekulyar kislorodga elektron tashishda mis atomlari ham qatnashadi degan fikr bor .
Do'stlaringiz bilan baham: |