farovonligi farzandlarimiz qanday
inson bo’lib yetishi bilan bog’liq.
SH.Mirziyoyev (BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida so’zlagan nutqidan)
Kirish
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoev aytganidek ta’limini rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi .
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa
huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. ...
Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’limtizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Ta’lim to’g’risidagi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi .
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnalogiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta.O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyovi tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, organik kimyodarslarining o`qitilishida zamonaviy
ped texnologiyalaridan foydalanish, o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda.
Quyida sizning e’tiboringizga havola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda barcha ta’lim sohalariga kata e’tibor berilmoqda. Xususan kimyo sanoati va ushbu fanni o’qitish jadal suratlar bilan rivojlantirilmoqda. Ta’lim jarayonida fanni so’nggi pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil qilish va labaratoriyalarda bajarish yaxshi natija beradi.
Ushbu kurs ishini o’rganish mobaynida kimyo fani va sanoatida muhim ahamiyatrga ega bo’lgan oltingugurtning kislorodli brikmalri to’g’risida keng ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Kurs ishimda quyidagi masalalar yoritib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |