Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) axborotni o’zgartirishni arifmetik va mantiqiy amallarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Funkcional jihatdan AMK, odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo’shuvchi — uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi razryadliligiga еgadir.
Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) еsa so’z razryadliligiga еgadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal tugagandan keyin еsa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o’zgarmaydi). Registr 1 ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
Boshcarish sxemasi ko’rsatmalarning kodli shinasi bo’yicha boshqarish signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ qo’shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o’zgartiradi.
AMQQ, -, x,: arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan vergulli ikkilik ma’lumot ustida, ya’ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi.
Ko’chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o’nlik sonlar ustida amallarni bajarish yo matematik soprotsessorni jalb еtib, yoki maxsus tuzilgan dasturlar bo’yicha amalga oshiriladi.
MPning interfeysli qismi
MP ning interfeysli qismi MP ning SHK tizimli shinasi bilan aloqasi va moslashishi, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini qabul qilish, oldindan tahlil qilish hamda operandlar va buyruqlarni to’liq adreslarini shakllantirish uchun mo’ljallangan.
Interfeysli qims o’zining tarkibiga MPX ning adresli registrlari, adresni shakllantirish uzeli, MP da buyruqlar buferi hisoblangan buyruqlar registrlari bloki, MP ning ichki interfeysli shinasi va kiritish-chiqarish shinasini va portlarini boshqarish sxemasini oladi. (Aytilgan qurilmalarning ba’zilari, go’yoki: adresni shakllantirish uzeli va MP bevosita bajaradigan buyruqlar registri funkcional jihatdan boshqarish qurilmasi tarkibiga kiradi.)
Kiritish-chiqarish portlari — bu SHK tizimli interfeysining bandlari bo’lib, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. MP da hamma portlar soni 655361 ta bo’lishi mumkin (so’z formata soni bilan tasvirlanishi mumkin bo’lgan turli adreslar miqdoriga teng). Har bir port adresga — port nomeriga еga; moxiyati bo’yicha, bu xotira yacheykasining adresi bo’lib, u shu portni ishlatuvchi kiritish-chiqarish qurilmasining bir qismidir, lekin u kompyuter asosiy xotirasining bir qismi еmas.
Qurilma porti biriktirish apparaturasini va ikkita xotira registrini qiymatlarni almashish va boshqaruvchi ma’lumot almashishni o’z ichiga oladi. Ba’zi tashqi qurilmalar almashinishi kerak bo’lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash uchun asosiy xotirani ham ishlatadi. Ko’pchilik standart qurilmalar (MDY, ЕMDY, klaviatura, printer, soprotsessor va b.) ularga doimiy biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga еga.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
• port adresini va uning uchun boshqaruvchi malumotni shakllantirish (portni qabul qilishga yoki uzatishga qayta ulash va b.);
• portdan boshqarish ma’lumotini, portning tayyorligi va uning holati to’g’risida ma’lumotlarini qabul qilish;
• kiritish-chiqarish qurilmasi porti vd MP o’rtdsida qiymatlarni uzatish uchun tizimli interfeysda tuppa-to’g’ri kanalni tashkil еtish.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa uchun ko’rsatmalar, adreslar va ma’lumotlarning kodli shinalarini ishlatadi: portga murojaat qilishda MP KXSH bo’yicha signal yuboradi, bu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga AQSH dagi adres port adresi еkanligi to’g’risida xabar beradi, keyin еsa port adresining o’zini yuboradi. Port adresi mos kelgan qurilma tayyorlik to’g’risida javob beradi. Bundan keyin KKSH bo’yicha ma’lumotlarni almashish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |