Mikroprotsessorli xotira (MPX) — unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar — mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprotsessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprotsessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari — Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari — Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni [4] ishda ko’rib chiqish mumkin.
Registrli kеsh-xotira — nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u AX va MP o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan SHK larda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kеsh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat еga olmaydi, shuning uchun ham uni kеsh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kеsh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan birmuncha ilgari uqilgan qiymatlar kеsh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish principi bo’yicha kеsh-xotiraning ikki tipi bor:
• «teskari yoziladigan» kеsh-xotirada amallarning natijalari u AX ga yozilishidan oldin kеsh-xotirada qayd qilinadi, keyin еsa kеsh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko’chirib yozadi;
• «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kеsh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kеsh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprotsessorlar o’zining sozlangan xotirasiga ( yoki 1-darajali kеsh-xotiraga) еga, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprotsessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun alohida kеsh-xotiraga еga: Pentium da bu xotira sig’imi katta еmas — 8 Kbaytdan, Pentium MMX da — 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali kеsh-xotiradan tashqari, mikroprotsessor platasiga sozlangan va mikroprotsessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt bo’lgan 2-darajali kеsh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kеsh-xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Izox,. Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory — DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory — SRAM) tipidagi mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka еga, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning (MPX va kеsh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil еtadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida tehnika progressini jadallashtirishdagi eng muhim masalalardan biri-mikroprosessorlar va mikroelektron-hisoblash mashinalari (mikro-EHM) asosidagi sistemalarni keng tatbiq qilishni ta’minlashdir. Mikroprosessorlarni tatbiq qilish natijasida sanoatni boshqarishning vosita va sistemalarini avtomatlashtirishdagi yangi sifat o’zgarish bosqichiga o’tishga imkon yaratiladi. Mplar ishlab chiqarish yildan yilga o’sishi sababli, ularning qo’llanish sohalari ham borgan sari kengaya boradi. Mutaxassislar ta’kidlashicha hozirning o’zida fan va tehnikaning 20000 ga yaqin yo’nalishlarida mplarni qo’llash mumkin. Bu yo’nalishlarni shartli ravishda ikki asosiy sferaga ajratish mumkin, tradision va tradision bo’lmagan sferalar.
Tradision sfera hisoblash-boshqaruv tehnikasi vositalarini yaratish bilan bog’liq bo’lsa, tradision bo’lmagan sferada yaqin kunlargacha hisoblash tehnikasini qo’llash ayrim sabablarga (tannarhi, gabarit razmerlari, quvvat sarfi va h.k) binoan ehtimoldan uzoq edi. Shunisi qiziqki, tradision bo’lmagan sferada mplarning ko’pini tatbiq qilish mumkin.
Yarimo’tkazgichli integral sxemalar tayyorlash taraqqiyotida mplarni yaratish evolyusion qadam bo’lsa, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv sistemalarida mplarning yaratilishi revolusion qadam bo’ldi. Chunki informasiyalarni qayta ishlash usullarining o’zi ham tez o’zgarib ketdi. Natijada hisoblash tehnikasi taraqqiyoti tarixida bir necha marta shunday holat vujudga keldi, ya’ni, mutaxassislar mplarga asosiy qo’yiladigan talablarni va mplarni tatbiq qilish yo’llarini belgilab olgunlaricha mplarning o’zi oldin paydo bo’ldi.
Mpli tehnikaning qo’llanishi alihida ventillar, triggerlar, hisoblagichlar, deshifratorlar va shunga o’xshash elementlar yordamida programmalashdan eslab qoluvchi qurilmali katta integral sxemalarni keng ishlatishga, qurilmalarning prinsipial sxemalaridan informasion strukturali sxemalarga butunlay o’tish demakdir. Bu esa, o’z navbatida, mplarni o’zining ishlarida ishlatmoqchi bo’lgan iste’molchiga katta talablar qo’yadi.
Birinchidan, u istemolchi mp qurilmani tuzilishini, ishlashidagi o’ziga xos xususiyatlari va xarakteristikalarini; informasiyalarning kiritish-chiqarishini boshqaruvchi vositalarning tuzilishini; eslab qoluvchi qurilmalarning tashkil qilinishi va ishlashidagi o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Bundan tashqari, unga programmalash sohasidan ham keng bilim talab qilinadi.
Mplarni informasiyalarning kiritish-chiqish va xotira qurilmalariga birlashtirish natijasida mikro-ehm yaratish mumkin. Mikro-EHMlar, qat’iy (o’zgarmas) mantiqqa ega bo’lgan qurilmalarga nisbatan tannarxi arzonligi, qo’llanish sohasi juda kengligi bilan ajralib turadi. Mikro-EHMlar programmalanuvchi mantiqqa ega. Mikro-EHM kichik sistemalardagina emas (u mini EHMni butunlay almashtira oladi,) balki qator yangi sohalarda, ya’ni katta EHMlarni ishlatish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq bo’lmagan sohalarda ham ishlatsa bo’ladi. Shuning uchun bu perspektiv yo’nalish (mp va mikro-EHM) ga qiziqish katta. Lekin bu sohada yozilgan hali kam.
Ushbu kitobchada mplar, ularning imkoniyatlari va EHM taraqqiyotigagi roli haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qildik.
Kitobcha yozilishida terminologik xarakterdagi problema asosiy qiyinchiliklardan biri bo’ladi. Chunki tehnikaning qaralayotgan bu sohasida ko’p, tushunchalar hali yetarlicha umumiy qo’llanishga ega emas.
V. Xulosa
Bugungi kunga kelib butun jahonda kompyuterlar texnikasi rivojlanib ketayotgan sababli bizning O`zbekistonimizda bu borada katta ishlar olib borilmoqda. Bu ishlarni yo`lga qo`yishda Prezidentimiz farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham katta rol' o`ynayapti. Misol qilib o`quv yurtlarini yangi komp'yuterlar texnologiyalari bilan ta'minlana boshlandi. Shu sababli korxona va muassasalarda ham komp'yuterdan keng ko`lamda foydalanishmoqda.
Chunki zamonaviy texnika odamlarni ishini yengillashtiribgina qolmay, balki bir necha kishini ishini 1 ta texnika bajara olishi bilan qulaylik yaratib kelmoqda. Shu bois respulikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya ta'minlash xamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekammunikatsiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo`lib qoldi. 1991-1994 yillarda O`zbekiston hamdo`stlik davlatlari orasida birinchilardan bo`lib axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalga oshirishga asos soldi. Bundan tashqari 2002-yil Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaror qabul qilindi. Bu qaror butun respublikamizning sanoat bo‘limi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, davlat va jamiyat boshqaruvi kabi barcha sohalarni qamrab ola boshladi.
Shaxsiy kompyuterlarbugungi kunda fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga kirib bormoqda. Bejiz ham kelajak “Kompyuter” asri deb aytishmayapti.
Men ijodiy ishimda ShKni yig`ish va uni sozlashni tushuntirib o`tishga harakat qildim. Kelajakda mening ijodiy maxsulim bo`lmish “ShK ni yigish va sozlash” video o`quv kursi yosh Shk yig`uvchilar uchun o`quv qo`llanma bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |