MA’RUZA: MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI
REJA:
Mikroprosessorlarning turlari
Mikroprosessorning tuzilishi
Arifmetik-mantiqiy qurilma
Mikroprosessorning xotira qurilmasi
Tayanch so’z va iboralar: arxitektura, funktsiyalar, shaxsiy kompyuter, boshqaruv qurilmasi, mikroprotsessor, arifmetik-mantiqiy qurilma, registrlar, kesh, interfeys, operatsiyalar deshifratorlari, summator.
Kompyuterning funktsional jihatdan tuzilishi
Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funktsional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo’shimcha funktsional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funktsiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |