Ii mavzu. Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti


Korxona o’ziga xos bo’lgan ma’lum xususiyatlarga ega



Download 197,13 Kb.
bet3/21
Sana29.01.2023
Hajmi197,13 Kb.
#904887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2- MAVZU (2)

Korxona o’ziga xos bo’lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo’ladi;
uchinchidan, korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to’rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o’z firma nomiga ega bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o’z aksini topadi.
Firma nomlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga ko’ra, firma nomi yuridik shaxs bo’lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo’lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilgan vaqtda yuzaga keladi2.
Yuridik shaxs to’liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli, ayrim hollarda yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko’rsatilishi kerak.
Firma nomida ko’rsatilishi lozim bo’lmagan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to’liq nomi;

  • tarixiy yoki O’zbekiston Respublikasida mashhur bo’lgan shaxsning to’liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

  • firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg’itishi mumkin bo’lgan belgilar;

  • jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq printsiplariga zid bo’lgan belgilar;

  • ilgari O’zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro’yxatdan o’tkazilgan yoki ro’yxatdan o’tkazish so’rab talabnoma berilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro’yxatdan o’tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko’rsatish belgilari);

  • belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko’rsatish belgilari);

  • belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’xshash bo’lgan belgilar.

Yuridik shaxs o’z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq huquqqa ega.
Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs (litsenziar) o’z firma nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) ular o’rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi mumkin.
Firma nomiga bo’lgan huquqning boshqa shaxsga o’tishiga faqat yuridik shaxs qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish va ajratib chiqarish yo’li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina yo’l qo’yiladi.
Korxonalar quyidagi hollarda firma nomidan foydalanishlari mumkin:
firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish orqali;
firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o’rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O’zbekiston Respublikasida o’tkaziladigan ko’rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish orqali.
Firma nomidan tovar belgisining (xizmat ko’rsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
Firma nomiga bo’lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.:

  • yuridik shaxsning ishchanlik obro’sini himoya qilish maqsadida sud qarori to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;

  • noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o’rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;

  • noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o’rovlardan olib tashlash mumkin bo’lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo’q qilib tashlash;

  • kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o’rovlarni firma nomiga bo’lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish.

Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo’ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo’ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko’zga ko’rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o’zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko’rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag’lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Ichki muhitning o’zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo’ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko’rsatiladi, ya’ni to’g’ri yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash faoliyati yuzaga keladi.
Korxonalarning tashqi muxit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg’ining o’z vaqtida etkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta’sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste’molchilari, xom ashyo va boshqa material etkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.

Download 197,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish