Ii mavzu. Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti



Download 197,13 Kb.
bet8/21
Sana29.01.2023
Hajmi197,13 Kb.
#904887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
2- MAVZU (2)

Aktsiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi6.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog’ida huquqlarga ega bo’ladi va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Jamiyat davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo’lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat o’zining firma nomi davlat tilida to’liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko’rsatilgan yumaloq muhriga ega bo’lishi lozim. Muhrda ayni paytning o’zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko’rsatilishi mumkin.
Jamiyat o’z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o’z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishga haqlidir.
Jamiyat o’z firma nomiga ega bo’ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o’zida jamiyat xohishiga ko’ra boshqa tillarda o’zining to’liq va qisqartma nomlariga ega bo’lishga haqlidir.
Aktsiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aktsiyadori bo’lishi lozim.
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aktsiyalarini o’zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’zi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
Aktsiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Bunday jamiyat o’zi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna o’tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo’lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aktsiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aktsiyadorlar reestrida ro’yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari sotayotgan aktsiyalarni o’zga shaxsga taklif etilayotgan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo’ladilar. Agar aktsiyadorlar aktsiyalarni sotib olishda o’z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aktsiyadorlar tomonidan sotiladigan aktsiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo’lishi uning ustavida ko’zda tutilishi mumkin.
Aktsiyadorlar sotayotgan aktsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo’yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aktsiyalar savdoga qo’yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko’p bo’lishi mumkin emas.

Download 197,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish