Izomorfizm hodisasi bo‘lib: Cho‘ktirilayotgan modda kristall panjarasining tugunlaridagi ionni, o‘lchami yaqin bo‘lgan begona ionga almashinib, kristall hosil bo‘lishidir. Birgalashib cho‘kish xodisasi, cho‘kmani ifloslanishi oqibatida miqdoriy tahlil natijalariga salbiy ta’sir etadi, ya’ni xatoliklarga sabab bo‘ladi.
Birgalashib cho‘kishni bartaraf qilish yo‘llari:
1. Cho‘ktiruvchi bilan cho‘kma yuvilganda cho‘kma sirtidagi adsorbsion iflosliklar tozalanadi.
2. Okklyuzion ifloslanishdan qutilish uchun cho‘kma qayta kristallanadi.
3. Birgalashib cho‘kish katta sirtga ega bo‘lgan amorf cho‘kmalarda ko‘proq kuzatiladi, shuning uchun kristall cho‘kma hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |